Kosimova Shaxnoza Jabborkulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Makkajo‘xori duragaylarining asosiy ekinda don, takroriy ekinda silos massa hosildorligiga tup qalinliklarining ta’siri (Samarqand viloyati misolida)”, 06.01.08 –O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4 PhD/.Qx.167.
Ilmiy rahbar: Xalilov Nasriddin, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Sodiqjon Obidovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Maxmatmurodov Alisher Ulmasovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Samarqand viloyati sharoitida asosiy va takroriy ekiladigan makkajo‘xori duragaylaridan yuqori don va silos massa hosili olishni ta’minlaydigan maqbul ekish me’yori va tup qalinligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Samarqand viloyati sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlar sharoitida ilk bor makkajo‘xorining o‘rtapishar va ertapishar duragaylarini don uchun asosiy ekinda maqbul ekish me’yorlari, tup qalinligi ekilish maqsadi inobatga olingan holda aniqlangan;
o‘rganilgan texnologik usullarning o‘simlikning o‘sish dinamikasi, so‘ta strukturasi, barg yuzasi, fotosintetik potensial, fotosintez sof mahsuldorligi, ekinzorni begona o‘tlar bilan ifloslanishi, ildiz massalariga ijobiy ta’siri aniqlangan;
ang‘izga ekilgan makkajo‘xorining erta va o‘rtapishar duragaylarining o‘sishi, rivojlanishi, silos massa hosildorligi, ozuqa birligining, hazmlanadigan proteinning chiqimi aniqlangan;
asosiy va ang‘izga ekilgan makkajo‘xori duragaylarining yetishtirish texnologiyasini ekish me’yorlari xamda tup qalinligini maqbullashtirish orqali hosildorlikni hamda, iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini yaxshilanganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Samarqand viloyatining o‘tloqi-bo‘z tuproqlari sharoitida asosiy va takroriy ekin sifatida makkajo‘xorini ekish me’yorlarini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida: 
Ilmiy tadqiqot ishi natijalari yuzasidan “Samarqand viloyati sharoitida asosiy va takroriy ekilgan makkajo‘xori duragaylaridan yuqori don va silos massa etishtirish” mavzusida tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 16 sentyabrdagi 02/025-3739-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma bugungi kunda fermer xo‘jaliklari uchun amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda.
Samarqand viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida makkajo‘xori duragaylarini asosiy va takroriy ekin uchun ekish me’yorlarini maqbullashtirilishi orqali etishtirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari Bulung‘ur, Jomboy va Tayloq tumanlaridagi chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida jami 104 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 16 sentyabrdagi 02/025-3739-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur texnologiyaning joriy qilinishi natijasida o‘rtacha O‘zbekiston 601 ESV duragayidan 80,1 s/ga va Qorasuv 350 AMV duragayidan esa 67,8 s/ga don hosili olingan ang‘izda ekilganda O‘zbekiston 601 ESV duragayidan 47,1 t/ga va Qorasuv 350 AMV duragayidan esa 39,2 t/ga silos massa olishga erishilgan. 
Makkajo‘xorining ishlab chiqilgan ekish sxemalari Samarqand viloyati Bulung‘ur, Jomboy va Tayloq tumanlaridagi chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 16 sentyabrdagi 02/025-3739-sonli ma’lumotnomasi). Natijada 1 gektar maydondan 7500000 so‘mgacha sof daromad olinib, rentabellik darajasi 66 % gacha oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish