Xolmurodova Dilafruz Quvatovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyo va ishlab chiqarish chiqindilari asosida kompozision yog‘och-plastik plitali materiallarning samarali tarkibini ishlab chiqish», 02.00.07–Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi, 02.00.05–Sellyuloza va sellyuloza-qog‘oz ishlab chiqarish kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T297.

Ilmiy rahbar: Asqarov Qudrat Asqarovich, kimyo fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.27.06.2017.K/T.03.01.

Rasmiy opponentlar: Yusupbekov Axmadjon Xakimovich, kimyo fanlari doktori, professor; Primqulov Maxmud Temurovich, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: «Sovplastital» MChJ.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyo va ishlab chiqarish chiqindilari asosida kompozision yog‘och-plastik plitali materiallarning samarali tarkibini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

qurilish, mashinasozlik va mebel` sanoatida ishlatiladigan import o‘rnini bosuvchi kompozision yog‘och-plastik plita materiallarni olishda polimer bog‘lovchilardan va to‘ldiruvchi sifatida paxta g‘o‘zapoyasidan foydalanish mumkinligi isbotlangan;

g‘o‘zapoyadan olingan yog‘och to‘ldiruvchining tuzilishi, turi va fraksion tarkibining miqdori va polimer bog‘lovchining kompozision massasi bir xil tarkibli bo‘lmagan kompozision yog‘och-plastik plita materiallarning  asosiy  fizik-mexanik  xossalariga  ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan;

g‘o‘zapoyaning maydalangan massasini pnevmoelakdan o‘tkazish imkoniyati borligi va shu asosida ko‘p qavatli, tarkibida tolali zarrachalar bo‘lgan kompozision yog‘och plastik materiallar olinib, pnevmatik agregatlarining to‘planib va tiqilib qolishiga yo‘l qo‘ymaydigan to‘ldiruvchi zarrachalarining optimal o‘lchamlari aniqlangan;

g‘o‘zapoyadan yog‘och to‘ldiruvchi olish texnologiyasi va uning asosida kompozision yog‘och plastik materiallar hamda ashyolar olishning asosi hisoblangan maydalangan massaga bo‘lgan talablar ishlab chiqilgan;

ishlab chiqarilgan kompozision yog‘och plastik materiallarni fizik-mexanik xossalarini bevosita yog‘ochdan olinadigan yog‘och-qirindi plitalarga nisbatan afzalligi  aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Go‘zapoyadan olingan to‘ldiruvchilardan  foydalanib kompozision yog‘och-plastik plitalar ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Yog‘och-qipiqli plitalar tashkilot standarti»ga «O‘zqurilishmateriallari» AJ bilan o‘rnatilgan tartibda kelishilgan (13.03.2018 y.) holda o‘zgartirishlar kiritilgan (Ts 21393771-01:2014). Natijada g‘o‘zapoyadan yog‘och-plastik plita ishlab chiqarish uchun  qo‘shimcha manba sifatida ishlatish imkonini bergan;

yaratilgan yog‘och-plastik plitaning optimal tarkibi ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarish bazasi «PROSPER ALL» MChJda joriy qilingan («O‘zqurilishmateriallari» AJning  2018 yil 7 martdagi TM-01/03-716-son ma’lumotnomasi). Natijada yog‘och-plastik plitalarni qurilishda ishlatish imkonini bergan;

kompozision yog‘och-plastik plitalar «AZIMUT-MIG» MChJ qurilish tashkilotida  foydalanilgan («O‘zqurilishmateriallari» AJning 2018 yil 7 martdagi TM-01/03-716-son ma’lumotnomasi). Natijada yog‘ochni 2-3 baravarga tejash imkoniyati  yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish