Ashurov Abdullo Fayzulloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sovershenstvovanie organizatsionno-texnicheskix mexaniz-mov ispol`zovanie priusadebnix zemel` (na materialax Surxandar`inskoy oblasti)» 06.01.10 – “Er tuzish, kadastr va er monitoringi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T2989
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Chertoviskiy Aleksandr Stepanovich, iqtisod fanlari doktori, professor. Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi DSc. 03/30.12.2019. T.10.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qurvontoev Raxmontoy, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor.
Musaev Ilxom Maqsudovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universi-teti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tomorqa erlaridan foydalanishning tashkiliy – texnik asoslari mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tomorqa er uchastkalari hududida qurilgan bir qavatli turar joy binosini loyihalar ishlab chiqilgan holda ikki qavatli binoga almashtirish tavsiya etilgan;
tomorqa erlarini tashkil etish elementlarini oqilona joylashtirish va er solig‘ini hisoblash maqsadida tomorqa erlarining sifatini aniqlash bo‘yicha uslubiy yondashuv ishlab chiqilgan;
kuzgi qishki ekinni ommaviy joriy etish bo‘yicha (sovuq havoda) texnik himoya vositalarini ishlab chiqish bo‘yicha tavsiya va takliflar berilgan;
tomorqa er uchastkalarida tomchilatib sug‘orish uskunalarini joylashtirish va sug‘orish tizimini texnik va texnologik tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surxondaryo viloyatining tomorqa er uchastkalaridan foydalanishning tashkiliy – texnik mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan nati-jalar asosida:
tomorqa xo‘jaliklarida erdan foydalanish va qishloq xo‘jalik mahsulot-larini etishtirishning hozirgi kundagi holati va rivojlanish tendesiyalari taxlil qilingan;
tomorqa xo‘jaliklaridagi erdan foydalanishning nazariy asoslari, mazmuni o‘rganilgan, mavjud er va suv resurslari tamoyillari ishlab chiqil-gan;
tomorqa xo‘jaliklarida erdan foydalanish imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha texnik loyiha ishlab chiqilib, bir qavatli imoratlar o‘rnida ikki qavatli keng shinam yashash uyi va xo‘jalik imoratlari qurish orqali, qurilish-lar ostidagi er maydonini kamaytirish, ekin maydonini kengaytirish taklif-lari ishlab chiqilgan;
tamorqa ermaydonlaridagi tuproq sifatini aniqlash bo‘yicha yangi uslubiy yondashuv ishlab chiqilgan;
suv resurslari samarali va tejamkorlik asosida sug‘orish usullarini injenerlik va texnik taqqoslash orqali tomorqa er uchastkalarida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini qullash taklifi ishlab chiqilgan va joriy etilgan;
Surxondaryo viloyati xududidagi tomorqa erlarida uch maratoba hosil olish imkoniyatlari mavjudligi asoslab berilgan va joriy etish bo‘yicha taklif ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 13 yanvar-dagi 02/022-3 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, taklif etilayotgan ilmiy natijalarni joriy etish hisobiga Surxondaryo viloyatida iqtisodiy samara-dorlikning salmog‘i 2,0 milliard sumni tashkil etilish mumkinligi hisoblab chiqilgan;
tomorqa er uchastkalarida eng maqbul er turlarini joylashtirish taklifi Surxondaryo viloyatining ko‘plab xo‘jaliklarida, xususan Sherabod tumanidagi N.Murodov nomli massiv, Denov tumanidagi Sh.Qobilov, Sh.Xudoynazarov nomli massivlarida, Sarosiyo tumanidagi Dashnobod massivi, Uzun tumani-dagi Bobomurod Omonov, “Guliston” nomli massivlari xududidagi tamorqa er uchastkalarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 13 yanvardagi 02/022-3 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ekin ekiladigan erlarni 23% gacha kengaytirish hamda tomorqa er uchastkasi egasi oilasiga 2,2 m2 gacha qulay yashash sharoitlari yaratish imkoniga erishilgan.
Surxondaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi ekinlarining uchinchi (kuzgi –qishgi) ekinlari ekishni ommaviy joriy etish maqsadida sovuq havoda ekin-larni vaqtincha texnik himoya vositalarini yaratish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 13 yanvardagi 02/022-3 sonli ma’lumotnomasi) natijada bir qavatli turar-joy va xo‘jalik imoratlarining ikki qavatli variantlarni qurishda ishlab chiqarishning umumiy qiymati va ularning samaradorligi hisoblanib 0,15 gektar tomorqa er maydonidan mah-sulot tannarxi nisbatan yiliga 11,784 million so‘mni tashkil etib aholini qo‘shimcha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta`minlash va daromadi yaxshilangan.
Tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish taklifi ishlab chiqil-gan va bugungi kunda Surxondaryo viloyati Sherabod tumanidagi tomorqa er uchastkalarida ekin er maydonlarini sug‘orishda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligidan 2022 yil 13 yanvardagi 02/022-3-son ma`lumotnoma), natijada tomorqa er uchastkalaridan foydalanishda suv resurslarini tejashga erishilgan.