Raximov G‘anisher Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nordon gazlar bilan to‘yingan absorbentlarni regeneratsiya qilish jarayonida qo‘llaniladigan issiqliq almashinish qurilmasini  takomillashtirish», 02.00.08 - Neft` va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3423.
Ilmiy rahbar: Xurmamatov Abdugaffor Mirzabdullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Abduvaxob, texnika fanlari doktori, professor; Ziyadullaev Odiljon Egamberdievich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “O`ZLITINEFTGAZ” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy gazni tozalashda nordon gaz bilan to‘yingan absorbentni regeneratsiya qilish jarayonida qo‘llaniladigan qobiq quvurli issiqlik almashinish qurilmasini xomashyoni ichki quvurlarga taqsimlanish darajasini oshirishga orqari takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dietanolamin xomashyosini qizdirish uchun takomillashtirilgan konstruksiyali issiqlik almashinish qurilmasi ishlab chiqilgan hamda maqbul (optimal) rejim-konstruktiv ko‘rsatgichlari (oqim tezligi – 0,17 m/s, Re – 5146,issiqlik berish koeffisienti 1 – 3167 Vt/(m2K), issiqlik uzatish koeffisienti K – 376Vt/(m2K); qurilmaning gidravlik qarshiligi R – 8941 kPa) hisoblab topilgan;
issiqlik almashinish qurilmasining taqsimlash kamerasida xomashyo bilan ta’minlanish darajasi qo‘shimcha tarzda 7,4 % ga ortishi hamda quvurlar uzunligi bo‘yicha haroratning 23,5 dan 39 oS gacha ko‘tarilishi isbotlangan; 
markazdan qochma kuch ta’sirida issiqlik tashuvchidan quvur tashqi devoriga berilayotgan issiqlik berish koeffisientining ortishi hamda quvur devoridan qizdirilayotgan suyuqlikka uzatilayotgan  issiqlik  berish koeffisienti ham ortishi (α2= 321 Vt/(m2.K)) isbotlangan;
issiqlik almashinish qurilmasi taqsimlash kamerasida oqimni aylanma harakatini ta’minlash natijasida issiqlik berish koeffisientini 1,05 marotabaga, issiqlik uzatish koeffisienti 1,2 marotabaga, uzatilayotgan issiqlik miqdori esa 1,21 marotabagacha hamda issiqlik va elektr energiyasiga qilinayotgan sarf - harajatlarni  12 % ga kamayishi asoslangan; 
tabiiy gazni tozalashda nordon gazlar bilan to‘yingan absorbentlarni regeneratsiya qilish jarayonida qo‘llaniladigan issiqliq almashinish qurilmasini taqsimlash kamerasi qismidagi oqim harakatiga markazdan qochma kuch ta’sir ettirish natijasida xomashyoni quvurlarga taqsimlanish darajasini oshirish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gazlarni nordon komponentlardan tozalash texnologiyasida to‘yingan absorbentni regeneratsiyalashda qo‘llanilayotgan qobiq quvurli issiqlik almashinish qurilmasida oqim harakatini markazdan qochma kuch ta’sirida yo‘naltirish orqali takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
gazlarni nordon komponentlardan tozalashda to‘yingan absorbentni regeneratsiyalash qobiq quvurli issiqlik almashinish qurilmasini, markazdan qochma harakatni hosil qiluvchi qo‘zg‘almas konstruksiya o‘rnatish orqali takomillashtirilgan texnologiyasi «Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi»ning “2022-2025-yillardagi amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi» 2022 yil 4 martdagi F06/EM-807-son ma’lumotnomasi). Natijada, issiqlik almashinish qurilmaning taqsimlash kamerasida oqim harakatini aylanma tarzda amalga oshirish orqali ichki quvurlarida dietanolamin oqimining bir hil taqsimlash imkonini beradi;
gazlarni nordon komponentlardan tozalashda to‘yingan absorbentni regeneratsiyalash qobiq quvurli qurilmasi quvurlardagi issiqlik almashinish jarayonini jadallashtirish orqali takomillashtirilgan texnologiyasi «Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi»ning “2022-2025-yillardagi amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi» 2022 yil 4 martdagi F06/EM-807-son ma’lumotnomasi). Natijada, oqim harakatining turbulent rejimi ta’minlanib, quvur yuzalari bilan oqim ta’sirini oshirish, issiqlik va elektr energiyasiga sarflanayotgan sarf-harajatlarni kamaytirish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish