To‘xtasinov Axmadjon Xasanjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Geologik-geofizik ma’lumotlar majmuasi asosida O‘zbekiston hududi er qobig‘ini turlarga ajratish», 04.00.06 - Geofizika. Foydali qazilmalarni qidirishning geofizik usullari (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/GM123.
Ilmiy rahbar: Atabaev Dilshot Xusainbaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Seysmologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.GM/FM.97.01.
Rasmiy opponentlar: Xamidov Lutfulla Abdullaevich, fizika-matematika fanlari doktori; Yuldashev G‘ofir Yuldashevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Geologiya va geofizika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: geologik-geofizik ma’lumotlar majmuasi asosida O‘zbekiston hududi er qobig‘ini turlarga ajratish hamda uglevodorod uyumlariga istiqbolli maydonlarni prognozlash va seymotektonik potensialini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston hududi bo‘yicha zamonaviy endogen rejimlarning platforma va orogen bosqichlarining tafrogen rejim bilan almashinish zonalari aniqlangan;
er qobig‘idagi neftgazdorlik va seysmiklikning zamonaviy endogen rejimlar tizimida tahlil qilish uslubiyati ishlab chiqilgan;
ilk bor zamonaviy endogen rejimlar va uglevodorod uyumlari to‘planishi bilan bog‘liqliklar asosida uglevodorod konlariga prognoz maydonlari aniqlangan;
zamonaviy endogen rejimlar va seysmiklik bilan bog‘liqliklar asosida O‘zbekiston hududi uchun maksimal magnituda bo‘yicha tabaqalashtirilgan extimoliy zilzila o‘choqlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston hududi er qobig‘ini zamonaviy endogen rejimlar va evolyusiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
geologik-geofizik ma’lumotlarni klaster tahlil qilish orqali tuzilgan O‘zbekiston hududining zamonaviy endogen rejimlar xaritasi “O‘zbekgeofizika” AJ amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2022 yil 7 oktyabrdagi 32-4763-son ma’lumotnomasi). Natijada, Respublika hududining uglevodorod potensialini baholashga hamda geofizik ishlarni loyihalashtirishga imkon bergan;
zamonaviy endogen rejimlar va uglevodorod konlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni tahlili hamda ayrim er qobig‘i turlarida uglevodorod potensiali yuqori hududlar xaritasi “O‘zbekgeofizika” AJ amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2022 yil 7 oktyabrdagi 32-4763-son ma’lumotnomasi). Natijada, geofizik qidiruv ishlarini loyihalashtirishga imkon bergan;
er qobig‘ini turlarga ajratilib tuzilgan uglevodorod konlari bo‘yicha prognoz xarita “O‘zbekgeofizika” AJ amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2022 yil 7 oktyabrdagi 32-4763-son ma’lumotnomasi). Natijada, geofizik qidiruv ishlarini loyihalashtirishga imkon bergan;
geologik-geofizik ma’lumotlarni klaster tahlil qilish usuli asosida O‘zbekiston hududi er qobig‘ida kechayotgan jarayonlarni baholash orqali tuzilgan zamonaviy endogen rejimlar va uning evolyusiyasini aks ettiruvchi xarita Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulotda vaziyatlar vazirligining 2022 yil 2 oktyabrdagi 4/4/35-2841-son ma’lumotnomasi). Natijada, Respublika hududining seysmotektonik potensialini baholashga, kuchli zilzilalar joyi va magnitudasini aniqlashga imkon bergan;
zamonaviy endogen rejimlar va seysmiklik o‘rtasidagi bog‘liqliklarni statistik tahlili asosida er qobig‘ining ayrim turlarida ajratilgan seysmotektonik potensiali yuqori hududlar xaritasi (Mmax=7.0-7.5) Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulotda vaziyatlar vazirligining 2022 yil 2 oktyabrdagi 4/4/35-2841-son ma’lumotnomasi). Natijada, Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi uchun kuchli zilzilalar sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan hududlarni ajratish imkonini bergan.
er qobig‘ining turlarga ajratishda er yoriqlari tektonikasi va seysmologik ma’lumotlar asosida Mmax bo‘yicha tabaqalashtirilgan ehtimoliy zilzila o‘choqlari xaritasi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulotda vaziyatlar vazirligining 2022 yil 2 oktyabrdagi 4/4/35-2841-son ma’lumotnomasi). Natijada, Respublikaning seysmik rejimini monitoring qilish, seysmik, geofizik va gidrogeoseysmologik kuzatish punktlari to‘rini optimallashtirishda seysmotektonik sharoitlarni hisobga olishga imkon bergan.