Mamatkulov Zohid Jonqobilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Geoinnovatsion texnologiyalar asosida qishloq xo‘jaligi ekinlarini maqbul joylashtirish uslubini takomillashtirish (Surxondaryo viloyati misolida)”, 11.00.07–“Geoinformatika” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2022.4.PhD/T226 
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: 
texnika fanlari doktori, professor Safarov Eshqobil Yuldashevich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi bir martalik Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Avezbaev Sa’dulla Avezbaevich, texnika fanlari doktori (DSc), dotsent Shokirov Shuhrat Sobirovich.
Yetakchi tashkilot - Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi geoaxborot tizimi va masofadan zondlash materiallari asosida qishloq xo‘jaligi ekinlarini tizimli joylashtirishni takomillashtirish va uni avtomatlashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
masofadan zondlash materiallari asosida ekin er maydonlarining kontur chegaralarini dasturiy ta’minotda aniqlash usuli takomillashtirilgan;
davriy masofadan zondlash ma’lumotlari asosida eCognition Developer dasturiy ta’minotining algoritm qoidalari asosida ekin turlari aniqlangan va geoma’lumotlar bazasi ishlab chiqilgan;
agroekologik va ijtimoiy omillarning geofazoviy tahlili asosida ekinlarni maqbul joylashtirish mexanizmi takomillashtirilgan;
zamonaviy dasturlash platformalari (HTML, Java Script, Leaftel, Laravel, CSS) asosida ekinlarni avtomatlashgan usulda maqbul joylashtiruvchi “Smart Crop” ochiq veb-xizmat tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Surxondaryo viloyatining geoinnovatsion texnologiyalar asosida qishloq xo‘jaligi ekinlarini maqbul joylashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
davriy masofadan zondlash ma’lumotlari asosida ekin er maydonlarining kontur chegaralari va ekin turlarini eCognition Developer dasturiy ta’minotining algoritm qoidalarini inobatga olgan holda aniqlash hamda ArcGIS Pro dasturiy ta’minotida ularning geoma’lumotlar bazasini shakllantirish usullari Surxondaryo viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi hamda Jarqo‘rg‘on tumani bo‘limida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 06 oktyabrdagi 05/32-04/7221-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalari bo‘yicha ilmiy ishlanmalar konturlar qaydnomasini yangilab borish va ekin erlarini masofadan tezkor tahlili qilish imkonini bergan;
agroekologik va ijtimoiy omillarning geofazoviy tahlili asosida ekinlarni maqbul joylashtirish mexanizmi va zamonaviy veb dasturlash platformalari (HTML, Java Script, Leaflet, CSS) asosida ekinlarni avtomatlashgan usulda maqbul joylashtiruvchi “Smart Crop” ochiq veb-xizmat tizimi “O‘zdaverloyiha” davlat-ilmiy loyihalash instituti va uning “Survilerloyiha” bo‘linmasida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 06 oktyabrdagi 05/32-04/7221-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar qishloq xo‘jaligi ekinlarini maqbul joylashtirish bo‘yicha tezkor tahliliy ma’lumotlar olishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish