Davronova Feruza Raxmonovnaning  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida ayollar siyosiy faolligini oshirish mexanizmlari», 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ss238.
Ilmiy rahbar: Alimardonov To‘lqin Turdievich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/29.04.2022.Ss.27.02.
Rasmiy opponentlar: Xuseynova Abira Amonovna, falsafa fanlari doktori, professor; Omonov Baxtiyor Axtamovich, siyosiy fanlar doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichida ayollar siyosiy faolligini oshirishga xizmat qiladigan davlat boshqaruvidagi mavjud institutsionallashuv mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
siyosiy faollik va liderlikning, xotin-qizlar siyosiy ijtimoiylashuviga ko‘ra, jamiyat va davlat hayotini demokratlashtirish, modernizatsiya va isloh qilishda motivatsion, konstruktiv va integrativ indikator ekanligi davlat boshqaruvidagi institutsionallashuv jarayonlari misolida isbotlangan;
gender tengligi va inklyuziv siyosat natijasida ayollar siyosiy faolligi asosiy shakllarining (NNTlar faoliyatida; bevosita siyosiy qarorlar qabul qilishda; elektoral faolligi) mamlakatda xotin-qizlarga oid gender strategiyasi va milliy dasturni amalga oshirish hamda siyosiy jarayonlardagi to‘laqonli ishtirokini ta’minlashda sinergetik omil sifatida ta’sir etishi dinamik hamda statistik ko‘rsatkichlar orqali dalillangan;
ayollar siyosiy faolligini ta’minlashda zamonaviy tahdidlar, gender stereotiplari va xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik va kamsitish holatlarini bartaraf etishga qaratilgan «Sharqona gender tenglik» konsepsiyasini yaratish zarurati isbotlangan;
O‘zbekistonda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, gender demokratiyasi va madaniyatini shakllantirish bo‘yicha xalqaro tajribaga asoslangan milliy kontekstdagi islohotlarni bosqichma-bosqich ta’lim tizimining quyi bo‘g‘inlaridan boshlab, tajriba-sinov asosida joriy etishda funksional, tizimli va intellektual kross-platforma dasturlarini yaratish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Taraqqiyotning yangi bosqichida ayollar siyosiy faolligini oshirishga xizmat qiladigan mexanizmlar borasida ishlab chiqilgan amaliy taklif va tadqiqot natijalari asosida:
siyosiy faollik va liderlikning, xotin-qizlar siyosiy ijtimoiylashuviga ko‘ra, jamiyat va davlat hayotini demokratlashtirish, modernizatsiya va isloh qilishda motivatsion, konstruktiv va integrativ indikator ekanligi davlat boshqaruvidagi institutsionallashuv jarayonlari bilan bog‘liqligiga oid, shu bilan birga, O‘zbekistonda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, gender demokratiyasi va madaniyatini shakllantirish bo‘yicha xalqaro tajribaga asoslangan milliy kontekstdagi islohotlarni bosqichma-bosqich ta’lim tizimining quyi bo‘g‘inlaridan boshlab tajriba-sinov asosida joriy etishda funksional, tizimli va intellektual kross-platforma dasturlarini yaratish bilan bog‘liq xulosalardan Tadbirkorlik va ishbilarmonlik harakati – O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi tomonidan foydalanilgan (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengash ijroiya qo‘mitasining 2021 yil 15 noyabrdagi 01-27/884-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi «Ayollarning siyosiy faolligi, jamiyatdagi o‘rni va mavqeini oshirish» bo‘limining 2021 yil II yarim yillik ish rejasining III bandi ya’ni  ayollarning siyosiy faolligi, jamiyatdagi o‘rni va mavqeini oshirishga oid maqsad va vazifalarini shakllantirishga xizmat qilgan;
gender tengligi va inklyuziv siyosat natijasida ayollar siyosiy faolligi asosiy shakllarining (NNTlar faoliyatida; bevosita siyosiy qarorlar qabul qilishda; elektoral faolligi) mamlakatda xotin-qizlarga oid gender strategiyasi va milliy dasturni amalga oshirish hamda siyosiy jarayonlardagi to‘laqonli ishtirokini ta’minlashda sinergetik omil sifatida ta’sir etishi bilan bog‘liq xulosalardan O‘zbekiston xotin-qizlar «Olima» uyushmasi  faoliyati va ish rejalarida belgilangan vazifalarni amalga oshirilishida foydalanilgan (O‘zbekiston xotin-qizlar «Olima» uyushmasining 2022 yil 16 noyabrdagi 1-A-350-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif va tavsiyalar uyushmaning ilmiy ishlanmalarini boyitishga xizmat qilgan;
ayollar siyosiy faolligini ta’minlashda zamonaviy tahdid, gender stereotiplari va xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik va kamsitish holatlarini bartaraf etishga qaratilgan «Sharqona gender tenglik» konsepsiyasini yaratish bilan bog‘liq xulosalar, ularni joriy etish zarurligiga doir taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatida qo‘llanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 7 yanvardagi № 02/22/14-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy-amaliy takliflar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021-2022 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tatbiq etilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish