G‘afforova Mavlyuda Qurbonboevnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi

himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotida xotin-qizlar mavqei», 22.00.02-Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi ixtisosligi (sotsiologiya fanlari bo‘yicha).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Sots5.

Ilmiy rahbar: Xolbekov Abdug‘ani Jumanazarovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor. Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.F.01.05 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.

Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Qalandar Xodjaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, akademik; Abduazimov Oqil Utkurovich, sotsiologiya fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot:Samarqand davlat universiteti

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy mavqeini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ayollar ijtimoiy mavqei sotsial mobillik, differensiatsiya, segregatsiya, stereotip, stigma kabi xususiyatlari sotsial masofa nuqtai nazaridan ilmiy asoslangan;

xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy mavqeini oshirishda determinatsiyalovchi ob’ektiv va idensifikatsiyalovchi sub’ektiv omillar aniqlangan;

ayollarning ijtimoiy-siyosiy mavqeini oshiruvchi «jamoatchilik tomonidan e’tirof etilish» va «yaqin qarindosh urug‘chilik munosabatlari» qadriyatlari asosida M.Rokichning «Shaxs qadriyatlarini o‘rganish» metodikasi modifikatsiyalangan;

xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy mavqeini va ularning ijtimoiy faolligini o‘rganishga oid konkret sotsiologik tadqiqot dasturi ishlab chiqilgan.  

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy mavqeini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«sotsial mobillik», «differensiatsiya», «segregatsiya», «maqom», «mavqe», «rol`», «stereotip», «stigma» kabi tushunchalar mazmuniga sotsial masofa nuqtai nazaridan tasnif xususidagi tavsiyalardan Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining  «O‘zbekiston xotin-qizlarini ijtimoiy himoyalash va mehnat faoliyatini qo‘llab-quvvatlashni takomillashtirish, rahbarlik va tadbirkorlik faoliyatini yuksaltirish, fuqarolik jamiyati qurilishida ayollarning roli va o‘rni» mavzusidagi kompleks sotsiologik tadqiqot savolnomasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining 2017 yil 6 oktyabrdagi 1/252-son ma’lumotnomasi). Natijada xotin-qizlarni ijtimoiy himoyalash va mehnat faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, rahbarlik va tadbirkorlik faoliyatini yuksaltirish, fuqarolik jamiyati qurilishida ayollarning roli, o‘rni va ijtimoiy faolligini oshirishda jamoatchilik fikrini o‘rganish imkoni yaratilgan;

xotin-qizlarning jamiyat ijtimoiy tuzilmasidagi an’anaviy maqomi hamda ularning jamiyatdagi sotsial masofa va ijtimoiy to‘siqlarni engish omillari, ayollarning ijtimoiy harakatchanlik xususiyatlari va o‘zaro farqlanish omillari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida F1-067+F1-089 raqamli “Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirishning nazariy-metodologik masalalari” fundamental loyihada (2012–2016) foydalanilgan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2017 yil 10 martdagi FTK-0313/268-son ma’lumotnomasi). Mazkur loyihani bajarish natijasida oilaviy qadriyatlar ustuvorligini ta’minlash, oilaviy biznes, tadbirkorlik, kasanachilikni rivojlantirishda xotin-qizlarning o‘rni va rolini yanada kuchaytirishga qaratilgan samarali yondashuvlar ishlab chiqilgan;

davlat hokimiyati va boshqaruvi sohasidagi islohotlarning yangi sifat bosqichiga ko‘tarilishida xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy mavqeini yanada oshirish omillarining mental va etnomadaniy xususiyatlari “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi sotsiologik tadqiqot savolnomasini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazining 2017 yil 27 sentyabrdagi 01-16/323-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotida xotin-qizlar mavqei eksperimental o‘rganilib, sotsiologiya fanida nazariy, amaliy va metodologik ahamiyatga ega bo‘lgan so‘rovnomaning modifikatsiyalashtirilgan shakli ishlab chiqilishi, sotsiologik so‘rovlar ijtimoiy-siyosiy mohiyatining boyishiga, ob’ektivligi va haqqoniyligini ta’minlashga xizmat qilgan;

tadqiqot xulosalaridan A.Zamonov va A.Mirkomilovlar tomonidan chop etilgan “O‘zbekistonning eng yangi tarixi: 100 savolga 100 javob” qo‘llanmasi yaratilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 22 fevraldagi 43-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur xulosalar ushbu kitobda keltirilgan sotsiologik so‘rovlarning ijtimoiy-siyosiy mohiyatini boyitish, ob’ektivligi va haqqoniyligini ta’minlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish