Yuldasheva Marina Georgievnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Shimoliy Ustyurt botiqligidagi quyi yura yotqiziqlarining geologik tuzilishi va neftegazlilik istiqbollari», 04.00.07 – Neft` va gaz konlari geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.DSc/GM39.
Ilmiy maslahatchi: Abdullaev Gaybulla Sayfullaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti, DSc.24/30.12.2019.GM.41.01. 
Rasmiy opponentlar: Bogdanov Aleksandr Nikolaevich,  geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Radjabov Shuxrat Sayfullaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Xusanov Sultanbay Tuxtaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: “O‘zbekgeofizika” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: neft va gaz konlarini izlash uchun geologiya-qidiruv ishlarining yangi yo‘nalishi sifatida, Shimoliy Ustyurt botiqligidagi quyi yura yotqiziqlarining geologik tuzilishi modelini ishlab chiqish va neft-gazliligi istiqbollarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Shimoliy Ustyurt botiqligining quyi yura yotqiziqlarida mustaqil neft-gazga istiqbolli kompleksning mavjudligi isbotlangan;
quyi yura yotqiziqlari tuzilishining geologik strukturaviy-tektonik modeli ishlab chiqilgan;
quyi yura yotqiziqlaridagi qatlamlarning qalinligi kattalashgan hududlarida uglevodorodlar generatsiyasi o‘choqlarining mavjudligi isbotlangan;
gazning sanoat darajasidagi oqimlari olinishining natijalariga ta’sir etuvchi mahsuldor gorizontlar bo‘yicha strukturaviy planlarning o‘zgarishi aniqlangan;
darzli-g‘ovakli kollektorlar rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan, chuqurlik bo‘yicha gaz debitining ko‘payishi isbotlangan;
Berdaq va Kuanish-Kosqal’a vali hududi chegarasidagi qatlamlarda turli tipdagi gazlarning tarqalish zonalligi, ularning boshlang‘ich tabiiy resurslari va hosil bo‘lish sharoitlari bilan bog‘liqligi aniqlangan;
Berdaq va Kuanish-Kosqal’a vallarining uglevodorodga yuqori istiqbolli hududlari misolida, quyi yura yotqiziqlaridagi qumtosh gorizontlarni stratifikatsiyalash maqsadida, ularning indeksatsiyasi ishlab chiqilgan;
Shimoliy Ustyurt botiqligidagi kam o‘rganilgan uchastkalarning quyi yura yotqiziqlaridagi uglevodorodlar zaxiralarining sanoat miqyosidagi to‘planish istiqbollarini va uglevodorod zaxiralarini orttirish zonalari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Shimoliy Ustyurt botiqligidagi quyi yura yotqiziqlarining geologik tuzilishi modelini ishlab chiqish va ularning neft-gazlilik istiqbollarini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
quyi yura yotqiziqlarida gazlilik alomatlari aniqlangan Kuanish-Kosqal’a valining Markaziy Kushkair, Chibini, Chink, Shimoliy Alambek maydonlarining yaratilgan geologik modellari «O‘zbekneftgaz» AJ da strukturalarni ishlab chiqarishga va izlov burg‘ilashiga qaytarish joriy qilingan («O‘zbekneftgaz» AJ ning 2019 yil 10 dekabrdagi 03/17-5-231-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi geologik-geofizik ma’lumotlar asosida geologik strukturalar qayta tayyorlangan va burg‘ilashga kiritilgan, ular zaxiralari 12825 mln.t.sh.yo. bo‘lgan, shu jumladan gaz hajmi 10,2 mlrd.m3, kondensat hajmi – 639 ming t. bo‘lgan Sayxun va Kushkair gaz-kondensat konlarini ochish imkonini bergan;
Surgil, Shimoliy Berdaq va Sharkiy Berdaq konlari ostida katta chuqurlikda yotgan quyi yura gorizontlaridagi strukturalar «O‘zbekneftgaz» AJ da ishlab chiqarishga va qidiruv uchun joriy qilingan («O‘zbekneftgaz» AJ ning 2019 yil 10 dekabrdagi 03/17-5-231-son ma’lumotnomasi). Natijada, Berdaq validagi tog‘ jinslarining gazlilik chegarasi 4500 m chuqurlikkacha kengaytirilgan, bu erda zaxiralari 38642 mln.t.sh.yo. bo‘lgan, shu jumladan gaz hajmi 31,3 mlrd.m3, kondensat hajmi – 1633 ming t.bo‘lgan Quyi Surgil, Quyi Sharqiy Berdaq gaz-kondensat konlarini ochish imkonini bergan;
qidiruv burg‘ilashi o‘tkazilishining maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi tavsiyalar «O‘zbekneftgaz» AJ da ishlab chiqarishga va Arslon, Inam, Quyi Surgil konlarida chuqur quduqlarning burg‘ilanishi joriy qilingan («O‘zbekneftgaz» AJ ning 2019 yil 10 dekabrdagi 03/17-5-231-son ma’lumotnomasi). Natijada, Arslon 12, Inam 5, Quyi Surgil 5, 6 izlov-qidiruv quduqlarida, quyi yura yotqiziqlarida debiti 47 dan 1262 ming m3/sutkagacha bo‘lgan sanoat darajasidagi gaz oqimlari hosil qilingan, bu esa uglevodorodlar zaxiralarini orttirish imkonini bergan;
Sudochiy egikligi hududida UChN-3D batafsil-izlov seysmik qidiruv ishlari o‘tkazilishi bo‘yicha tavsiya «O‘zbekgeofizika» AJ da ishlab chiqarishga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2022 yil 7 oktyabrdagi 32-4764-son ma’lumotnomasi). Natijada, Quyi Kustau, Shimoliy Aralik (Shermat) quyi yura yotqiziqlarida neft-gaz bo‘yicha istiqbolli strukturalarni aniqlash imkonini bergan;
qidiruv burg‘ilash uchun yangi strukturalarni tayyorlash maqsadida, Shimoliy Ustyurt botiqligidagi Berdaq vali hududida UChN-3D seysmiq qidiruv ishlarini talqin etish natijalari «O‘zbekgeofizika» AJ da ishlab chiqarishga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2022 yil 7 oktyabrdagi 32-4764-son ma’lumotnomasi). Natijada, istiqbolli resurslarining hajmi 19732 mln.t.sh.yo. bo‘lgan Boylik va Kelajak strukturalarini chuqur burg‘ilashga tayyorlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish