Hamidova Nargiza Qosimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda gimenolepidoz kechishining klinik–immunologik xususiyatlari», 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya; 14.00.10 - Yuqumli  kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2183.
Ilmiy rahbarlar: Narzullaev Nuriddin Umarovich, tibbiyot fanlar doktori (DSc), dotsent; Mirzoeva Mehriniso Rizoevna, tibbiyot fanlar doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04/2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Musaxodjaeva Diloram Abdullaevna, biologiya fanlari doktori, professor; Kosimova Ra’no Ibragimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Irkutsk davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).  
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda gimenolepidoz kasalligining klinik- immunologik xususiyatlarini aniqlash hamda shu asosda davolashning oqilona sxemalarini ishlab chiqishdan iborat bo‘lgan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor gimenolepidoz tashhislangan bolalarda kasallikning ozish, o‘sishdan qolish, terida qichishish, asabga bog‘liq ixtiyorsiz harakatlar kabi klinik ko‘rinishlari bilan immun va sitokin statuslari asosiy ko‘rsatkichlari orasida to‘g‘ri proporsional bog‘liqlik borligi isbotlangan;
gimenolepidoz kuzatilgan bemorlar immun va sitokin statuslarini baholash asosida qonda CD3+-, CD4+-, CD8+-, CD16+-limfotsitlar, IRI, qon zardobida IL-4, IFN-γ kabi parametrlar immunodiagnostikaning muqobil mezonlari sifatida ko‘rsatilishi asoslangan;
ushbu parazitar kasallik bilan kasallangan bolalarni an’anaviy davolash majmuiga immunal immunokorreksiyalovchi preparatining kiritilishi kasallik kechishi, uning klinik ko‘rinishlari pasayishi, organizm immun va sitokin statuslaridagi ikkilamchi immunodefisitni bartaraf etib, ushbu ko‘rsatkichlarning me’yorlashuviga olib kelganligi aniqlangan;
gimenolipedoz kuzatilgan bolalarni davolash bo‘yicha an’anaviy terapiya va immunokorreksiyalovchi preparat ishlatish bo‘yicha ishlab chiqilgan algoritm tavsiya etilgan majmuaviy terapiyani optimallashtirish va davolash samaradorligini ishonarli darajada oshishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Bolalarda gimenolepidoz kechishining klinik-immunologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
gimenolepidoz bilan zararlangan bolalarda immun statusini aniqlash  bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Gimenolepidoz bilan zararlangan bolalarda immun va sitokin holatini baholash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 26 maydagi 8n-r/515-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma gimenolepidoz bilan zararlangan bolalar periferik qonida hujayraviy, gumoral va sitokin ko‘rsatkichlarining holatini baholash imkonini bergan;
olingan natijalar amaliy sog‘liqni saqlashga jumladan, Buxoro viloyat bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasi, Kogon tuman tibbiyot birlashmasi amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 16 iyundagi 8n-z\300-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar bolalarda gimenolepidozni erta tashhislash, patogenetik davolashni optimallashtirish imkonini bergan, kasallik asoratlarini kamaytirgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish