Panjiev Ulug‘bek Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sanoat oqava suvlarini tozalash uchun chiqindilardan ionitlar olish», 11.00.05–Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/K47.
Ilmiy rahbar: Muxamedgaliev Baxtiyor Abduqodirovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Mutalov Shuxrat Ahmadjonovich, kimyo fanlari doktori, dotsent; Eshmetov Izzat Do‘simbatovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gossipol smolasi va gidroliz sanoati ikkilamchi mahsuloti furfurol asosida polikondensatsion turdagi qo‘llanishi qulay, arzon, termo-kimyoviy barqaror, mexanik mustahkam ionalmashuvchi polimerlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor gossipol smolasi asosida sintez qilingan ionitning qimmatbaho va tarqoq er elementlar ionlariga nisbatan yuqori selektivlikka ega ekanligi aniqlangan;
polimerni hosil bo‘lish reaksiyasini reaksiya harorati, katalizator, boshlang‘ich manomerlar konsentratsiyasiga bog‘liqligi aniqlangan;
sintez qilingan ionitlarning juda yuqori bakteresid va dezinfeksiyalovchi xususiyatga ega ekanligi isbotlangan;
sintez qilingan ionitlarning sul`fat tiklovchi bakteriyalarni ingibirlash xossasiga ega ekanligi va bu bilan metallarning biokorroziyasini oldini olish mumkinligi aniqlangan;
gossipol smolasi va furfurol asosida olingan polimerlarni fosforillash yo‘li bilan polifunksional fosforli nordon kationit olishning prinsipial imkoniyatlari aniqlanib, bu bilan fosforli ionit va ionalmashuvchi materiallarni ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilgan;
sintez qilingan ionitlarni olishning va amaliyotda qo‘llashning optimal sharoitlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy xomashyolar asosida oqova suvlarni tozalash va tarkibidagi qimmatbaho metall ionlarini ajratib olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
gossipol smolasi asosida oqava suv tarkibidan qimmatbaho metall ionlarini samarali ajratib oluvchi ionit olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan ixtiroga patent olingan (№IAP 05414). Natijada oqava suvni tozalash jarayonining samaradorligi 96%gacha oshirish va mahsulotning tannarxi 1,5–2 barobar arzonlashtirish imkonini bergan;
sanoat oqava suvlarini tozalash va zararsizlantiruvchi tarkib olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan ixtiroga patent olingan (№IAP 05474). Natijada olingan ionitni ko‘pgina xavfli va kasallik chiqaruvchi Salmonella, Choleracus, Vibroparaaemolyticus i Staphilococcus kabi bakteriyalarni 98%gacha yo‘q qilishi, iqtisodiy samaradorlik 2,5–3 barobarga ko‘tarish imkonini bergan;
sintez qilingan ionitlar «Sho‘rtanneftegaz» MChJda sanoat oqava suvlarini yumshatish va rangli metallarni ajratib olish jarayonida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muxofaza qilish davlat qo‘mitasining 2017 yil 5 dekabrdagi 02-03/2-6697-son ma’lumotnomasi). Oqava suv tarkibidagi Cu+2 kationini 89,5%, Ni+2 kationini 64%, Co+2 kationini 74,6% kamaytirish imkonini bergan.