Mirzaqulov G‘ulomqodir Raxmatulloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ishlatilgan transport shinalaridan muqobil yoqilg‘i olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 –Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi, 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T1914.
Ilmiy rahbarlar: Yusupov Farxod Maxkamovich, texnika fanlari doktori, professor; Xamdamova Shoxida Sherzodovna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Farg‘ona politexnika instituti, Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika instituti huzuridagi DSc.03/30.04.2021.T.106.04 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Eshmetov Izzat Do‘simbatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Axmadaliev Maxamadjon Axmadalievich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhadislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ishlatilgan transport shinalarini noorganik faol moddalar bilan modifikatsiya qilib aktivlangan katalizator yordamida termokatalitik qayta ishlash orqali muqobil yoqilg‘i olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor AKMS (CoO – 4 %, MoO3– 12 %, SiO2 – 9 %, P2O5 –1,6-1,8 %, Fe2O3 – 0,008 %, Na2O – 0,05 %, Al2O3 – 73,07-73,27%) katalizatori faol noorganik moddalar bilan modifikatsiya qilingan va ushbu katalizator ishtirokida, ishlatilgan transport shinalarni termokatalitik qayta ishlash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
neft mahsulotlarini qayta ishlashda qo‘llaniladigan noorganik moddalardan iborat AKM (CoO – 4%, MoO3– 12%, Fe2O3 – 0,008%, Na2O – 0,05%, Al2O3 – 83,87 %) katalizatorini modifikatsiya qilish orqali, katalizatorning turg‘unligi, faolligini oshirish isbotlangan;
ishlatilgan avtoshinalarni termal qayta ishlashdan ko‘ra, termokatalitik qayta ishlash iqtisodiy, ekologik va texnologik jihatdan afzal ekanligi isbotlangan;
katalizator ishtrokida olingan yoqilg‘i sifati va miqdori jihatdan yaxshilanganligi, neft mahsulotlariga xos bo‘lgan muqobil yoqilg‘i ekanligi o‘tkazilgan tahlillar natijalarida isbotlangan;
noorganik katalizatorlarni qo‘llash natijasida yoqilg‘ining chiqish unumini 29,5 dan 42,5 % gacha oshishiga va tarkibidagi S ni chiqishini 1,83 % dan 0,051% gacha kamayishi isbotlangan;
noorganik faol birikmalar bilan boyitib modifikatsiya qilingan AKMS katalizatorlarni qo‘llash orqali yoqilg‘ining sifatini yaxshilovchi moddalarning chiqish ko‘rsatkichi ko‘payishiga erishilgan, hususan, to‘yingan uglevodorodlar 14,7 % dan 23,7 % gacha, izo-Alkanlar 2,5 % dan 5,7 % gacha, monotsiklik uglevodorodlar 29,5 dan 45,28 % gacha ortishi isbotlangan;
noorganik faol moddalardan iborat katalizator qo‘llanganda, suyuq yoqilg‘ining sifatiga salbiy ta’sir etuvchi birikmalar bisiklik aromatik uglevodorodlar 7,2 % dan 6,1 % gacha, polisiklik aromatik uglevodorodlar 1,23 % dan 0,69 % gacha kamayganligi aniqlangan;
ishlatilgan transport shinalarni qayta ishlab muqobil yoqilg‘i olish texnologiyasi va texnologik parametlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ishlatilgan transport shinalaridan muqobil yoqilg‘i olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotning olingan ilmiy natijalari asosida:
neftni qayta ishlashda qo‘llaniladigan AKM katalizatorini modifikatsiyalab yoqilg‘i chiqishini oshirish va uni gidrotozalash jarayonida qo‘llash texnologiyasi “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJning “2024-2026 yillarda amaliyotga joriy etiladigan istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan (“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJning 2022-yil 6 dekabrdagi 08-512-son ma’lumotnomasi). Natijada, modifikatsiyalangan katalizatorni qo‘llash orqali yoqilg‘i tarkibidagi zararli birikmalarni kamayishiga erishish imkonini beradi;
modifikatsiyalangan katalizator asosida yoqilg‘ini tozalash, xossalarini yaxshilash usuli “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJning “2024-2026 yillarda amaliyotga joriy etiladigan istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan (“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJning 2022-yil 6 dekabrdagi 08-512-son ma’lumotnomasi). Natijada, norganik katalizatorlarni qo‘llash orqali yoqilg‘ining chiqishini 29,5 % dan 42,5 % gacha, ya’ni 13 % oshishiga erishish imkonin beradi.