Safaev Sanjarbek Zafarbek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlarni shahar hududiga ajratilishida er tuzish loyihalarini ishlab chiqish”, 06.01.10 - Er tuzish, kadastr va er monitoringi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Qx644.
Ilmiy rahbar: Turaev Ruxiddin Amirqulovich, texnika fanlri doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «O‘zdaverloyiha» davlat ilmiy-loyihalash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Davlat agrar universiteti, PhD.05/04.03.2022.Qx.13.03.
Rasmiy opponentlar: Qurvantaev Raxmontoy, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Inamov Aziz Nizamovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Geografik axborot texnologiyalari va zamonaviy geodezik qurilmalaridan foydalanish orqali qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlarni shahar hududiga ajratilishida er tuzish loyihalarini, ilmiy va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, geoaxborot tizimlaridan foydalanib qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlarni shahar hududiga ajratilishi jarayonida turli xil ob’ekt va sub’ektlarning vektorli mavzuli qatlamini hisobga olish asoslangan;
shahar hududiga ajratilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlarni onlayn taqdim etadigan mexanizm ishlab chiqilgan;
shahar hududiga o‘tgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlar elektron raqamli xaritalarini yaratish jarayonida differensial sun’iy yo‘ldosh geodezik tarmoqlari va qurilmalaridan foydalanish afzalligi ilmiy asoslangan;
er tuzish loyiha ishlarini ishlab chiqish va nazorat qilish rejasi > Stonex R7 GPS / Chckaw I-70 GNSS > topografik xaritasini yaratish > ArcGIS dasturi (vektorizatsiya ishlari) > ArcGIS dasturi > “Landscaping design” onlayn platforma mexanizmi asosida qishloq xo‘jaligi erlarini shahar hududiga ajratish usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlarni shahar hududiga ajratilishida er tuzish loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlarni shahar hududiga ajratilishida infratuzilmani inobatga olgan holda, ArcGIS dasturi overlay tizimi asosida er turlarini ajratish algoritmi ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 5 sentyabrdagi 04/30-04/6239-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ArcGIS dasturi overlay tizimi algoritmi asosida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlarni shahar hududidagi barcha infratuzilmani hisobga olgan holda er turlarini ajratish imkonini bergan;
qishloq va shahar hududining xo‘jaliklararo va xo‘jalikda ichki er tuzish loyihasi asosida raqamli geoma’lumotlar bazasi ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 5 sentyabrdagi 04/30-04/6239-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu geoma’lumotlar bazasida Toshkent shahar hududiga o‘tgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlar, barcha erdan foydalanuvchilar hujjatlar tizimini raqamlashtirishga erishilgan va shaffof mexanizm yaratilgan, shuningdek, shahar hududidagi qishloq xo‘jaligi erlari kontur chegaralarini belgilash, real vaqtdagi maydonlari, qishloq xo‘jaligi ekinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish va undan ochiq foydalanish imkonini bergan.
Er tuzish loyihalari va zamonaviy innovatsion texnologiyalar asosida “Landscaping design” nomli onlayn platformasi ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 5 sentyabrdagi 04/30-04/6239-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur platformadan foydalanib differensial sun’iy yo‘ldosh geodezik tarmoqlariga bog‘langan holda shaharsozlikni rivojlantirish uchun shahar hududiga ajratilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlarda er tuzish loyihalarini ishlab chiqish va ularni nazorat qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish