Berdimurodov Elyor Tuxlievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kukurbit[n]urillar va tioglikol`urillarning po‘lat korroziyasini ingibirlash mexanizmlarini fizik-kimyoviy tadqiq qilish», 02.00.04–Fizik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/K76.
Ilmiy rahbar: Xoliqov Abduvali Jonizoqovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Sidiqov Abdujalol Sidikovich, kimyo fanlari doktori, professor; Guro Vitaliy Pavlovich, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kukurbit[n]urillar va tioglikol`urillarning kuchli kislotali, ishqoriy va neytral muhitlarda po‘lat korroziyasini ingibirlash xossalarini va mexanizmini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingibitorlar korrozion muhitga kiritilganda metall yuzasida temir ioni bilan kompleks hosil qilishi va adsorbsiyalanishi, buning natijasida entropiyaning qiymati kamayib ketishi aniqlangan;
ilk bor metall yuzasida ingibitorning suv molekulalari bilan kvazi almashinish jarayoni sodir bo‘lishi va ingibitor muhitning dielektrik konstantasini kamaytirishi aniqlangan;
metall yuzasida ingibitor hosil qilgan yupqa qatlamining mustahkamligi oshishi natijasida muhitning zaryad transfer qarshiligi qiymati va Naykvist yarim aylanasi ko‘lami ortishi isbotlangan;
ilk bor ingibitor bilan temir ionining mustahkam kompleksi H+ ioni uchun erkin joylar hosil qilmasligi va kuchli kislotali va ishqoriy muhitlarda erimasligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kukurbit[n]urillar va tioglikol`urillarning po‘lat korroziyasini ingibirlash mexanizmlarini fizik-kimyoviy tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sintez qilingan kukurbit[n]urillar «Muborakneftgaz» MChJ da kuchli kislotali va ishqoriy muhitlarda po‘lat 3 va N80 materiallarini korroziyadan himoyalash uchun qo‘llanilgan («Muborakneftgaz» MChJning 2017 yil 25 dekabrdagi 1137/T-son ma’lumotnomasi). Natijada po‘lat materiallarni korroziyasini 96,53% gacha kamaytirilish imkonini bergan;
tioglikol`urillar asosida olingan antikorrozion ingibitorlar «Muborakneftgaz» MChJda neytral muhitlarda suv aylanma tizimlarida po‘lat 3 va N80 materiallari korroziyasini kamaytirish uchun qo‘llanilgan («Muborakneftgaz» MChJning 2017 yil 25 dekabrdagi 1137/T-son ma’lumotnomasi). Natijada metallarni korroziyasini 98,45%gacha kamaytirish imkonini bergan;
sintez qilingan yangi turdagi ingibitorlarning fizik-kimyoviy tadqiqotlarining natijalaridan A-12-46 raqamli «Polielektrolitlarning korroziyaga bardosh samaradorligini oshirish va ularni qo‘llash» mavzusidagi loyihada ingibirlash mexanizmini fizik-kimyoviy tadqiq qilish va elektrokimyoviy xususiyatlarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 23 fevraldagi 89-03-846-son ma’lumotnomasi). Natijada metallarni korroziyadan samarali himoyalaydigan birikmalarning yangi sinfiga kiruvchi ingibitorlarni yaratish va turli muhitlarda suvda eruvchan birikmalarning ingibirlash mexanizmlariga ta’sirini aniqlash imkoniyatini bergan.