Yuldashev Obiddin Toshmurzayevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda hayot sug‘urtasini rivojlantirishning konseptual asoslari», 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Iqt246.
Ilmiy maslahatchi: Malikov Tohir Sattorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Abdug‘affor Safarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xaydarov Nizomiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qo‘ldoshev Qamariddin Mansurovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda hayot sug‘urtasini rivojlantirishning konseptual asoslarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hayot sug‘urtasi kompaniyalari uchun foyda solig‘i stavkasini 50 foizga pasaytirish orqali soliqdan ozod bo‘lgan (bo‘shagan) mablag‘larni Insure-tech va onlayn sotuv texnologiyalarini joriy etish hamda ularni moddiy-texnik bazasini rivojlantirish uchun maqsadli yo‘naltirish zarurligi ilmiy asoslangan;
hayot sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasini tashkil etish va uni hayot sug‘urtasi kompaniyalarining sug‘urta javobgarligiga nisbatan belgilangan badallar hisobidan moliyalashtirish orqali uzoq muddatli hayot sug‘urtasi va ixtiyoriy pensiya sug‘urtasiga bo‘lgan ishonchni oshirish hamda ularning sug‘urta to‘lovlarini kafolatlash mumkinligi asoslangan;
hayot sug‘urtasi kompaniyalari tomonidan berilgan kredit oluvchilarning hayotini sug‘urta qilish polislari aholiga kredit ajratilayotganda qo‘shimcha ta’minot sifatida qabul qilinishi hamda ushbu ta’minot bo‘yicha kredit ajratishda tegishli imtiyozlar berish tizimini joriy etish kredit hayot sug‘urtasiga bo‘lgan talabni oshirishga xizmat qilishi asoslangan;
sug‘urta faoliyati klassifikatorining hayotni sug‘urta qilish tarmog‘iga «majburiyatlarni ta’minlash uchun hayotni sug‘urtalash», «uzoq muddatli ixtiyoriy pensiya sug‘urtasi», «kapitalni qaytarish bilan hayotni sug‘urtalash» klasslarini qo‘shish orqali uni kengaytirish taklif etilgan;
hayot sug‘urtasiga takomillashgan mualliflik ta’rifi berilgan, hayot sug‘urtasining turlari klassifikatsiya qilingan, hayot sug‘urtasi bo‘yicha zaxiralarni shakllantirishning alohida tartibi va hisoblash prinsiplari, hayot sug‘urtasining har bir turi bo‘yicha tarif (netto) stavkalarni hisoblashning alohida metodikasi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda hayot sug‘urtasini rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
hayot sug‘urtasi kompaniyalari uchun foyda solig‘i stavkasini 50 foizga pasaytirish orqali soliqdan bo‘shagan mablag‘larni Insure-tech va onlayn sotuv texnologiyalarini joriy etish hamda ularni moddiy-texnik bazasini rivojlantirish uchun maqsadli yo‘naltirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 oktyabrdagi PQ-5265-son «Sug‘urta bozorini raqamlashtirish va hayot sug‘urtasi sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 20 iyundagi 07/38-03-02-32/1947-son ma’lumotnomasi). Natijada, hayot sug‘urtasi kompaniyalari foyda solig‘i summasining 50 foizi ularning ixtiyorida qoldirilishiga imkon berdi. Bu, o‘z navbatida, hayot sug‘urtasi kompaniyalarining asosiy daromadi investision faoliyatdan bo‘lganligi, sug‘urta faoliyatidan oladigan daromad ko‘rsatkichi past darajada ekanligini inobatga olib, ularning yanada samarali ishlashiga va markazdan olis hududlarda istiqomat qiluvchi aholiga hayot sug‘urtasi xizmatlarini sifatli etkazishga xizmat qilgan;
