Sabirov Elyor Ergashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Milk resessiyasini davolashda jarrohlik usullarini qiyosiy baholash», 14.00.21-Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1516.
Ilmiy rahbar: Boymuradov Shuxrat Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Trunin Dmitriy Aleksandrovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Kamilov Xaydar Pazilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Bashkirskiy gosudarstvenniy medisinskiy universitet (Rossiya Federatsiyasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: milk resessiyasi bo‘lgan bemorlarda yuqori lab yuganchasi sohasidan erkin shilliq biriktiruvchi to‘qimali transplantant olish usulini ishlab chiqish va ushbu usul samaradorligini qiyosiy baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta aholini murojaatlari bo‘yicha turli yosh guruhlarida milklar resessiyasi rivojlanishini va tarqalish sabablarini tahlili isbotlangan;
tamaki chekuvchilarda funksional kapillyaroskopiya tekshiruvida milklar resessiyasini jadallashishi tamaki tarkibidagi zararli moddalar (stirol, timol, nikotin) sababli parodont to‘qimasida moddalar almashinuvi va mikrotsirkulyasiyani buzilishi natijasida mayda qon tomirlarda morfologik strukturasini o‘zgarishi hamda milkni atrofiyasiga sababi asoslangan;
milklar resessiyasini bartaraf etishda yuqori lab yuganchasi sohasidan erkin shilliq biriktiruvchi to‘qimali transplantantni olish usulini afzalligi ikkita rejali jarrohlik muolajasini bittaga birlashtirishga imkon bergan (milklar resessiyasini yopish va frenuloektomiya) va asoratlar xavfini pasayishi isbotlangan;
milklar resessiyasini bartaraf etishda yuqori lab yuganchasi sohasidan erkin shilliq biriktiruvchi to‘qimali transplantantni olish usulini biokimyoviy va rentgenologik tekshiruvlari orqali to‘qima regeneratsiyasi jarayonini, tomirlar devorini o‘tkazuvchanligini va suyak rezorbsiyasini holati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Milk resessiyasini jarrohlik yo‘li bilan bartaraf etish usullarining samaradorligini oshirish uchun :
milk resessiyasi bor bo‘lgan bemorlarni tashxislash jarrohlik usulida davolash samaradorligini oshirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Milk resessiyasini bartaraf etishninig zamonaviy xirurgik usullari” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlandi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 9 dekabrdagi 8n-r/1268-sonli xulosasi). Uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan tadqiqot natijalari milk resessiyalarini tashxislash va jarrohlik usuli bilan davolash samaradorligini oshirish, asoratlarni oldini olish imkonini bergan;
parodont kasalliklarini davolash usullarini takomillashtirish va asoratlarini oldini olish maqsadida ishlab chikilgan “Bolalarda parodont kasalliklarini davolashning va oldini olishning samarali chora tadbirlari” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 9 dekabrdagi 8n-r/1267-son ma’lumotnomasi). Uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan tadqiqot natijalari bolalarda parodont kasalliklarini profilaktikasi, tashxislash va davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
davolash samaradorligini oshirish, kasallikni asoratlari va oldini olishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining stomatologiya bo‘limi, OOO «Aesthetic Dentistry» klinikasi, OOO «Walnut Tree» klinikasida, shahar 5 son stomatologiya poliklinikasi, shahar 2 son Bolalar stomatologiya poliklinikasi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 25 yanvardagi 8n-d/32–son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarni amaliyotga tatbiq etish parodont to‘qimasidagi milk resessiyasi bilan og‘rigan bemorlarda parodont kasalliklarini davolash hamda resessiyani bartaraf etishda jarrohlik usullarini optimal turini tanlash va davolash samaradorligini oshirish, davolash-profilaktika chora-tadbirlari sifatini oshirish bemorlarning og‘iz bo‘shlig‘i gigienik va estetik holatini 90% yahshilash hamda ijobiy davolash samaradorligini oshirish va prognozlash orkali ushbu xastalikni kaytalanishini kamaytirish imkonini bergan. Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi klinik ko‘rsatkichlarning sezilarli yaxshilanishi, o‘tkazilgan davoni samaradorligini oshirish imkonini bergan.