Normurodov Shahboz Ulug‘bekovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Metropoliten tonnellarini qalqon usuli bilan barpo qilishda grunt massivi deformatsiyasi va er sirti cho‘kishini tadqiq qilish”, 05.09.02 – “Geotexnika”. (Ko‘priklar, transport tonnelari va metropolitenlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T1874.
Ilmiy rahbar: Miralimov Mirzoxid Xamitovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.04 raqamli Ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Sharafitdin Sayfitdinovich, texnika fanlari doktori, professor; Axmedov Sherzod Baxodirovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sayoz joylashgan metropoliten yurish tonnellari atrofidagi grunt massivi deformatsiyalarini hamda er sirti cho‘kishlarini o‘rganuvchi usullarni ishlab chiqish va ularni qurilish obekti haqiqiy muhandis-geologik sharoitlarini hisobga olgan holda tadqiq qilish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sayoz joylashgan yopiq usulda quriluvchi metropoliten yurish tonnellari atrofidagi grunt massivining kuchlanish-deformatsiyalanish holatini aniqlash va er sirti cho‘kishini tadqiq qiluvchi hisoblash usuli tonnel sun`iy bo‘shlig‘ini hosil qilish jarayonida massivdagi dastlabki kuchlanishlarni mavjud kuchlanishlardan echib olinishi asosida takomillashtirilgan;
ilk marta ma’lum hajmdagi gruntni qazib olish hisobiga massiv muvozanati buzilishidan va “sun’iy bo‘shliq-qoplama-grunt massivi” tizimida yuzaga keluvchi elastik yoki noelastik zonalarda ko‘chish, deformatsiya, kuchlanishlar va er sirti cho‘kishi ko‘rsatkichlarining bog‘liqligini ifodalovchi matematik model ishlab chiqilgan;
ilk marta qalqonli tonnel qazish mexanizatsiyalashgan mashinasidan tonnelning sun’iy bo‘shlig‘i qaziladigan joyiga yuboriladigan bosim devorlarga ta’sir etuvchi turli intervalda bo‘lgan teng taqsimlangan ichki yuk orqali er sirtiining cho‘kishini ifodalovchi matematik model va hisoblash usuli ishlab chiqilgan;
chekli elementlar usulini qo‘llash orqali sayoz joylashgan yopiq usulda quriluvchi aylana shaklidagi metropoliten parallel yurish tonnellari qurilish bosqichlarini qoplamalardagi kuchlanishlarning taqsimlanishiga ta’siri ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Metropoliten tonnellarini qalqon usuli bilan barpo qilishda grunt massivi deformatsiyasi va er sirti cho‘kishini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
67-Ko‘prikqurilish otryadi qurilish hududi (Yunusobod metro qurilishi)dagi mahsus mexanizatsiyalashgan tonnel qazish mashinasining ish jarayoni davomida dissertatsiyasida ishlab chiqilgan hisoblash algoritmlari va usullari sinovdan o‘tkazilgan va tadqiq etilgan hamda amaliy ish tahlillarini ishlab chiqarishga joriy etish ishlari amalga oshirilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2022 yil 11 oktyabrdagi 01/3524-22-son ma’lumotnomasi). Natijada parallel tonnel o‘qlari orasidagi masofa L=4R0 bo‘lganida, bir-biriga ta’sir etuvchi zonadagi kuchlanishlarning miqdori keskin tarzda deyarli 30 % kamayishiga imkon bergan. Ushbu natijalar va qalqonli TQMM Herrenknekht kompleksi uchun grunt bilan yuklash bosiminining real qiymatini tavsiya qilinishi orqali Toshkent shaxri geologik sharoitlarida sayoz joylashgan metropoliten yurish tonnelari qurishlishida har 1 metr uzunlikda (2,97 metr chuqurlik va 25,5 metr kenglik) 12 637 856 so‘m miqdorida iqtisodiy samaradorlikka erishilishi va ekspluatatsiya davridagi mumkin bo‘lgan avariyaviy holatlarni oldini olish imkoniyati yaratilgan.