hayot sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasini tashkil etish va uni hayot sug‘urtasi kompaniyalarining sug‘urta javobgarligiga nisbatan belgilangan badallar hisobidan moliyalashtirish orqali uzoq muddatli hayot sug‘urtasi va ixtiyoriy pensiya sug‘urtasiga bo‘lgan ishonchni oshirish hamda ularning sug‘urta to‘lovlarini kafolatlash taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi PQ-4412-son «O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorining 1-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan «2019-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini jadal rivojlantirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 20 iyundagi 07/38-03-02-32/1947-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, hayotni uzoq muddatli sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatuvchi hayot sug‘urtasi kompaniyalarining iste’molchilar oldidagi majburiyatlarini samarali himoya qilish tizimini yaratish, uzoq muddatli va investision hayot sug‘urtasi mahsulotlariga talabni ko‘paytirish, aholini hayot sug‘urtasidagi jamg‘armalarining daromadliligi va qaytimliligini oshirish imkonini yaratgan;
hayot sug‘urtasi kompaniyalari tomonidan berilgan kredit oluvchilarning hayotini sug‘urta qilish polislari aholiga kredit ajratilayotganda qo‘shimcha ta’minot sifatida qabul qilinishi hamda ushbu ta’minot bo‘yicha kredit ajratishda tegishli imtiyozlar berish tizimini joriy etish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 oktyabrdagi PQ-5265-son «Sug‘urta bozorini raqamlashtirish va hayot sug‘urtasi sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori bilan tasdiqlangan «2021-2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasining hayot sug‘urtasi sohasini hamda shaxsiy sug‘urta turlarini rivojlantirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 20 iyundagi 07/38-03-02-32/1947-son ma’lumotnomasi). Natijada, hayot sug‘urtasi polislarining mavjudligi qarz oluvchilarga bank kreditlarini imtiyozli va oson rasmiylashtirishga, tijorat banklarining kreditni qaytmaslik risklarini diversifikatsiya qilish hamda qarz mablag‘larini qaytish likvidliligini oshirishga, aholini ijtimoiy muhofaza qilishni yanada kuchaytirishga xizmat qilgan;
sug‘urta faoliyati klassifikatorining hayotni sug‘urta qilish tarmog‘iga «majburiyatlarni ta’minlash uchun hayotni sug‘urtalash», «uzoq muddatli ixtiyoriy pensiya sug‘urtasi», «kapitalni qaytarish bilan hayotni sug‘urtalash» klasslarini qo‘shish orqali uni kengaytirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 oktyabrdagi PQ-5265-son «Sug‘urta bozorini raqamlashtirish va hayot sug‘urtasi sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori bilan tasdiqlangan «2021-2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasining hayot sug‘urtasi sohasini hamda shaxsiy sug‘urta turlarini rivojlantirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 20 iyundagi 07/38-03-02-32/1947-son ma’lumotnomasi). Natijada, milliy sug‘urta bozorida hayot sug‘urtasining innovatsion mahsulotlarini joriy etish va talab yuqori bo‘lgan an’anaviy mahsulotlarini rivojlantirish, hayot sug‘urtasi xizmatlarining hajmlari va turlarini kengaytirish, hayot sug‘urtasining ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardagi ahamiyatini yanada oshirishga xizmat qilgan, aholining hayot sug‘urtasi bozorida samarali kapital jamg‘arishiga va qo‘shimcha daromad olishiga imkoniyat yaratgan;
hayot sug‘urtasiga berilgan mualliflik ta’rifi, hayot sug‘urtasi turlarining klassifikatsiyasi, hayot sug‘urtasi bo‘yicha zaxiralarni shakllantirishning alohida tartibi va hisoblash prinsiplari, hayot sug‘urtasining har bir turi bo‘yicha tarif (netto) stavkalarni hisoblashning alohida metodikasi «Hayot sug‘urtasi» darsligida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 359-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 359-299 raqamli mualliflik guvohnomasi). Natijada, hayot sug‘urtasining nazariy-uslubiy jihatlarini takomillashtirish hamda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilgan.