Yakubjonova Maftunaxon Islomjon qizining
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining mediamadaniyatini rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2405.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Erkabayeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Nurmanov Abdinazar Tashbaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Nafasov Doniyor Shernafasovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining mediamadaniyatini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalari mediamadaniyatini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari ta’lim jarayoniga media tushunchalarni falsafiy, madaniyashunoslik, axborot, atributiv, pedagogik, ijtimoiy-psixologik yondashuvlar asosida joriy etish va mediamadaniyatining relaksatsion, badiiy-estetik, integratsion, tarbiyaviy, axborot, kommunikatsion, mafkuraviy funksiyalarini aniqlash asosida dalillangan;
talabalarning mediamadaniy sifatlarini rivojlantirish jarayoni didaktik o‘quv materiallarini mediamadaniyatning motivatsion (axborot faolligi yo‘nalishini belgilovchi maqsad va motivlarni tavsiflaydi), intellektual va kognitiv (atrofdagi voqelikni idrok etish, baholash), kommunikativ, hissiy-irodaviy tarkibiy qismlari asosida tayyorlash mexanizmi takomillashtirilgan;
talabalar mediamadaniyatini rivojlantirish mazmuni ta’lim jarayoniga rivojlantiruvchi web-portfolio (developmental web-portfolio), idrok etuvchi web-portfolio (reflective web-portfolio) va taqdim etuvchi web-portfolio (reflective web-portfolio) media-madaniy texnologiyalarini joriy etish asosida takomillashtirilgan;
talabalar mediamadaniyatini rivojlantirishning tarkibiy va funksional modeli madaniy muvofiqlik, semiotiklik, subyektivlik, faoliyat, insonparvarlashtirish, integratsiya, ijodkorlik va muvaffaqiyat tamoyillari hamda talaba shaxsining media kompetentligini rivojlantirish uchun aniqlangan tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlar to‘plami (faollik, maqbullik, kommunikativlik, ijodkorlik, muammolilik) asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining mediamadaniyatini rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalari mediamadaniyatini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari ta’lim jarayoniga media-tushunchalarni falsafiy, madaniyashunoslik, axborot, atributiv, pedagogik, ijtimoiy-psixologik yondashuvlar asosida joriy etish va mediamadaniyatining relaksatsion, badiiy-estetik, integratsion, tarbiyaviy, axborot, kommunikatsion, mafkuraviy funksiyalarini aniqlash asosida kengaytirishga oid tavsiyalar S-ECAGD-18-CA-0067 (PO20002335) raqamli “FY 2018 English Access Microscholarship Program" nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 4 noyabrdagi 02-07-3890/04-son dalolatnomasi). Natijada pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining mediamadaniyatini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini kengaytirishga sharoit yaratilgan.
talabalarning mediamadaniy sifatlarini rivojlantirish jarayoni didaktik o‘quv materiallarini mediamadaniyatning motivatsion (axborot faolligi yo‘nalishini belgilovchi maksad va motivlarni tavsiflaydi), intellektual va kognitiv (atrofdagi vokelikni idrok etish, baholash, tahlil qilish imkonini beradi), kommunikativ (axborot almashinuvi va mulokot normalarini tavsiflaydi), hissiy-irodaviy (shaxsning axborot faoliyati natijadorligini aniklaydi) tarkibiy qismlari asosida tayyorlash mexanizmi ishlab chikishga oid takliflar YoA-1-22 raqamli “Fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning modernizatsiyalashgan tizimini ishlab chikish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 4 noyabrdagi 02-07-3890/04-son dalolatnomasi). Natijada talabalarning mediamadaniy sifatlarini samarali rivojlantirish uchun didaktik o‘kuv materiallarini ishlab chiqish mexanizmlarini takomillashtirishga erishilgan.
talabalar mediamadaniyatini rivojlantirish mazmuni ta’lim jarayoniga rivojlantiruvchi web-portfolio (developmental web-portfolio), idrok etuvchi web- portfolio (reflective web-portfolio) va taqdim etuvchi web-portfolio (reflective web-portfolio) media-madaniy texnologiyalarini joriy etish asosida takomillashtirishga oid takliflar S-ECAGD-18-CA-0067 (PO20002335) rakamli "FY 2018 English Access Microscholarship Program" nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 4 noyabrdagi 02-07-3890/04-son dalolatnomasi). Natijada zamonaviy yondashuvlar asosida talabalar mediamadaniyatini rivojlantirish imkoni oshirilgan.
talabalar mediamadaniyatini rivojlantirishning tarkibiy va funksional modeli madaniy muvofiklik, semiotiklik, subyektivlik, faoliyat,insonparvarlashtirish, integratsiya, ijodkorlik va muvaffaqiyat tamoyillari hamda talaba shaxsining media kompetentligini rivojlantirish uchun aniqlangan tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlar to‘g‘risida “Ta’lim va taraqqiyot” va “Bolalar va biz” nomli dasturlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 18 oktabrdagi 04-36-1750-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim muassasalari talabalarining mediamadaniyatini rivojlantirishning tarkibiy va funksional modelini takomillashtirishga sharoit yaratilgan