Hamrayev Javlonbek Hoshim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Telekommunikatsiya texnologiyalari vositasida talabalarga informatika o‘qitish metodikasi (“Texnologik ta’lim” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4216.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali.
Ilmiy rahbar: Djumabaev G‘ulomjon Xalillayevich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Ernazarova Gulnora Oblaqulovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Mamatov Alisher Zulunovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi telekommunikatsiya texnologiyalari vositasida talabalarga informatika fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib informatika o‘qitish orqali talabalarning kasbiy kompetensiyalarini va kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishning uslubiy-didaktik ta’minoti mazmuni differensial professiogrammani ishlab chiqish, dasturiy apparatga ustuvorlik berish, informatsion, kasbiy, tizimli-axborotli, grafik, ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash hamda tizimli, faoliyatiy, kompetentli yondashuvlar asosida takomillashtirilgan;
telekommunikatsiya texnologiyalari vositasida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilariga informatika o‘qitishning substansial, tuzilmaviy, funksional va konseptual modellariga asoslangan metodik modeli maqsad, mazmun, texnologik jarayondan natijaga yo‘naltirilgan komponentlar uzviyligida tashkiliy-pedagogik, pedagogik-psixologik, mavzuiy-didaktik shart-sharoitlarni pedagogik-strategik ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilariga informatikadan ta’lim jarayonida telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga tayyorlash hamda kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi Java dasturlash tilida informatikaga doir texnik va pedagogik dasturiy mahsulotlar yaratish, motivatsion-qadriyatli, refleksiv mezonlarni reproduktiv, kasbiy interaktiv kurslar metodikasiga muvofiqlashtirish hamda mazmunan integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy sifatlarini va kasbiy kompetensiyalarini rivojlanganlik darajalarini baholash mezonlari informatika o‘qitishda foydalaniladigan telekommunikatsiya texnologiyalarini mutaxassislik kasbiy va pedagogik professiogrammasining barqaror tendensiyalariga refleksiv moslashtirish hamda baholashning telekommunikatsion mobil ilovasini ishlab chiqish natijasida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Telekommunikatsiya texnologiyalari vositasida talabalarga informatika o‘qitish metodikasi yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib informatika o‘qitish orqali talabalarning kasbiy kompetensiyalarini va kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishning uslubiy-didaktik ta’minoti mazmuni differensial professiogrammani ishlab chiqish, dasturiy apparatga ustuvorlik berish, informatsion, kasbiy, tizimli-axborotli, grafik, ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash hamda tizimli, faoliyatiy, kompetentli yondashuvlar asosida takomillashtirishga oid takliflar “Axborot texnologiyalari (ma’ruza matnlari va laboratoriya ishlari)” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 25 noyabr 2022 yildagi 388-sonli buyrug‘i, 388-311 raqamli guvohnoma, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish markazining 13 yanvar 2023 yildagi 02/01-01-129-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan o‘quv qo‘llanma telekommunikatsiya texnologiyalari vositasida informatika o‘qitish metodikasini takomilashtirishga xizmat qilgan;
telekommunikatsiya texnologiyalari vositasida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilariga informatika o‘qitishning substansial, tuzilmaviy, funksional va konseptual modellariga asoslangan metodik modeli maqsad, mazmun, texnologik jarayondan natijaga yo‘naltirilgan komponentlar uzviyligida tashkiliy-pedagogik, pedagogik-psixologik, mavzuiy-didaktik shart-sharoitlarni pedagogik-strategik ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflardan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida 2019-2022 yillarda bajarilgan 609715-EPP-1-2019-1-UZ-EPPKA2-CBNE-JP “SPACECOM: “Koinot tizimlari va aloqa muhandisligi bo‘yicha yangi o‘quv dasturi” (“New study program in space systems and communications engineering”) mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialining 2023 yil 10 yanvar 19-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan modeldan foydalanish bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilariga informatikadan ta’lim jarayonida telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga tayyorlash hamda kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini hamda talabalarda kasbiy sifatlarini va kasbiy kompetensiyalarini rivojlanganlik darajalarini baholash mezonlarini takomillashtirishga oid takliflardan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida 2019-2021 yillarda bajarilgan №1/1-F-“Sanoat korxonalarining atrof muhitga ta’sirini majmuaviy monitoringini ishlab chiqishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash” nomli loyihada foydalanilgan (Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialining 2023 yil 10 yanvar 20-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan metodika va baholash mezonlari bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qilgan.