Saidov Sanjar Shavkatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish asosida Markaziy Osiyoda integratsiya jarayonlarini kuchaytirishning siyosiy mexanizmlari», 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Ss53.
Ilmiy maslahatchi: Jo‘raev Narzulla Qosimovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/29.04.2022.Ss.27.02.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Qodir Asadovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Muminov Alisher Gaffarovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Karimov Farxod Erkinovich, siyosiy fanlar doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Markaziy Osiyo mintaqasida integratsiya jarayonlarining siyosiy mezonlarini fuqarolik jamiyati va demokratik qadriyatlar mushtarakligi orqali ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fuqarolik jamiyati g‘oyasining milliy darajadan global tizimga transformatsiyasi davlatlararo siyosiy muloqot va mintaqaviy integratsiyani kuchaytirish, hamkorlikka to‘siq bo‘luvchi turli byurokratik omillarni bartaraf etish, jamoatchilik fikrining plyuralizatsiyasi va hokimiyat legitimligini oshiruvchi ijtimoiy mexanizm sifatida xizmat qilishi isbotlangan;
Markaziy Osiyoda yuzaga kelayotgan geosiyosiy ixtiloflar va noan’anaviy tahdidlar (axborot xurujlari, ekologik va pandemik holatlar)ni bartaraf etishda tarixiy-madaniy hamda diniy-mental xususiyatlarning mushtarakligini belgilovchi “sivilizatsion birlik” (“Civilization Unity”) tamoyiliga asoslangan zamonaviy motivatsion loyihalarni tatbiq etish zarurati aniqlangan;
Markaziy Osiyo mamlakatlarida davlat hokimiyatining jamiyatda siyosiy faollikni muvofiqlashtiruvchi paternalistik xarakteridan inson kapitalining taraqqiyotiga asoslangan («inson-jamiyat-davlat» platformasidagi) islohotlarning umummilliy xarakter kasb etib borishi ijtimoiy adolat, ijtimoiy tenglik va ijtimoiy ishonch kabi elementlarni qamrab olgan «ijtimoiy davlat» fenomenining shakllanishida muhim indikator bo‘lib xizmat qilishi asoslangan;
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlat rahbarlari «Maslahat uchrashuvi»ni tuzish kabi siyosiy tashabbusi mamlakatning mintaqada integratsion loyihalar generatori va «mas’uliyatli yetakchilik» maqomini mustahkamlovchi omil sifatida xizmat qilishi isbotlangan;
O‘zbekistonning mintaqada siyosiy barqarorlik, iqtisodiy taraqqiyot, xavfsizlikni ta’minlash borasidagi «bir-birini to‘ldiruvchi nuqtalarni topish» tamoyiliga strategik yondashuvi o‘ziga xos preventiv, tashabbuskor va hamkorlar uchun ochiqlik kabi xususiyatlarni qamrab olgan «Markaziy Osiyo ruhi» fenomenining shakllanishiga xizmat qilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish asosida Markaziy Osiyoda integratsiya jarayonlarini kuchaytirishning siyosiy mexanizmlari borasida ishlab chiqilgan amaliy taklif va tadqiqot natijalari asosida:
fuqarolik jamiyati g‘oyasining milliy darajadan global tizimga transformatsiyasi davlatlararo siyosiy muloqot va mintaqaviy integratsiyani kuchaytirish, hamkorlikka to‘siq bo‘luvchi turli byurokratik omillarni bartaraf etish, jamoatchilik fikrining plyuralizatsiyasi va hokimiyat legitimligini oshiruvchi ijtimoiy mexanizm sifatida xizmat qilishi bilan bog‘liq xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bajarilgan PZ-20170928710 raqamli «Harakatlar strategiyasini bajarish davrida mamlakatimizda ma’naviy xavfsizlikni ta’minlash masalalari» mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2022 yil 22 fevraldagi 02/01-03/5-47-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot ishi natijalari «Ijtimoiy kapital – fuqarolik jamiyatining muhim mezoni», «Harakatlar strategiyasida jamoatchilik nazorati: nazariya va amaliyot» nomli o‘quv qo‘llanmalarni yaratishda xizmat qilgan;
Markaziy Osiyoda yuzaga kelayotgan geosiyosiy ixtiloflar va noan’anaviy tahdidlar (axborot xurujlari, ekologik va pandemik holatlar)ni bartaraf etishda tarixiy-madaniy hamda diniy-mental xususiyatlarning mushtarakligini belgilovchi “sivilizatsion birlik” (“Civilization Unity”) tamoyiliga asoslangan zamonaviy motivatsion loyihalarni tatbiq etish bilan bog‘liq xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tomonidan foydalanilgan (Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2022 yil 7 martdagi 14-07-341-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya materiallari Qo‘mitaning 2022 yilga mo‘ljallangan ish rejasidagi Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan do‘stlik aloqalarini kuchaytirishga qaratilgan «yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqishda ilmiy-nazariy manba bo‘lib xizmat qilgan;
Markaziy Osiyo mamlakatlarida davlat hokimiyatining jamiyatda siyosiy faollikni muvofiqlashtiruvchi paternalistik xarakteridan inson kapitalining taraqqiyotiga asoslangan («inson-jamiyat-davlat» platformasidagi) islohotlarning umummilliy xarakter kasb etib borishi ijtimoiy adolat, ijtimoiy tenglik va ijtimoiy ishonch kabi elementlarni qamrab olgan «ijtimoiy davlat» fenomenining shakllanishida muhim indikator bo‘lib xizmat qilishi bilan bog‘liq xulosalar bakalavriat barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun mo‘ljallangan hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 maydagi 285-sonli buyrug‘i asosida nashr etilgan «Fuqarolik jamiyati» o‘quv qo‘llanmasi yozilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2022 yil 22 fevraldagi 02/01-03/5-48-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari mazkur o‘quv qo‘llanmaning «Mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni» (I bob 1.1§), «O‘zbekistonda kuchli fuqarolik jamiyati shakllanishining asosiy mezonlari» (II bob 2.2§) kabi bob va fasllarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlat rahbarlari «Maslahat uchrashuvi»ni tuzish kabi siyosiy tashabbusi mamlakatning mintaqada integratsion loyihalar generatori va «mas’uliyatli yetakchilik» maqomini mustahkamlovchi omil sifatida xizmat qilishi bilan bog‘liq xulosalari «Yuksalish» umummilliy harakati tomonidan foydalanilgan («Yuksalish» umummilliy harakatining 2022 yil 24 avgustdagi 931/22-sonli ma’lumotnomasi). Dissertatsiya materiallari «Markaziy Osiyoda tolerantlik va tinchlikni ta’minlash maqsadlarida transchegaraviy va sektorlararo muloqot» loyihasini ishlab chiqishda ilmiy manba bo‘lib xizmat qilgan;
O‘zbekistonning mintaqada siyosiy barqarorlik, iqtisodiy taraqqiyot, xavfsizlikni ta’minlash borasidagi «bir-birini to‘ldiruvchi nuqtalarni topish» tamoyiliga strategik yondashuvi o‘ziga xos preventiv, tashabbuskor va hamkorlar uchun ochiqlik kabi xususiyatlarni qamrab olgan «Markaziy Osiyo ruhi» fenomenining shakllanishiga xizmat qilishi borasidagi xulosalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022 yil 25 fevraldagi 05/1-02-45-sonli ma’lumotnomasi). Dissertatsiya materiallari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan «Markaziy Osiyo mamlakatlari parlamentlararo do‘stlik guruhi konsepsiyasi» loyihasini ishlab chiqishda ilmiy manba bo‘lib xizmat qilgan.