Oxunov Farruxjon Abduqaxorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sug‘oriladigan hududlarda erosti suvlari rejimini o‘rganishning ilmiy uslubiy asoslari (Qarshi cho‘li misolida)», 04.00.04 - Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/GM84.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Botirjon Dadajonovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Gidrogeologiya va muhandislik-geologiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Seysmologiya instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.GM/FM.97.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Irgashev Yuldashbay, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Agzamova Inobat Abduvaxidovna, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sug‘orish ishlarini erosti suvlari holatiga va aeratsiya zonasi jinslariga ta’sirini hamda gidrogeologik va meliorativ gidrogeologik sharoitlar o‘zgarishini zamonaviy holatini ilg‘or texnologiyalarni qo‘llagan holda baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qarshi cho‘lining sug‘oriladigan maydonlaridan tuzlarning yuvilishi va ularni shimoli-g‘arb hududlarida to‘planishidan hosil bo‘lgan sho‘rlanish baholangan va ilg‘or texnologiyalar asosida tuzlarni davomli yuvilishi asoslangan;
sug‘orishga ishlatilayotgan suvlar hududdagi mavjud grunt suvlarining chuchuklashishiga olib kelishi va atrofdan sizib kelayotgan sho‘r suvlar oqimiga gidrodinamik to‘siq vazifasini o‘tayotganligi aniqlangan;
modellashtirish asosida erosti suvlari sathining ko‘tarilishidan aeratsiya zonasida yuzaga kelgan muhim geokimyoviy o‘zgarishlar baholangan;
cho‘lning yuqori hududlaridan yuvilgan tuzlar Qashqadaryo daryosini o‘rta oqimiga qo‘shilishidan, daryo suvining sug‘oriladigan erlarni sho‘rlantiruvchi manbaga aylanishi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sug‘oriladigan hududlarda erosti suvlari rejimini o‘rganishning ilmiy-uslubiy asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
cho‘lning yuqori hududlaridan yuvilgan tuzlar Qashqadaryo daryosini o‘rta oqimiga qo‘shilishi hamda daryo suvini sug‘oriladigan erlarni sho‘rlantiruvchi manba sifatida asoslanganligi «Qashqadaryo gidrogeologiya stansiyasi»ning erosti suvlarini monitoringini yuritish faoliyatiga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2022 yil 20 oktyabrdagi 04-4946-son ma’lumotnomasi). Natijada, erosti suvlari monitoringini samarali olib borish va yangi burg‘ilanadigan kuzatuv quduqlarini optimal joylashtirishga imkon yaratgan;
cho‘l hududidan tuzlarning yuvilishi va ularni pastqam joylarga to‘planishidan hosil bo‘lgan sho‘rlanishni aniqlash uslubi «Qashqadaryo gidrogeologiya stansiyasi»ning amaliy-tadqiqot ishlariga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2022 yil 20 oktyabrdagi 04-4946-son ma’lumotnomasi). Natijada, erosti suvlarining yotish chuqurligi, minerallashuvi darajasi va turi sug‘orish rejimi hamda hududning drenajlanishi bilan baholanadigan erlarning barqaror, qulay meliorativ holatini saqlab qolish uchun zarur chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqish imkonini bergan;
sug‘orishga ishlatilayotgan suvlar hududdagi mavjud grunt suvlarining chuchuklashishiga olib kelishi, atrofdan sizib kelayotgan sho‘r suvlar oqimiga gidrodinamik to‘siq sifatida aniqlanganligi «Qashqadaryo gidrogeologiya stansiyasi»ning faoliyatiga tatbiq etilgan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2022 yil 20 oktyabrdagi 04-4946-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholini suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan gidrogeologik qidiruv ishlarini samarali rejalashtirish imkonini bergan.