Nutfulloev G‘afur Subxonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Er osti kon lahimlarini o‘tishda portlatish ishlarini olib borishning samarali usullarini va texnologik parametrlarini ishlab chiqishning ilmiy-texnik asoslari», 04.00.10 – Geotexnologiya (ochiq, er osti va qurilish), 04.00.17 ‒ Konchilikda fizik jarayonlar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/T498.
Ilmiy maslahatchilar: Umarov Farxodbek Yarkulovich, texnika fanlari doktori, professor; Nasirov O‘tkir Fatidinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali huzuridagi DSc.22/30.12.2019.T.98.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Atrushkevich Viktor Arkad`evich, texnika fanlari doktori, professor; Vinnikov Vladimir Aleksandrovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Alikulov Shuxrat Sharopovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: er osti kon lahimlarini o‘tishda, portlash energiyasidan to‘liq foydalanish, shpurlardan foydalanish koeffisientini oshirish va lahim konturida BPI ni olib borish tartibidan ratsional foydalanish yo‘li orqali portlatish texnologiyalarining samardorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
er osti kon lahimlarini o‘tishda konturli zaryadlash parametrlari tadqiq qilingan va natijada usulning samaradorligi, konturli shpurlar orasidagi masofani to‘g‘ri tanlashga, konturli shpurlar orasidagi masofaning konturoldi shpurlar qatorigacha bo‘lgan eng qisqa qarshilik chizig‘iga (EQQCh) nisbati va zaryad hajmining uni o‘z ichiga olgan shpur hajmiga nisbatiga bog‘liqlik aniqlangan;
er osti kon lahimlarini o‘tishda, PM ning brizantligi va ish bajarish qobiliyatining konturli portlatish samaradorligiga, konturli shpurlar orasidagi masofaning konturli portlatish samaradorligiga, yaqinlashish koeffisienti qiymatini konturli portlatishga, zaryad konstruksiyasini, konturli shpurlar qiyalik burchaklarining konturli portlatish samaradorligiga va strukturaviy-geologik sharoitlarning konturli portlatish parametrlariga ta’sirini aniqlashga imkon beruvchi konturli portlatish parametrlarini aniqlash uchun eksperimental ishlarni o‘tkazish metodikasi ishlab chiqilgan;
ikkita zona – buzilmagan siljitilgan shpurlararo butunlik selik va mayda dispers holatida maydalangan tog‘ jinslari zonalaridan iborat bo‘lgan, qo‘shimcha qisqa shpurli zaryadni portlatish bilan «samarali zaboyka»ni shakllantirish jarayoni qonuniyatlari aniqlangan;
PM zaryadi kumulyativ ta’sirining gidrodinamik nazariyasini o‘rganish asosida, oqim uzunligiga, uning va tog‘ jinslarining zichligi, shuningdek, tog‘ jinsi va materialning nisbiy siqilishiga bog‘liq holda tog‘ jinslari massivini qulatish chuqurligi aniqlangan;
PM shpurli zaryadining yangi konstruksiyasini ishlab chiqish imkonini beruvchi, kumulyativ effektga ega bo‘lgan PM zaryadi ta’sirini raqamli modellashtirish amalga oshirildi, kumulyativ zaryadning potensial imkoniyatlari aniqlandi va kumulyativ zaryadni ishlashining fizik xususiyatlari aniqlangan;
konturli portlatish texnologiyasidan foydalanilganda portlatish ishlarining massivga ta’sir etish zonasi qiymati qisqarishi va turli qirqim yuzasiga ega bo‘lgan lahimlarda konturli portlatish texnologiyasidan foydalanish iqtisodiy jihatdan muvofiqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Murakkab kon-texnik sharoitlarda er osti kon lahimlarini o‘tishning portlatish texnologiyasini ilmiy asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
turli zichlikdagi tog‘ jinslarini kumulyativ samaraga ega bo‘lgan tarqoqlashgan va qisqartirilgan skvajina zaryadlari bilan qulatish usuliga Rossiya Federatsiyasi Intellektual mulk federal xizmatidan ixtiroga patent olingan (№2594236, 2016 y). Natijada, ma’lum darajadagi maydalash va turli zichlikdagi tog‘ jinslarini tayyorlash sifatiga ega bo‘lish hamda ularni maydalash xarajatini kamaytirish imkonini bergan;
qo‘shimcha qisqa shpurli zaryadlarni portlatish bilan hosil qilingan «samarali zaboyka» «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning Kovuldi shaxtasida amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2022 yil 14 oktyabrdagi 01-02-5-ChX-22-10-0073-son ma’lumotnomasi). Natijada, shpurlarni o‘tish samardorligini oshirish imkonini bergan;
er osti kon ishlarida kumulyativ zaryadga ega bo‘lgan shpurli zaryadlar bilan tog‘ jinsi massivini portlatib qulatish usuli «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning Kovuldi shaxtasida amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2022 yil 14 oktyabrdagi 01-02-5-ChX-22-10-0073-son ma’lumotnomasi). Natijada, portlash energiyasidan to‘liq foydalanish hisobiga shpurlarning burg‘ilash setkasi va ShFKni oshirish, PMning solishtirma sarfini kamaytirish hamda er osti kon lahimlarini o‘tishda BPI xarajatlarini 20% ga kamaytirish imkonini bergan;
er osti kon lahimlarini o‘tishda konturli zaryadlash parametrlari «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ Kovuldi shaxtasida amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2022 yil 14 oktyabrdagi 01-02-5-ChX-22-10-0073-son ma’lumotnomasi). Natijada, konturli shpurlar orasidagi optimal masofa, zaryadlash koeffisienti, yaqinlashish koeffisienti va konturli zaryadlarda elektrodetonatorlarning sekinlashish vaqtini aniqlash imkonini bergan.