Sattorov Obidjon Odinamaxmadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Toshkent viloyati iqlim sharoitida kivining (Actinidia Ch.) morfo-biologik xususiyatlari va ko‘chatini etishtirish texnologiyasini ishlab chiqish”, 06.01.07 – Mevachilik va uzumchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Qx908.
Ilmiy rahbar: Cultonov Kamolitdin Sadriddinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx. 13.04.
Rasmiy opponentlar: Normuratov Ilxom Turg‘unovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Mukumov Ilxom Uktamovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Akademik Maxmud Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent viloyatini tuproq-iqlimi sharoitida kivi (Actinidia chinensis) o‘simligining morfo-biologik xususiyatlarini o‘rganish va ko‘chatlarini jadal etishtirish texnologiyasini samarali elementlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent viloyati mintaqasi tuproq-iqlimi sharoitiga kivi o‘simligining Hayward, Monty, Bruno va changlatuvchi Matua kabi istiqbolli navlari introduksiya qilinib, ularning respublikamiz tuproq-iqlimi sharoitida o‘sa olishi ilmiy asoslangan;
Toshkent viloyati tuproq-iqlimi sharoitida kivi navlari barglarining qurg‘oqchilikka chidamlilik darajasi – nisbiy turgorlik Monty navida 79,2%, eng kichik – Hayward va Bruno navida 70,3-70,9%, changlatuvchi Matua navida 74% gacha etishi aniqlangan;
qishki tinim fazasida kivi navlari novdalarining -15 °S gacha chiday olishi ilmiy asoslangan, jumladan Hayward navi novdalarining zararlanishi 13% (0,6 ball), Monty, Bruno va changlatuvchi Matua navlarida esa 25-29% oralig‘ida (0,9-1,4 ball) ekanligi aniqlangan;
kivi navlarini yashil qalamchasidan ko‘paytirishda o‘sishni boshqaruvchi modda indolilmoy kislotasining 50 mg/l suv konsentratsiyasi eng yaxshi ildiz oluvchanlikni ta’minlashi aniqlangan;
kivi navlari yashil qalamchalarini tutuvchanligi va ko‘chat sifatini oshirishda maqbul ekish sxemasi (10x20) sm va maqbul ekish muddati (may oyining so‘nggi o‘n kunligi) da ekanligi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent viloyati tuproq-iqlimi sharoitida kivi (Actinidia chinensis) o‘simligining morfo-biologik xususiyatlarini o‘rganish va ko‘chatini etishtirish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
bog‘dorchilik va ko‘chatchilikka ixtisoslashgan fermer, dehqon va tomorqa xo‘jaliklari uchun «Kivi (Actinidia Ch.) o‘simligi ko‘chatini etishtirish texnologiyasi» nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 6 sentyabrdagi 07/33-04/6266-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma fermer, dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida kivi (Actinidia chinensis) o‘simligining sifatli ko‘chatlarini etishtirishda amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
kivi o‘simligining istiqbolli Hayward, Monty, Bruno va changlatuvchi Matua navlarining ona bog‘i va yashil qalamchalash ko‘chatzori Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi «Axborot maslahat markazi (Extension center)» DUKda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 6 sentyabrdagi 07/33-04/6266-sonli ma’lumotnomasi). Natijada 0,02 ga maydonga sun’iy tuman hosil qiluvchi inshootida 6,8 ming dona sifatli ko‘chat etishtirilgan hamda 81,8 mln so‘m (bir ko‘chatning o‘rtacha narxi 12,0 ming so‘m) daromad va 55,1 mln so‘m sof foyda olingan. Joriy qilingan ish natijalari asosida olingan solishtirma ijtimoiy samaradorlikka ko‘ra bir so‘m xarajatga 208 so‘mdan daromad olingan hamda rentabillik 208% ni tashkil etgan.
kivi (Actinidia chinensis) o‘simligi navlari ko‘chatlarini yashil qalamchasidan etishtirish ishlanmasi Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi «Baxrombek agro produc» MChJda 0,02 gektar, Farg‘ona viloyati Quva tumanida joylashgan «Mirzajonov Rasuljon G‘ofurovish» dehqon xo‘jaligida 0,2 gektar, jami 0,22 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 6 sentyabrdagi 07/33-04/6266-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida kivi o‘simligini an’anaviy yog‘ochlashgan qalamchasidan yoki urug‘idan etishtirishga nisbatan tezkorligi va maydon birligidan ko‘chatlarning yog‘ochlashgan qalamchadan etishtirishga nisbatan 6-8 barobar ko‘p ko‘chat olishga erishilgan. Tavsiya etilgan ishlanma asosida 35,9 ming dona kivi o‘simligining sifatli ko‘chatlari olinib, 215 mln so‘m sof foyda olingan hamda rentabellik 122% ni tashkil etgan;
kivi (Actinidia chinensis) o‘simligining ko‘chatlarini etishtirish ishlanmasi Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi «Asadbek Axmedov» fermer xo‘jaligida 0,04 gektar, «Quchqorova Solixabonu» fermer xo‘jaligida 0,03 gektar, jami 0,07 gektar maydonga sanoat bog‘larini barpo qilish ishlariga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 6 sentyabrdagi 07/33-04/6266-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida bugungi kunga qadar respublikamizga faqatgina xorijiy davlatlardan import qilinayotgan kivi mevalarini respublikamizning o‘zida etishtirishga zamin yaratilgan.