Boqiev Abdujolol Abdulxamitovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Meva-sabzavotchilikda muqobil energiya ta’minotini asoslash, 05.05.07 – Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar ixtisosligi (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/T444
Ilmiy maslahatchi: Abduraxmon Radjabov, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.10.01
Rasmiy opponentlar: Keshuov Seytkazi Asilseitovich, t.f.d., Qozog‘iston milliy Akademiyasi akademigi; Muzaffarov Shavkat Mansurovich, texnika fanlari doktori, professor; Toirov Olimjon Zuvurovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: An’anaviy energiya tizimlaridan olisda joylashgan meva-sabzavot xo‘jaliklarining elektr energiya iste’moli hajmlarii va rejimlari bilan muqobil energiya resurslar asosidagi mobil energiya ta’minotning oqilona usullarini tadqiq qilishdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
meva-sabzavotchilikning mobil energiya ta’minotda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini oqilona birlashtirish metodologiyasi ishlab chiqilgan;
meva-sabzavotchilikni mobil energiya ta’minotida iste’moli ko‘rsatkichlarini quyosh va shamol energiya manbalarining xududiy xususiyatlari asosida shakllantirilgan;
meva-sabzavotchilik xo‘jaliklarining qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosidagi mobil energiya ta’minoti tizimini baholash ko‘rsatkichlari va usullari ishlab chiqilgan;
quyosh va shamol energiya resurslaridan birgalikda foydalanish paytida quyosh va shamol mobil energetik qurilmalarini ishlatish shartlarini aniqlangan va “quyosh-shamol” mobil elektr stansiyasini fizik modelini ishlab chiqilgan;
dala eksperimentlari natijalari asosida “quyosh-shamol” mobil elektr stansiyasining energetik parametrlarini optimizatsiyalash modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Meva-sabzavotchilikda muqobil energiya ta’minotini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
“Quyosh-shamol” mobil elektr stansiyasiga dastlabki talablar va uning konstruksiyasini loyihalash uchun texnik topshiriq ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 21 yanvardagi 02/023-10-son ma’lumotnomasi). Natijada “quyosh-shamol” mobil elektr stansiyasining konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan.
“Quyosh-shamol” mobil elektr stansiyasining tajriba nusxasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 21 yanvardagi 02/023-10-son ma’lumotnomasi). Natijada fermer xo‘jaliklari bo‘yicha qo‘shimcha energiya ishlab chiqarish xamda olis xududlardagi erlardan qo‘shimcha foydalanish xisobiga yiliga 54,6 mln. so‘m qo‘shimcha daromad olish imkoni yaratilgan.