Kurbaniyazov Anvar Saparbayevichning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Nodir-yer element atomlarining ionlanish potensiali va elektron bog‘lanishlarining nisbiy mustahkamligiga s-elektronlarning ta’sirini tadqiq qilish», 01.04.05 - Optika (fizika-matematika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/FM805
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Eshkabilov Napas Beknazarovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.FM.02.04
Rasmiy opponentlar: Davletov Ikrom Yusubovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Murodov Gulom, fizika-matematika fanlari nomzodi, dosent.
Yetakchi tashkilot nomi: Qarshi davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nodir-yer elementlarning ridberg va avtoionizasiya spektrlarini muntazam ravishda o‘rganish, ular asosida barcha lantanoidlarning ionlanish potensiallarining aniq qiymatlarini topish va atomlarning ionlanish potensiali va yo‘qolgan elektronlar soni o‘rtasidagi munosabatni o‘rnatishdan iborat. Ko‘p bosqichli lazerli fotoionizasiya jarayonida elektronlar, shuningdek, bir necha kichik maksimumlar tuzilishi (pichkovaya) va silliq, assimetrik avtoionizasiya lantanoid rezonanslarining hosil bo‘lish mexanizmlarini o‘rganish. Bundan tashqari, nodir-yer elementlari, xususan, lantanoidlarning turli elektron konfigurasiyasining nisbiy mustahkamligi bilan bog‘liq ba’zi masalalarni tushuntirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
birinchi marta nodir-yer elementlarining ionlanish potensiallarining (Ei) yangi va aniqroq qiymatlari topildi va ularning atom raqami (Z) va yo‘qolgan s-elektronlar soni (N) ga bog‘liqligi aniqlangan;
ikkala bog‘liqlik ham ikkita to‘g‘ri chiziqdan iborat ekanligi aniqlandi: Z va N ning kichik qiymatlarida Ei ning bog‘liqlikligi Z va N ning katta qiymatlardagi bog‘liqlikdan keskin farq qiladi. Bu hodisa atomning elektron qobiqlarini to‘ldirish tartibi bilan izohlangan;
nodir-yer elementlarining avtoionizasiya holatlarining spektrlari ikki guruhdan iborat ekanligi aniqlandi; spektrlarning birinchi guruhi bir necha kichik maksimumlar tuzilishga (pichkovaya) yega hamda kichik energiya qiymatlariga mos keladi va uyg‘onganlik holatidagi atomlarning ionlanishi bilan bog‘liq. Spektrlarning ikkinchi guruhi gaussimon shaklga yaqin silliq ko‘rinishga ega bo‘ladi ammo assimetrik, atomlarning asosiy holatdan ionlanishiga bog‘liq bo‘lgan ma’lum bir maksimal energiyaga ega bo‘lgan intensiv spektrlardan iborat ekanligi tasdiqlangan;
4f - elektronlar 5d, 5s va 5p-elektronlarga qaraganda kuchliroq bog‘langanligi aniqlandi. Etarlicha katta yadro zaryadi uchun orbital kvant sonidan qat’iy nazar, kvant soni past bo‘lgan 4f-elektronlar yuqori kvant soniga ega bo‘lgan elektronlarga qaraganda ancha kuchli bog‘langanligi aniqlangan
lantanoidlar qatorida joylashgan elementlar 4f-elektronlarining yadro bilan mustahkam bog‘lanish kuchiga ega yekanligi ko‘rsatilgan. Ammo lantanoidlar guruhining (Gd) o‘rtasida joylashgan elementlarining konfigurasiyasida 5d-elektronlarning paydo bo‘lishi yadro bilan 4f-elektron bog‘lanishni zaiflashtiradi va ionlanish potensiali (Ei) qiymatining yo‘qolgan s-elektronlar soniga (N) bog‘liqligining o‘zgarishiga sabab bo‘lishi ko‘rsatilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Nodir-yer element atomlarining ionlanish potensiali va elektron bog‘lanishlarining nisbiy mustahkamligiga s-elektronlarning ta’sirini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar quyidagi fan va ishlab chiqarish tarmoqlarida joriy yetildi:
dissertasiya doirasida olingan natijalar F2-15 fundamental loyihasi - "Og‘ir elementlar (PT, Au, Hg, Tl, Pb) atomlarining chegara atrofidagi lazer-ionlash spektroskopiyasi"ning ilmiy-texnik muammolarini hal qilish uchun ishlatilgan.
yo‘qolgan s-elektronlarning nodir-yer atomlarining ionlanish potensialiga ta’sirini o‘rganish natijalari Navoiy kon-metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyatining ("NKMK" AJ) markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida (ma’lumotnoma ("NKMK" AJ №24.01-01-11/2016 14.10.2022 y.) mahsulot tarkibidagi nodir-yer elementlarini analitik nazorati jarayonida kon-metallurgiya sanoatida qo‘llanilgan;
olingan natijalardan Toshkent davlat transport universitetida lazer spektroskopiyasi bo‘yicha ilmiy va laboratoriya ishlarini bajarishda foydalanilgan (Ma’lumotnoma №-Ve62558216ot 25.10.2022-y.):