Kalandarov Ravshan Abdukayumovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Iqtisodiyotning real sektori rivojlanishiga institutsional o‘zgarishlarning ta’sirini oshirish yo‘llari», 08.00.01 – “Iqtisodiyot nazariyasi” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt857.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Suyun Artikovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.01.11.
Rasmiy opponentlar: Tuxliev Nurislom, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Muftaydinov Qiyomiddin Hamdamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotning real sektori rivojlanishiga institutsional o‘zgarishlarning ta’sirini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqtisodiyot real sektori tarmoqlarining samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan dasturlarni ishlab chiqishda davlatning “imkoniyat va cheklov” hamda innovatsion tizimlarning o‘zaro muvofiq holdagi yondashuviga asoslangan institutsional o‘zgarishlarni kiritish taklifi ishlab chiqilgan; 
mamlakatda real sektorda inklyuziv iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga davlat byudjeti mablag‘laridan foydalanish samaradorligini baholashning «0» dan «100» ballgacha bo‘lgan mezonini ishlab chiqish asosida respublika hududlarini «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratgan holda innovatsion loyihalarni moliyalashtirish orqali erishish taklifi asoslangan;
institutsional o‘zgarishlar samaradorligini uy xo‘jaligi va tadbirkorlik sektoriga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarida davlat-xususiy sherikchilik tizimini joriy etish asosida sohada davlat ulushini kamaytirish orqali oshirish taklifi asoslangan;
iqtisodiy erkinlik indeksining fiskal salomatlik, davlat xarajatlari, tadbirkorlik, savdo, mehnat, pul, investisiya va moliyaviy erkinlik indikatorlari hamda institutsional o‘zgarishlar o‘rtasidagi korrelyasion-regression bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida YaIM o‘sishining 2026 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Iqtisodiyotning real sektori rivojlanishiga institutsional o‘zgarishlarning ta’sirini oshirish yo‘llari mavzusi doirasida ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
real sektor samaradorligini oshirishda “imkoniyat va cheklov” hamda innovatsion tizimlarni birgalikda qo‘llash taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 24 yanvardagi PQ-99-son “Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 2.1-ilovasi bilan tasdiqlangan “2022 yilda iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha yangi mahsulotlar ishlab chiqarish va mavjud quvvatlarni kengaytirish loyihalarini baholash”da foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 11/03-15-5275-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga qo‘llash asosida real sektorning innovatsion jarayonlari tizimida texnologiya va bilim darajasidagi o‘zgarishlar, institutsional tizim tarkibi va tuzilishidagi qarama-qarshiliklar bartaraf etilishiga erishilgan;
mamlakatda real sektorda inklyuziv iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga davlat byudjeti mablag‘laridan foydalanish samaradorligini baholashning «0» dan «100» ballgacha bo‘lgan mezonini ishlab chiqish asosida respublika hududlarini «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratgan holda innovatsion loyihalarni moliyalashtirish orqali erishish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022 yil 30 iyundagi KQ-377-IV-sonli “Tuman (shahar) byudjetlari mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo‘naltirish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qo‘shma Qarorining 32-bandiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 10 sentyabrdagi 06/30-01/10-4652-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif real sektordagi samarali rivojlanishni ta’minlashda makroiqtisodiy, hududiy, mahalliy va institutsional ta’sir etish tizimlarida qo‘llanilgan;
 respublikada uy xo‘jaligi va tadbirkorlik sektoriga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda davlat-xususiy sherikchilik tizimini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 apreldagi PF-113-son “Davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoni 1-ilovasi Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirishning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan milliy strategiyasini 2022-2023 yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 10 sentyabrdagi 06/30-01/10-4652-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2022 yil 14 iyundagi 11/03-15-5275-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif sohada davlat ulushini kamaytirish va institutsional o‘zgarishlar samaradorligini oshirishda foydalanildi. Mazkur taklif davlat xizmatlari ko‘rsatishda institutsional emulyasiyani amalda qo‘llash imkonini bergan;
iqtisodiy erkinlik indeksining fiskal salomatlik, davlat xarajatlari, tadbirkorlik, savdo, mehnat, pul, investisiya va moliyaviy erkinlik indikatorlari hamda institutsional o‘zgarishlar o‘rtasidagi korrelyasion-regression bog‘liqlikka ko‘ra YaIM o‘sishining 2026 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2026 yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 10 sentyabrdagi 06/30-01/10-4652-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga qo‘llash YaIM o‘sishi bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari o‘rta va uzoq muddatli prognozlar sifatini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish