Mavlonov Nurali Sherali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Raqamlashtirish muhitida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining axborot kompetentligini rivojlantirish”, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi. (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped1881. 
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti. 
Ilmiy rahbar: Olimov Qaxramon Tanzilovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped 80.01.
Rasmiy opponentlar: Nam Viktor Veniaminovich, pedagogika fanlari doktori (DSc); Hurvalieva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori (DSc)
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamlashtirish muhitida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarini axborot kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining malakasini oshirish holati va muammolari asosida tarbiyachilarning raqamlashtirish muhitida ishlash ko‘nikmasini, ijtimoiy va kasbiy vazifalarni hal qilishda raqamli texnologiyalardan foydalanish tajribasini, zaruriy axborotlarni mustaqil izlash, topish va qayta ishlash malakasini rivojlantirish zaruriyati asoslangan; 
raqamlashtirish muhitida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining axborot kompetentligini rivojlantirish modeli o‘z-o‘zini mustaqil rivojlantirish, yangilikka intilish, yangi sharoitlarga tez moslashish talablari hamda kompetentli, tizimli–axborotli, shaxsiy faoliyatli, innovatsion yondashuvlari asosida maqsadli, mazmunli va natijaviy bloklar tizimliligi va uzviyligini taminlash orqali takomillashtirilgan;
malaka oshirish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining axborot kompetentligini rivojlantirish metodikasi o‘quv kurslari va treninglarni tashkil qilish orqali o‘z-o‘zini tizimli va doimiy rivojlantirishga, raqamlashtirish muhitida mustaqil ishlashga, malaka oshirish mazmuni va kasbiy tajribani integratsiyalashga, moslanuvchanlik va motivatsiyaga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
malaka oshirish jarayonida raqamlashtirish muhitini yaratish orqali tarbiyachilarning axborot kompetentligini mustaqil rivojlantirishiga va o‘zlashtirish darajalari bo‘yicha monitoring qilish imkonini beradigan hamda interaktiv ta’lim topshiriqlari, multimedia mahsulotlarni yaratish bo‘yicha amaliy dasturlar, foydali havolalar va raqamli dasturiy vositalarni o‘z ichiga olgan raqamli platforma yaratilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamlashtirilgan ta’lim muhitida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarini axborot kompetentliligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha quyidagi ilmiy-amaliy natijalar olingan:
maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining malakasini oshirish holati va muammolari asosida tarbiyachilarning raqamlashtirish muhitida ishlash ko‘nikmasini, ijtimoiy va kasbiy vazifalarni hal qilishda raqamli texnologiyalardan foydalanish tajribasini, zaruriy axborotlarni mustaqil izlash, topish va qayta ishlash malakasini rivojlantirish zaruriyatiga oid takliflar “Zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalanish”, “Mashg‘ulotlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash”, “Ta’lim jarayonida axborot texnologiyalaridan samaraliy foydalanish” hamda “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida AKTdan samarali foydalanish” modullari mazmuni takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligining 2022-yil 23-noyabrdagi 02-02/3-2748-son ma’lumotnomasi). Natijada modullarni mualliflik metodikasi asosida o‘qitishda qo‘llaniladigan interaktiv ta’lim metodlari, pedagogik va multimedia mahsulotlarni yaratishda amaliy dasturlar, foydali havolalar va pedagogik dasturiy vositalardan foydalanishning nazariyasi va amaliyoti birligini ilmiy-metodik jihatdan ta’minlashga oid takliflarni o‘z ichiga olgan;
raqamlashtirish muhitida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining axborot kompetentligini rivojlantirish modeli o‘z-o‘zini mustaqil rivojlantirish, yangilikka intilish, yangi sharoitlarga tez moslashish talablari hamda kompetentli, tizimli–axborotli, shaxsiy faoliyatli, innovatsion yondashuvlari asosida maqsadli, mazmunli va natijaviy bloklar tizimliligi va uzviyligini taminlash orqali takomillashtirilganligi hamda malaka oshirish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining axborot kompetentligini rivojlantirish metodikasi o‘quv kurslari va treninglarni tashkil qilish orqali o‘z-o‘zini tizimli va doimiy rivojlantirishga, raqamlashtirish muhitida mustaqil ishlashga, malaka oshirish mazmuni va kasbiy tajribani integratsiyalashga, moslanuvchanlik va motivatsiyaga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilganligiga oid takliflar “Kasbiy faoliyatda axborot texnologiyalari” (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2021-yil 9-fevraldagi 1-sonli bayoni) nomli o‘quv qo‘llanma (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligining 2022-yil 23-noyabrdagi 02-02/3-2748-son ma’lumotnomasi). Natijalar ta’lim sifatini oshirish va tarbiyachilarning axborot kompetentligini rivojlantirish imkonini bergan;
o‘quv jarayoni axborotlashtirilgan muhitda mustaqil ta’limga yo‘naltirilgan 24 soatga mo‘ljallangan malaka oshirish kurslari tashkil etish, o‘tkazish va baholash bo‘yicha obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tillari imkoniyatlaridan foydalanib, tinglovchilarning axborot-kommunikativlik kompetentldigini rivojlantirishga mo‘ljallangan metodik ta’minot va “Tarbiyachiakr.uz” platformasi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligining 2022-yil 23-noyabrdagi 02-02/3-2748-son ma’lumotnomasi) va amalda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining 14843-son mualliflik guvohnoma). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining axborot kompetentligini rivojlantirishga hamda malaka oshirish kurslari kurslar mazmuni va metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish