Xaitov Bafo Usmonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Muhandislik masalalari uchun er rel`efini geometrik modellashtirishning nazariy asoslarini takomillashtirish, 05.01.01 – Muhandislik geometriyasi va kompyuter grafikasi. Audio va videotexnologiyalari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/T151.
Ilmiy maslahatchi: Djumanov Jamoljon Xudayqulovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya institutida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Muhammad
al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01:
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, dotsent, Anarova Shaxzoda Amanbaevna; texnika fanlari doktori, dotsent Nuraliev Faxriddin Murodillaevich; fizika-matematika fanlari doktori, professor Zaitov Odil Ataxanovich.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy er rel`efini muhandislik masalalari uchun tayyorlashda hududni dastlabki ma’lumotlari asosida geometrik raqamli modelini ishlab chiqish, geoaxborot ma’lumotlarini qayta ishlash algoritmlari va samarali loyihalash texnologiyalarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘g‘ri burchakli to‘r ma’lumotlari asosida hudud yuzasini kompleks geometrik tahlil qiluvchi rel`efni raqamli modeli yaratilgan;
geoaxborot tizimlarida to‘g‘ri burchakli to‘r ma’lumotlarini yassi egri chiziqning o‘rtacha qiyaligi va rel`ef tekisligini aniqlashning grafoanalitik usullari ishlab chiqilgan;
to‘g‘ri burchakli to‘r ma’lumotlarini rel`ef sirtining kvartallar negizida va butun hudud bo‘ylab murakkablik koeffisienti aniqlangan hamda qiymatlarini kartogramma ko‘rinishida tasvirlash algoritmlari ishlab chiqilgan;
to‘g‘ri burchakli to‘r ma’lumotlari asosida rel`ef sirtini kvartallar bo‘yicha va butun hudud bo‘ylab o‘rtacha qiyalik tavsiflari aniqlangan hamda qiymatlarini kartogramma, qiyalik vektorlari ko‘rinishida tasvirlash algoritmlari yaratilgan;
tuproq ishlari muvozanatini hisobga olib, gorizontal va qiya tekislik asosida vertikal loyihalash texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Muhandislik masalalari uchun er rel`efini geometrik modellashtirishning nazariy ishlanmalari, takomillashtirilgan loyihalash texnologiyalari va algoritmlari – «Geoanalizator 1.0» amaliy dasturiy majmuini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
to‘g‘ri burchakli to‘r ma’lumotlari asosida hudud yuzasini kompleks geometrik tahlil qiluvchi rel`efni raqamli modeli, yassi egri chiziqning o‘rtacha qiyaligi va rel`ef tekisligini aniqlashning grafoanalitik usullari Buxoro viloyat fermerlar, dehqon xo‘jaliklari va tomarqa er egalari Kengashi tarkibidagi Shofirkon, G‘ijduvon, Jondor tumanlaridagi fermer xo‘jaliklari dalalarida joriy qilingan (O‘zbekiston fermerlar, dehqon xo‘jaliklari tomarqa er egalari kengashining 2021 yil 17 sentyabrdagi
№ 01/03-2438-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, iqtisodiy samaradorlik
72 gektar ekin maydonida 9 090 000 so‘mni tashkil etgan va 20-22% vaqt unimdorligiga, 5-7% loyihalash ishlari xarajatlari samaradorligiga erishilgan;
rel`ef sirtini murakkablik koeffisientlari, o‘rtacha qiyaliklarini aniqlash va qiymatlarni kartogramma, qiyalik vektorlari ko‘rinishida vizuallashtirish algoritmlari Buxoro viloyati avtomobil yo‘llari bosh hududiy boshqarmasining loyiha-tadqiqot jarayonlariga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi qoshidagi avtomobil` yo‘llari Qo‘mitasining 2021 yil 9 sentyabrdagi № 03-3537-sonli ma’lumotnomasi). Natijada iqtisodiy samaradorlik 900 000 000 so‘m bo‘lib, muhandislik-loyihalash ishlari uchun ketadigan vaqtning 10-12% qisqarishiga, 1,8-2% xarajatlar iqtisod qilinishiga erishildi.
tuproq ishlari muvozanatini hisobga olib, gorizontal va qiya tekislik asosida vertikal loyihalashning takomillashtirilgan texnologiyasi, to‘g‘ri burchakli to‘r ma’lumotlari asosida yassi egri chiziqning o‘rtacha qiyaligi va rel`ef tekisligini grafoanalitik aniqlash texnologiyasi, «Geoanalizator 1.0» amaliy dasturiy vositasi texnika oliy o‘quv yurtlarida «Muhandislik va kompyuter grafikasi» darsligi sifatida ta’lim jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zR Oliy va o‘rta maxsus vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi o‘quv adabiyotining nashr etish guvoxnomasi № 302-1161). Natijada ko‘p echimli loyihalarda mukammal variantni tanlash bo‘yicha qaror qabul qilishning tartib-tamoyillari va ilmiy asoslanishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish