Sharipov Jamshid Olimovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kompleks ishlov berish usuli bilan disksimon freza tishlari emirilishga bardoshligini oshirish», 05.02.01–“Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (Quymachilik va metallarga ishlov berish yo‘nalishi bo‘yicha)” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T1143.
Ilmiy rahbar: Turaxodjaev Nodir Djaxongirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.04.
Rasmiy opponentlar: Dunyashin Nikolay Sergeevich, texnika fanlari doktori, professor; Axmedov Hasan Islomovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: murakkab tuzilishli materiallarni frezalashda, tez kesar asbobsozlik po‘latli disksimon frezaga kompleks ishlov berib, uning tishlarini emirilishga bardoshlini oshirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
34XN1MA markali murakkab tuzilishli, ishlov berish qiyin bo‘lgan materialni frezalashda, ilk bor R6M5 tez kesar asbobsozlik po‘latli kesuvchi asbobga kompleks ishlov berish-dastlab ion-azotlash, ion–legirlash va kesuvchi asbobning funksional yuzasini emirilishga bardoshli qoplama qoplash texnologiyasi ishlab chiqilgan; 
kesuvchi asboblarning yuzasiga kimyoviy–termik ishlov berish dastlab ion-azotlash ikki pog‘onali vakuum yoyli razryadda 490 0S haroratda, 30 minut vaqt davomiyligi va 80/20 % azot/argon muhitida, so‘ngra, ion-legirlash Nb70Hf30 elementlari orqali elektron impul`slarning chaqnash vaqti 5 mks da, takroriyligi esa 5-6 marta, jarayonni 15 minut vaqt davomi rejimi kompozisiyasida tag qo‘ymaning mustahkamlanish qonuniyatlari asosida ishlab chiqilgan;
yuzasi (ion-azotlash+(TiAl)N, ion-azotlash+(TiCr)N-(TiAl)N-(CrAlSi)N (nATCRo3)) kimyoviy–termik ishlov berish va qoplama qoplangan disksimon frezaning 34XN1MA markali issiqbardosh materialga ishlov berishda kesish xususiyatlariga va tishlar emirilishiga ta`siri, kesuv asbob tashqi diametrlari, massalari va mikroskopdagi ko‘rinishlari orqali aniqlangan; 
yuzasi (ion-azotlash+legirlash(NbHf)+(TiAl)N) kimyoviy–termik ishlov berilgan, elektron nurlar bilan modifikatsiyalab legirlangan va qoplama qoplangan disksimon frezaning 34XN1MA markali qotishmaga ishlov berishda kesish xususiyatlariga va tishlar emirilishiga ta`siri aniqlangan; 
yuzasi ko‘p qatlamli (TiCr)N-(TiAl)N-(CrAlSi)N(nATCRo3), olmossimon va (TiAl)N qoplama qoplangan disksimon frezaning 34XN1MA markali murakkab tuzilishli materialni yuqori kesish rejimi frezalashda, kesish xususiyatlariga va tishlar emirilishiga ta`siri, kesuv asbob tashqi diametrlari, massalari va mikroskopdagi ko‘rinishlari orqali aniqlangan; 
quyma usulida olingan 34XN1MA materialiga  ishlov berishda keskich o‘zaklari tig‘ini emirilishga bardoshli qoplama qoplash maqbul rejimlari, fizikaviy usulda 480 0S haroratda, 3 soat vaqt davomiyligida kesuvchi asbob yuzasini emirilishga bardoshligini oshirish qonuniyatlari asosida ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kompleks ishlov berish usuli bilan disksimon freza tishlari turg‘unligini oshirish uchun texnologik jarayonlardan o‘tgan ya`ni ion-azotlash, ion-legirlash va emirilishga bardoshli qoplama qoplash orqali kesuvchi asboblarni emirilishga bardoshliligi ishlab chiqarish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
kompleks ishlov berish usuli bilan disksimon frezalar tishlarining turg‘unligini, emirilishga bardoshligini oshirish texnologiyasi «Navoiy mashinasozlik zavodi» IChBda amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon metallurgiya kombinati» DK ning 2021 yil 15 noyabrdagi № 02-06-01/11036-son ma’lumotnomasi). Natijada disksimon freza tishlari turg‘unligini va emirilishga bardoshligini oshirish imkonini bergan. Natijada R6M5 kesuvchi asbobining ishlash samaradorligining 20% va unumdorligini 10% oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish