Xamidov Xabibullo Xikmatulla o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Davlat moliyasini isloh etish jarayonida tashabbusli byudjetlashtirish istiqbollari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt2075.
Ilmiy rahbar: Pulatov Dilshod Xaqberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xliev Bozor Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Usmanov Qaxramon Akbaralievich (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda byudjet mablag‘larini bir qismini fuqarolar ishtirokida sarflanishi mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tanlovda g‘olib deb topilgan taklifning loyiha-smeta hujjatlari bo‘yicha aniqlashtirilgan mablag‘lar miqdori ishchi komissiya tomonidan aniqlangan dastlabki miqdordan oshishiga yo‘l qo‘yilmasligi talabini kiritish orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tafovut hamda qo‘shimcha mablag‘ ajratilmasligi oqibatida ilgari surilgan loyihalar ijrosining to‘liq hajmda ta’minlanmay qolishining oldini olish taklifi asoslangan;
“Tashabbusli byudjet” jarayonlarida takliflar g‘olib deb topilishi uchun 10 tadan kam bo‘lmagan ovoz soniga ega bo‘lishi lozimligi talabini o‘rnatish orqali ijtimoiy nafliligi past bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirilishining oldini olish taklifi asoslangan;
fuqarolardan kelib tushayotgan takliflarni moderatsiyadan (ko‘rib chiqib qabul qilish yoki rad etish) o‘tkazish jarayoni uchun belgilangan vaqtni ikki baravar oshirish orqali ularning ijrosini to‘liq va sifatli ta’minlanishi hamda fuqarolar bilan bevosita ishlagan holda tushunmovchilik va kamchiliklarning oldini olishga erishish asoslangan;
ovoz berish jarayonini takomillashtirish maqsadida amaldagi qog‘oz shakldagi byulletenlardan foydalanish tartibi o‘rniga “Axborot portalida qisqa SMS-xabarnoma orqali ovoz berish tizimini yo‘lga qo‘yish”ni joriy etish orqali mazkur jarayonning shaffofligi va samaradorligini ta’minlash asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat moliyasini isloh etish jarayonida tashabbusli byudjetlashtirish mexanizmini takomillashtirish borasida ishlab chiqilgan takliflari asosida:
loyihani amalga oshirish uchun talab etiladigan qo‘shimcha mablag‘ tegishli tuman (shahar) “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”dagi mavjud yoki kelgusida kelib tushadigan mablag‘lar hisobidan qoplab berish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2022 yil 30 iyundagi “Tuman (shahar) byudjetlari mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo‘naltirish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” gi KQ-377-IV-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 11 avgustdagi 03/03-32/1849-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha g‘olib deb topilganidan so‘ng uning loyiha smeta hujjatlari ishlab chiqilib yakuniy qiymatga aniqlik kiritilganda dastlabki qiymatga nisbatan tafovut yuzaga kelish holati bartaraf etildi hamda qo‘shimcha talab etiladigan mablag‘ miqdori sezilarli darajada ko‘p bo‘lgan hollarda, qo‘shimcha mablag‘ ajratilmasdan tegishli loyihaning ijrosi ta’minlanmasdan qolib ketishini oldini olishga va 2022 yil bo‘yicha g‘olib deb topilgan jami 4 136 ta takliflarga 2,5 trln so‘m mablag‘ ajratilishiga erishilgan;
takliflar g‘olib deb topilishi uchun 10 tadan kam bo‘lmagan ovoz soniga ega bo‘lishi lozimligi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2022 yil 30 iyundagi “Tuman (shahar) byudjetlari mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo‘naltirish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” gi KQ-377-IV-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
2022 yil 11 avgustdagi 03/03-32/1849-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Tashabbusli byudjet” jarayonlarida loyihalar aynan jamoaviy xarakterga ega bo‘lishiga, loyihalar 2-5 ta ovoz bilan g‘olib deb topilishi oldi olindi hamda 2021 yildan
2022 yilning 1-choragigacha bo‘lgan davr mobaynida g‘olib deb topilgan jami 3 948 ta takliflar bo‘yicha qariyb 8 millionga yaqin ovoz berilgan bo‘lib, 2022 yilning
1-choragida kelib tushgan ovozlar soni 2021 yilga nisbatan qariyb 6 barobarga, ya’ni
584 foizga oshishiga erishilgan;
fuqarolardan kelib tushayotgan takliflarni moderatsiyadan (ko‘rib chiqib qabul qilish yoki rad etish) o‘tkazish jarayoni 20 kun etib belgilash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2022 yil 30 iyundagi “Tuman (shahar) byudjetlari mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo‘naltirish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” gi KQ-377-IV-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 11 avgustdagi 03/03-32/1849-son ma’lumotnomasi). Natijada, kelgusida takliflarni ijrosini to‘liq va sifatli ta’minlanishiga hamda fuqarolar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlagan holda tushunmovchilik va kamchiliklarni oldini olishga va bunda 2022 yil ikkinchi mavsumda kelib tushgan takliflarni ko‘rib chiqib ovoz berish jarayoniga o‘tkazish ko‘rsatkichi birinchi mavsumga nisbatan 3 foizga oshishiga erishilgan;
ovoz berish jarayonini takomillashtirish maqsadida Axborot portalida qisqa SMS-xabarnoma orqali ovoz berish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha taklifi “Ochiq byudjet” axborot portalini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 11 avgustdagi 03/03-32/1849-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tavsiyaning amaliyotda qo‘llanilishi tashabbusli byudjet jarayonlarida ovoz berish to‘liq “Onlayn” tizimiga o‘tishiga sabab bo‘ldi hamda ovoz berish jarayonlarida ochiqlikni ta’minlash va sun’iy ovozlar yig‘ish holatlarini oldini olishga va 2022 yilda jami takliflarni yoqlab qarib 15 million aholi ovoz berish bilan ishtirok etishiga erishilgan.