Tillabekov Bekzod Alisher o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida yangi turdagi mikroelementli fosforli o‘g‘itlarning g‘o‘za hosildorligiga ta’siri”, 06.01.04 – «Agrokimyo» (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Qx503.
Ilmiy rahbar: Niyazaliev Begali Irsalievich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01.
Rasmiy opponentlar: Sanaqulov Akmal Lapasovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Karimbnerdieva Amina Azimovna, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy xom ashyodan tayyorlangan tarkibida mis va molibden mikroelementlari bo‘lgan yangi turdagi superfosfat o‘g‘itini sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida qo‘llash muddatlariga bog‘liq holda tuproqning agrokimyoviy xossalariga hamda g‘o‘za hosildorligiga va tola sifatiga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
eskidan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida g‘o‘zada azot (200 kg/ga) va kaliy (100 kg/ga) o‘g‘itlar fonida mahalliy xom ashyodan tayyorlangan yangi turdagi mikroelementli superfosfat o‘g‘itini (140 kg/ga) maqbul qo‘llash (kuzgi shudgorda va shonalashda, kuzgi shudgorda va gullashda) muddatlari aniqlangan;
mahalliy xom ashyodan tayyorlangan yangi turdagi (Cu va Mo) mikroelementli superfosfat o‘g‘itini azot va kaliy fonida tuproqning agrokimyoviy xossalarini (NO3, P2O5, K2O va Cu, Mo) o‘zgarishiga maqbul ta’siri isbotlangan;
g‘o‘za tomonidan NPK, Cu va Mo elementlarini maqbul o‘zlashtirilishi, 1 tonna hosil uchun sarflashi, to‘plashi va fosforni foydalanish koeffisienti 4 yilda o‘rtacha 5,0 foizga ortganligi asoslangan;
mikroelementli superfosfat o‘g‘itini g‘o‘zani o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi va tolaning sifat ko‘rsatkichlariga (tola chiqimi 37,2%, uzunligi 30,9 mm, 1000 dona chigit vazni 119,8 g) ijobiy ta’sir qilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy xom ashyodan tayyorlangan yangi turdagi mikroelementli superfosfat o‘g‘itini sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida g‘o‘zada qo‘llashning maqbul muddatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Mahalliy fosforitlardan tayyorlangan mikroelementli (Cu, Mo) superfosfat o‘g‘itini g‘o‘zada qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar» Qishloq xo‘jaligi vazirligining Toshkent viloyati Piskent tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limiga amaliyotda foydalanish uchun topshirilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 6 oktyabrdagi № 02/025-4052-son ma’lumotnomasi). Natijada, tumandagi paxtachilikka ixtisoslashgan klaster va fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
eskidan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida parvarishlanadigan g‘o‘zadan yuqori hosil olishda yangi turdagi tarkibida mis va molibden mikroelementlari bo‘lgan superfosfat o‘g‘iti maqbul muddatlarda (N- 200, K2O-100 kg/ga fonida P2O5-100 kg/ga kuzgi shudgorda va 40 kg/ga g‘o‘zani shonalash davrida) qo‘llash agrotexnologiyalari Toshkent viloyati Piskent tumanidagi «Haydarov Muzaffar» fermer xo‘jaligida 33 gektar, «Ulug‘bek Piskent Agro» fermer xo‘jaligida 42 gektar, «Avazova Muxabbat» fermer xo‘jaligida 43 gektar xamda Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti tajriba uchastkasida 1 gektar, jami 119 gektar maydonlarda amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 6 oktyabrdagi №02/025-4052-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuproqning agrokimyoviy xossalari (NO3, P2O5, K2O, Cu va Mo) yaxshilangan, fosforni foydalanish koeffisienti superfosfatga nisbatan o‘rtacha 5,0 foizga ortgan, g‘o‘zani o‘sib, rivojlanishi uchun maqbul oziqlanish sharoiti yaratilgan va gektaridan 3-4 sentner qo‘shimcha paxta hosili olingan.