Yunusov Begench Mavlanberdievichning
falsafa doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida E’LON

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Aholi punkti erlari hisobi uslubini geoaxborot texnologiyalari asosida takomillashtirish (Jizzax viloyati misolida), 06.01.10 – “Er tuzish, kadastr va er monitoringi”  (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2022.4.PhD/T197
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: 
iqtisod fanlari doktori, professor Altiev Abdurashid Sultanovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy Kengash,
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Safarov Eshqobil Yuldashevich, texnika fanlari doktori, professor Suyunov Abdusoli Samatovich.
Yetakchi tashkilot - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aholi punkti erlari hisobining uslubini zamonaviy texnologiyalar asosida takomillashtirish va geoma’lumotlar bazasining aniqlik tahlilini qilishni avtomatlashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
aholi punkti erlari hisobining uslubi uchuvchisiz uchish apparatlari ma’lumotlari asosida masshtab aniqligini inobatga olgan holda takomillashtirilgan;
aholi punkti erlaridan foydalanuvchilarning er maydonlarini tahlil qilish uslubi ArcGIS dasturiy ta’minoti asosida takomillashtirilgan;
aholi punkti hududida manzillar reestrini raqamlashtirish uslubi geoaxborot texnologiyalari asosida takomillashtirilgan;
aholi punkti erlari hisobini geoaxborot texnologiyalari asosida tashkil qilish uslubi ishlab chiqilgan va modullashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aholi punkti erlari hisobi uslubini geoaxborot texnologiyalari asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalari asosida:
aholi punkti erlari hisobining uslubi uchuvchisiz uchish apparatlari ma’lumotlari asosida masshtab aniqligini inobatga olgan holda takomillashtirish usluli O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi kadastr agentligi tizimida joriy qilindi (Kadastr agentligining 2022 yil 30 maydagi 05-04-489-son ma’lumotnomasi). Natijada, davlat er kadastri bo‘yicha ma’lumotlarning tizimli yuritilishida asosiy taklif bo‘lib yuqori samaradorlikka erishishga xizmat qilgan;
aholi punkti erlaridan foydalanuvchilarning er maydonlarini tahlil qilish uslubi O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi kadastr agentligi tizimida joriy qilindi (Kadastr agentligining 2022 yil 30 maydagi 05-04-489-son ma’lumotnomasi). Natijada, aniqlik darajasi yuqori er hisobini yuritish, geoma’lumotlarni transformatsiya qilish va aholi punkti erlaridan foydalanuvchilar ma’lumotlarining aniqlik darajasini tezkor taxlil qilishda ArcGIS dasturi ta’minotlaridan foydalanish imkoni yaratilgan;
ArcGIS dasturi asosida aholi punktlari manzillar reestrini shakllantirishning raqamlashgan usuli O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi kadastr agentligi tizimida joriy qilindi (Kadastr agentligining 2022 yil 30 maydagi 05-04-489-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholi punkti erlarida manzillar reestrining bazasi yaratilish va ularning hisobini   olishda geoaxborot texnologiyalaridan foydalanish imkoni yaratilgan;
aholi punkti erlari hisobini geoaxborot tizimi asosida tashkil qilish uslubi O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi kadastr agentligi tizimida joriy qilindi (Kadastr agentligining 2022 yil 30 maydagi 05-04-489-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholi punkti erlarini samarali boshqarish hamda ularning hisobini yuritish imkonini beradigan geoaxborot texnologiyalaridan foydalanish imkoni yaratilgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish