Jamolova Gulbanbegim Muzaffar qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Klasterli ta’lim muhitida informatika fanidan differensiallashgan o‘qitishni takomillashtirish (Professional ta’lim muassasalari misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4111.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali.
Ilmiy rahbar: Ergashev Jamshid Bahodirovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Axmedjonov Dilmurod Gulomovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Yuldashev Ismoil Abriyevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi professional ta’lim muassasalarida informatika fanidan differensiallashgan o‘qitishni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
professional ta’lim muassasalarida informatika fanini differensial o‘qitish orqali o‘quvchilarda kasbiy kompetensiyalarning motivatsion-qadriyatli, kognitiv va kasbiy-faoliyatli komponentlarini shakllantirishning uslubiy-didaktik ta’minoti mazmuni tarmoq o‘zaro hamkorlikni strategik rivojlantirish, tashkiliy-pedagogik, pedagogik-psixologik, predmetli-didaktik shart-sharoitlarni va sub’ekt-sub’ekt o‘zaro ta’sirlashuvchi klasterli muhitning tarmoq o‘zaro hamkorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini informatikadan differensiallashgan o‘qitish asosida shakllantirishning konseptual-tizimli modeliga asoslangan metodik modeli maqsadli, mazmunli, jarayonli, diagnostik-natijaviy komponentlar uzviyligida va metodologik yondashuvlar, tamoyiliy hamda ta’limiy-tarbiyaviy funksiyalarning komplekslari va telekommunikatsiya axborot tarmoqlarini tashkil etish hamda muvozanatlashtirish natijasida takomillashtirilgan;
klasterli ta’lim muhitida informatika fanini differensial o‘qitish orqali professional ta’lim o‘quvchilarining kompetentlik sifatlarini hamda axborot-texnologik, kommunikativlik, konstruktorlik, texnologik kompetensiyalarini shakllantirishning Heuristic, Differential, Yexcursion metodikalari kompyuter tizimlari, komplekslari va telekommunikatsion axborot tarmoqlarni tashkil etish hamda klasterli mobil ishlanmalar ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
professional ta’lim muassasalarida bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetentligini rivojlanganlik darajalarini baholashning motivatsion-qadriyatiy, kognitiv va kasbiy-faoliyatiy, refleksiv mezonlari differensial o‘qitishni Visual C++, Java Yeclipce, iSpring QuezMaker, Flash, AutoPlay yordamida dasturlash, strategik vizuallashtirish orqali ikki tomonlama mezonning kritik nuqtasini muvofiqlik mezoni bo‘yicha aniqlashtirish hamda miqdoriy va sifatiy ko‘rsatkichlarni tizimlashtirish natijasida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Klasterli ta’lim muhitida informatika fanidan differensiallashgan o‘qitishni takomillashtirish (Professional ta’lim muassasalari misolida)” bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida: 
professional ta’lim muassasalarida informatika fanini differensial o‘qitish orqali o‘quvchilarda kasbiy kompetensiyalarning motivatsion-qadriyatli, kognitiv va kasbiy-faoliyatli komponentlarini shakllantirishning uslubiy-didaktik ta’minoti mazmuni tarmoq o‘zaro hamkorlikni strategik rivojlantirish, tashkiliy-pedagogik, pedagogik-psixologik, predmetli-didaktik shart-sharoitlarni va sub’ekt-sub’ekt o‘zaro ta’sirlashuvchi klasterli muhitning tarmoq o‘zaro hamkorligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflardan professional ta’lim muassasalari uchun “Elektronika va sxemalar” nomli o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2022 yil 01 martdagi 116-sonli buyrug‘i, ro‘yxatga olish raqami: 106-395). Mazkur ishlab chiqilgan o‘quv qo‘llanma o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini informatikadan differensiallashgan o‘qitish asosida shakllantirishning konseptual-tizimli modeliga asoslangan metodik modeli maqsadli, mazmunli, jarayonli, diagnostik-natijaviy komponentlar uzviyligida va metodologik yondashuvlar, tamoyiliy hamda ta’limiy-tarbiyaviy funksiyalarning komplekslari va telekommunikatsiya axborot tarmoqlarini tashkil etish hamda muvozanatlashtirish natijasida takomillashtirisjga doir takliflardan Nukus davlat pedagogika instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga mo‘ljallangan YoA5-XT-1-31884-sonli “Innovatsion texnologiyalar sharoitida fizika o‘qituvchisini metodik tayyorgarligini shakllantirish usullari” mavzusidagi ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Nukus davlat pedagogika institutining 17 noyabr 2022 yildagi 01-20-08/2023-son ma’lumotnomasi). Mazkur model professional ta’lim muassasasi o‘quvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga va informatikadan ra’lim sifatini oshishiga xizmat qilgan;
klasterli ta’lim muhitida informatika fanini differensial o‘qitish orqali professional ta’lim o‘quvchilarining kompetentlik sifatlarini hamda axborot-texnologik, kommunikativlik, konstruktorlik, texnologik kompetensiyalarini shakllantirishning Heuristic, Differential, Yexcursion metodikalarini hamda bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetentligini rivojlanganlik darajalarini baholashning motivatsion-qadriyatiy, kognitiv va kasbiy-faoliyatiy, refleksiv mezonlarini takomillashtirishga doir takliflardan Qoraqalpoq davlat universitetining OT-F-2-77 raqamli “Modellashtirish asosida ichki nuqsonlarni hisobga olgan holda yarimo‘tkazgichli asboblarning ishonchligini bashorat qilishni takomillashtirish usuli” mavzusidagi ilmiy loyihani bajarishda hamda professional ta’lim muassasalarida (Qashqadaryo viloyati Kitob tumani, Farg‘ona viloyati Furqat tumani va Chichiq shahar kasb-hunar maktablari) pedagogik tajriba-sinov ishlarini olib borishda foydalanilgan (Qoraqalpoq davlat universitetining 9 yanvar 2023 yildagi 01-21-04/22-son ma’lumotnomasi). Mazkur ishlab chiqilgan metodika va baholash mezonlari professional ta’limda informatika o‘qitishning sifat darajasini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish