Gulyamov Komiljon Maxmudovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak amaliy san’at o‘qituvchilarini tayyorlash tizimini takomillashtirish», 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Ped75.
Ilmiy rahbar: Djuraev Risbay Xaydarovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Bulatov Saidaxbor Sobitovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Ruziev Erkin Iskandarovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Qo‘ysinov Odil Almurotovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak amaliy san’at o‘qituvchilarini tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 bo‘lajak amaliy san’at o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik kompetentligi badiiy-estetik did va innovatsion ijodkorlikni rivojlantirishga qaratilgan pedagogik-ijodiy muhitni yaratish hamda didaktik maqsadlar mazmunini rivojlantiruvchi maqsadlarga sinxron moslashtirish asosida takomilshlashtirilgan; 
bo‘lajak o‘qituvchilarni amaliy san’at turlariga o‘rgatish jarayoni individual-psixologik xususiyatlar, kasbiy-pedagogik kompetentlikni rivojlantirish tizimining tuzilmaviy komponentlarini an’anaviy va noan’anaviy yondashuvlarning qiyosiy tahliliga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak amaliy san’at o‘qituvchilarini tayyorlash modeli pedagogik interpretatsiya, didaktik loyihalash hamda shaxsiy kompetensiyalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan rivojlantiruvchi mantiqiy mazmunga ega turkum mashqlarni kiritish asosida takomillashtirilgan; 
bo‘lajak amaliy san’at o‘qituvchilarini tayyorlash samaradorligi kasbiy-pedagogik kompetentlikni rivojlantirish mexanizmlarini ilmiy-nazariy, tashkiliy-metodik hamda kompetensiyaviy yondashuvning mezon va indikatorlariga mos axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan; 
bo‘lajak amaliy san’at o‘qituvchilari kasbiy-pedagogik kompetentligining rivojlanganlik darajalarini tashxislash didaktik komponentlar va ma’lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash va uzatish ko‘nikmalariga proektiv muvofiqlashtirishning produktivligini oshirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak amaliy san’at o‘qituvchilarini tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak amaliy san’at o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik kompetentligi badiiy-estetik did va innovatsion ijodkorlikni rivojlantirishga qaratilgan pedagogik-ijodiy muhitni yaratish hamda didaktik maqsadlar mazmunini rivojlantiruvchi maisadlarga sinxron moslashtirish asosida takomilshlashtirishga oid tavsiyalar O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadiiiot institutida bajarilgan PZ-2014-0910185149 raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 29 dekabrdagi 89-03-5595-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim mazmunini modernizatsiyalash imkoni kengaytirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni amaliy san’at turlariga o‘rgatish jarayoni individual-psixologik xususiyatlar, kasbiy-pedagogik kompetentlikni rivojlantirish tizimining tuzilmaviy komponentlarini an’anaviy va noan’anaviy yondashuvlarning qiyosiy tahliliga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida bajrilgan FZ-2016-0909111822 – “Darsliklar va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 29 dekabrdagi 89-03-5595-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak amaliy san’at o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirishga sharoit yaratilgan;
bo‘lajak amaliy san’at o‘qituvchilarini tayyorlash samaradorligi kasbiy-pedagogik kompetentlikni rivojlantirish mexanizmlarini ilmiy-nazariy, tashkiliy-metodik hamda kompetensiyaviy yondashuvning mezon va indikatorlariga mos axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan PZ-2014-0910185149 raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 29 dekabrdagi 89-03-5595-son ma’lumotnomasi). Axborot-metodik ta’minot bo‘lajak amaliy san’at o‘qituvchilarini mustaqil va kreativ faoliyatga yo‘naltirish, o‘z-o‘zini ijodiy takomillashtirishga xizmat qilgan; 
bo‘lajak amaliy san’at o‘qituvchilarining kreativ fikrlashi va kasbiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari hamda didaktik imkoniyatlarini aniqlash, an’anaviy va kompetensiyaviy yondashuvlarni qiyosiy tavsiflash asosida bo‘lajak amaliy san’at o‘qituvchilarining individual psixologik xususiyatlari hamda kasbiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirish tizimining tuzilmaviy komponentlarini auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan bajarilgan FZ-2016-0909111822 raqamli «Darsliklar va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda «ommaviy madaniyat»ga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari» mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 29 dekabrdagi 89-03-5595-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak amaliy san’at o‘qituvchilari kasbiy kompetentligi darajalarini oshirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish