Egamberdiyev Bexzod Baxtiyarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertasiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Tezyurar poyezd harakati fazoviy masalasining aerodinamik model va hisoblash algoritmlari asosida qarshiligini tadqiq qilish», 05.01.07 – Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (texnika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2641.
Ilmiy rahbar: Ravshanov Normaxmad, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.13/30.12.2021.T.142.01.
Rasmiy opponentlar: Xo‘jayev Ismatullo Kushayevich, texnika fanlari doktori, professor; Muhamediyeva Dildora Kabilovna, texnika fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: «MMFI» milliy tadqiqot yadro universiteti» federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi havo oqimi bilan tezyurar poyezdini oqib o‘tish va uning harakati ostida zarrachalarning ko‘chish prosessini hisoblash jarayonlarining matematik modellarini, hisoblash algoritmlarini va dasturiy ta’minotlarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
potensial havo oqimi orqali tezlik maydonlari, normal va urinma kuchlanishlar, bo‘ylama va ko‘ndalang aerodinamik kuchlarni aniqlash hisobiga ellipsoid atrofidagi oqim jarayonining matematik modeli takomillashtirilgan;
havoning pastki yopishqoq qatlamidagi tezlik profillarini hisoblash va urinma kuchlanish qiymatini aniqlash asosida bir tekislik bo‘ylab va ikki tekislik orasidagi ikki qatlamli havo oqimining matematik modellari takomillashtirilgan;
tezyurar poyezdining uch ortogonal kesimlarini hisobga olgan holda atrofidagi havo oqimlarining ikki o‘lchovli matematik modellari hamda havo bosimi va tezlik profillarini hisoblash algoritmlari ishlab chiqilgan; 
zarrachalarning shakli, og‘irligi va zichligini hisobga olgan holda tezyurar poyezd harakati natijasida zarrachalarning yer ustki qatlamidan ko‘chish jarayoning matematik modellari hamda kritik ko‘chish tezligi va ularning saltasiya vaqtidagi trayektoriyalarini hisoblash algoritmlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Tezyurar poyezdlarning aerodinamikasini o‘rganish natijalari asosida:
bir va ikki tekisliklar harakatidan iborat bo‘lgan holatlarni o‘rganish doirasida aniqlangan yopishqoq havoning pastki qatlamidagi tezliklar profili va qattiq sirtlarga urinma kuchlanish qiymati, hamda tezyurar poyezdning uchta tekislikdagi aniqlangan qarshilik kuchlari va uchta ortogonal kesimdagi havoning profil tezliklari bo‘yicha olingan matematik modellar, hisoblash algoritmlar va dasturiy ta’minot «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatiga joriy qilingan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2022 yil 17 avgustdaga №01/2856-22-son ma’lumotnomasi). Natijada tezyurar poyezdlarning butun yo‘nalishi bo‘ylab poyezd harakati va atrof muhitning xavfsizligi ta’minlashga xizmat qilgan;
tezyurar poyezd harakati natijasida yer yuzasidagi qattiq zarrachalarining ko‘chishining matematik modellari va zarrachalarning ko‘chish kritik tezligi, hamda ular harakatlarining qonuniyatlarini hisoblash algoritmlari «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatiga joriy qilingan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2022 yil 17 avgustdaga №01/2856-22-son ma’lumotnomasi). Natijada tezyurar poyezdi harakati paytida yer usti zarralarining deflyasiyasi minimallashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish