Matmurotov Alibek Ravilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «O‘zbekiston Respublikasida advokat maqomiga ega bo‘lish tartibini takomillashtirish masalalari», 12.00.07 – Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Yu593.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Tulaganova Gulchexra Zaxitovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03 raqamli Kengash asosidagi Bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Suyunova Dilbar Joldasbaevna, yuridik fanlar doktori, professor; Astanov Istam Rustamovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi advokat maqomiga ega bo‘lish tartibini takomillashtirish, advokatura nazariyasini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan talabgorlarning advokat maqomini olish jarayonini optimallashtirish hamda advokaturaga yosh malakali kadrlarni kengroq jalb qilish maqsadida advokat maqomiga talabgorning advokatlik tuzilmasida stajirovka o‘tashning eng kam muddatini olti oydan uch oyga qisqartirish lozimligi asoslangan;
sudya, tergovchi, surishtiruvchi yoki prokuror lavozimida, shuningdek davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimi sifatida kamida uch yil ish stajiga ega bo‘lgan shaxslarni stajirovka o‘tashdan ozod qilib, ularga to‘g‘ridan to‘g‘ri malaka imtihonida ishtirok etish huquqini berish zarurligi asoslab berilgan;
talabgorlarning kasbga oid bilim va amaliy ko‘nikmalarni hosil qilishi uchun tayyorgarlik ko‘rishiga olti oy muddatning yetarli ekanligini inobatga olib, malaka imtihonini takroran topshirishga yo‘l qo‘yiladigan muddatni kamida bir yildan olti oyga qisqartirish zarurligi asoslangan;
advokatlik guvohnomasining shakli va uni berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan hamda ushbu qoida qonun darajasida belgilanishi zarurligi asoslantirilgan;
talabgorning malaka imtihonini topshirganligi haqidagi qaror va tegishli hujjatlar maxsus axborot tizimi orqali rasmiylashtirilishi hamda talabgorga advokatlik lisenziyasini tegishli adliya organiga murojaat qilmasdan istalgan vaqtda elektron tizim orqali olish imkoniyati yaratilishi zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasida advokat maqomiga ega bo‘lish tartibini takomillashtirish masalalari mavzusidagi tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
advokat maqomiga ega bo‘lishga talabgorning advokatlik tuzilmasida stajirovka o‘tash muddatini olti oydan uch oyga qisqartirish haqidagi taklifdan «Advokatura to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 31-moddasi ikkinchi qismiga o‘zgartish kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022-yil 20-yanvardagi 06/1-05-265-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi talabgorlarning qisqa muddatda advokat maqomini olish jarayonini soddalashtirishga hamda advokatura instituti tizimiga yosh malakali kadrlarni jalb qilishga xizmat qilgan;
davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimi sifatida, sudya, tergovchi, surishtiruvchi yoki prokuror lavozimida kamida uch yil ish stajiga ega bo‘lgan shaxs advokatlik tuzilmasida stajirovkadan o‘tmasdan malaka imtihonida ishtirok etishga haqli ekanligi to‘g‘risidagi taklifdan «Advokatura to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 31-moddasi uchinchi qismini to‘ldirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022-yil 20-yanvardagi 06/1-05-265-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi kasbiy bilim hamda amaliy ko‘nikmalarga ega shaxslarni takroran advokatlik tuzilmasida stajirovka o‘tashdan ozod qilishga xizmat qilgan;
malaka imtihonini topshira olmagan talabgor uni takroran topshirishga yo‘l qo‘yiladigan muddatning kamida bir yildan olti oyga qisqartirish haqidagi taklifdan «Advokatura to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 31-moddasi to‘rtinchi qismiga o‘zgartish kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022-yil 20-yanvardagi 06/1-05-265-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi talabgorlarga advokat maqomini olishda qo‘shimcha imkoniyat yaratilishiga xizmat qilgan;
advokatlik guvohnomasining shakli va uni berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi zarurligi to‘g‘risidagi taklifdan «Advokatura to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 31-moddasiga qo‘shimcha kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022-yil 20-yanvardagi 06/1-05-265-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi advokat maqomiga talabgorning advokatlik guvohnomasini olishga oid aniq qoidalar belgilanishiga xizmat qilgan;
talabgorning malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganligi haqidagi qaror va tegishli hujjatlar «Lisenziya» axborot tizimi orqali rasmiylashtirilishi va advokatlarning elektron reyestriga kiritilishi hamda talabgorga advokatlik lisenziyasini tegishli adliya organiga murojaat qilmasdan istalgan vaqtda ushbu axborot tizimi orqali olish imkoniyati yaratilishi haqidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi «Advokatura faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–263-son qarorining 2-bandi «a» kichik bandi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022-yil 23-noyabrdagi 8/10-0659-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning tatbiq etilganligi advokat maqomiga talabgorlarning ortiqcha sansalorlikdan, byurokratiya hamda qog‘ozbozlikdan saqlanishiga xizmat qilgan.