Madraximova Guljahon Ruzimboy qizining
falsafa doktori (Doctor of Philosophy) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mehnat ta’tillarini huquqiy tartibga solish masalalari”, 12.00.05 – Mehnat huquqi. Ijtimoiy ta’minot huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2PhD/Yu544.
Ilmiy rahbar: Usmanova Muborak Akmaldjanovna, yuridik fanlar doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.32/30.12.2020.Yu.74.01 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Ismailov Shuxrat Abdusaminovich, yuridik fanlar doktori; Murodova Gulnora, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yillik mehnat ta’tilini huquqiy tartibga colish muammolarini aniqlash hamda ularni hal etishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xodimlarga asosiy mehnat ta’tilning eng kam muddatini kalendar` kunlar bilan belgilash va uning muddatini barcha xodimlar uchun yigirma bir kalendar` va eng ko‘p muddatini ellik olti kalendar` kundan iborat etib belgilash hamda ushbu muddatlarni jamoa va individual shartnomaviy tarzda uzaytirish mumkinligi asoslantirilgan;
asosiy uzaytirilgan ta’tillarni qonunchilikda belgilanganiga nisbatan ko‘paytirib belgilash lokal hujjatlar orqali, jamoa shartnomaviy va individual shartnomaviy tarzda amalga oshirilishi mumkinligi asoslantirilgan;
yillik qo‘shimcha mehnat ta’tillarini berishda differensiyalash mezonlarini ishlab chiqish maqsadida bir tashkilotda ko‘p yillik ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar, shuningdek normalanmagan ish kunida ishlovchi xodimlarni qo‘shimcha mehnat ta’tilini olish huquqiga ega bo‘lgan xodimlar toifasiga kiritish zarurligi asoslantirilgan;
ishlab chiqarish zaruriyati yoki bekor turib qolish munosabati bilan ish beruvchi tashabbusiga ko‘ra xodim vaqtincha boshqa ishga o‘tkazilganda yillik mehnat ta’tilining muddatini kamaytirishni ta’qiqlash zarurati asoslantirib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
xodimlarga asosiy mehnat ta’tilning eng kam muddatini kalendar` kunlar bilan belgilash va uning muddatini barcha xodimlar uchun yigirma bir kalendar` va eng ko‘p muddatini ellik olti kalendar` kundan iborat etib belgilash hamda ushbu muddatlarni jamoa va individual shartnomaviy tarzda uzaytirish haqidagi taklif yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 217, 222-moddalarida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2022 yil 15 sentyabrda berilgan 02/6-09-12-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 18 yanvarda berilgan 12/22-04-son dalolatnoma). Ushbu taklif mehnat ta’tilini kalendar` kunlar bilan hisoblash tartibini o‘rnatishga hamda ta’til muddatini jamoa va individual shartnomaviy tarzda uzaytirish asoslarini belgilashga xizmat qilgan;
asosiy uzaytirilgan ta’tillarni qonunchilikda belgilanganiga nisbatan ko‘paytirib belgilash lokal hujjatlar orqali, jamoa shartnomaviy va individual shartnomaviy tarzda amalga oshirilishi mumkinligi haqidagi taklif yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 218-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2022 yil 15 sentyabrda berilgan 02/6-09-12-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 2022 yil 18 yanvarda berilgan dalolatnomasi). Ushbu taklif asosiy uzaytirilgan mehnat ta’tillarini qonunlar orqali emas, balki jamoa shartnomaviy va individual shartnomaviy usullarda ham belgilashga xizmat qilgan;
ishlab chiqarish zaruriyati yoki bekor turib qolish munosabati bilan ish beruvchi tashabbusiga ko‘ra xodim vaqtincha boshqa ishga o‘tkazilganda yillik mehnat ta’tilining muddatini kamaytirishni ta’qiqlash haqidagi qoidalarga oid taklif yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 223-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2022 yil 15 sentyabrda berilgan 02/6-09-12-son dalolatnoma). Ushbu taklif mehnat ta’tilini olish huquqini beruvchi ish stajini tan olish imkonini ta’minlab bergan.