Davronova Go‘zal Mardanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarida hamkorlikda o‘qitish texnologiyalari vositasida ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1606.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Muhammad Quronov, pedagogika fanlari doktori, professor; Sohibov Akram Rustamovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarida hamkorlikda o‘qitish texnologiyalari vositasida ijodiy qobiliyatlarni shakllantirishning pedagogik imkoniyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak musiqa o‘qituvchisi ijodiy qobiliyatlari mazmuni badiiy-tanqidiy va badiiy-ijodiy faoliyatga xos mantiqiylik, kuzatish, qiyosiy taqqoslash hamda ijtimoiy voqyelikka shaxsiy munosabatlari uyg‘unligini refleksiv hamda tanqidiy tafakkur bilan integrativligini bevosita hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak musiqa o‘qituvchisining ijodiy qobiliyatini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari reproduktiv bosqichlarni taksonomik realizasiyalash orqali o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z-o‘zini baholashga motivli intilish jarayonlarini yuzaga keltiruvchi hamkorlikka asoslangan yondashuvlarni aniqlash asosida kengaytirilgan;
hamkorlikda o‘qitish texnologiyalari vositasida bo‘lajak o‘qituvchining professional va ijodiy qobiliyatini rivojlantirish modeli praksiologik, musiqiy hamda ijodiy ko‘nikmalar darajasini rivojlantirish dinamikasi orqali baholash mezonlarini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
ta’lim jarayonida hamkorlikda o‘qitish yondashuviga asoslangan vositalardan foydalanishning didaktik xususiyatlari, amalga oshirishning algoritmik bosqichlari, korrelyativ texnologiyalari kabi didaktik shart-sharoitlarini asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarni hamkorlikda o‘qitish texnologiyalari vositasida ijodiy qobiliyatini shakllantirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak musiqa o‘qituvchisi ijodiy qobiliyatlari mazmuni badiiy-tanqidiy va badiiy-ijodiy faoliyatga xos mantiqiylik, kuzatish, qiyosiy taqqoslash hamda ijtimoiy voqeylikka shaxsiy munosabatlari uyg‘unligini refleksiv hamda tanqidiy tafakkur bilan integrativligini bevosita hisobga olish asosida aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalardan 5111100 - musiqa ta’limi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Musiqa o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (Samarqand davlat universiteti kengashining 2021 yil 30 apreldagi 10-sonli qarori asosida berilgan 301-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarda ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish metodikasini qo‘llash samaradorligini oshirishga erishilgan;
bo‘lajak musiqa o‘qituvchisining ijodiy qobiliyatini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari reproduktiv bosqichlarni taksonomik realizasiyalash orqali o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z-o‘zini baholashga motivli intilish jarayonlarini yuzaga keltiruvchi hamkorlikka asoslangan yondashuvlarni aniqlash asosida kengaytirishga doir taklif va tavsiyalardan “Musiqa o‘qitish texnologiyalari va loyihalash” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Samarqand davlat universiteti kengashining 2019 yil 5 sentyabrdagi 1-sonli qarori asosida berilgan 69-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini hamkorlikda o‘qitish texnologiyalari vositasida ijodiy qobiliyatini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlarini muvofiqlashtirishni hal etish yo‘llari aniqlangan;
hamkorlikda o‘qitish texnologiyalari vositasida bo‘lajak o‘qituvchining professional va ijodiy qobiliyatini rivojlantirish modeli praksiologik, musiqiy hamda ijodiy ko‘nikmalar darajasini rivojlantirish dinamikasi orqali baholash mezonlarini aniqlash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar “Musiqa o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (Samarqand davlat universiteti kengashining 2021 yil 30 apreldagi 10-sonli qarori asosida berilgan 301-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarda ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish texnologiyalarini qo‘llash orqali ularda loyihalash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoni yaratilgan;
ta’lim jarayonida hamkorlikda o‘qitish yondashuviga asoslangan vositalardan foydalanishning didaktik xususiyatlari, amalga oshirishning algoritmik bosqichlari, korrelyativ texnologiyalari kabi didaktik shart-sharoitlarini aniqlash asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar “Musiqa o‘qitish texnologiyalari va loyihalash” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Samarqand davlat universiteti kengashining 2019 yil 5 sentyabrdagi 1-sonli qarori asosida berilgan 69-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada hamkorlikda o‘qitish texnologiyalari vositasida ijodiy qobiliyatni rivojlantirish darajasini baholash mezonlari bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining shaxsiy va kasbiy sifatlarini rivojlantirish integrasiyasini ta’minlashga sharoit yaratilgan.