Asanov El`dar Enverovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘rta Osiyo turkiy-runik bitiklarining tili”,  10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil1407.
Ilmiy rahbar: Rahmonov Nasimxon Asqarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.91.02.
Rasmiy opponentlar: Fazliddin Sharipov, filologiya fanlari doktori, dotsent; Qurbonniyozov Gulmirza, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘rta Osiyo hududidan topilgan qadimgi turk-run bitiklarini tilshunoslik nuqtai nazaridan tadqiq etish orqali ularning turkiy tillar tarixi va rivojlanishida tutgan o‘rnini ochib berishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘rta Osiyo turk-run bitiklarining geografik, madaniy va siyosiy omillarga asoslangan yangicha tasnifi ishlab chiqilib, bitiklar kelib chiqish hududi va madaniy xususiyatlariga ko‘ra Ettisuv, Sirdaryo, So‘g‘d va Sharqiy Qozog‘iston (Irtish) makroguruhlariga bo‘linishi dalillangan;
O‘rta Osiyo turk-run bitiklarini tasniflash asnosida ularning ro‘yxatlariga kirib qolgan jami 20 ta yodgorlik aslida boshqa alifbolarda yozilgani yoki yozuvga o‘xshash chiziqlardan iborat ekani, shuningdek, qalbakilashtirilgani yoki o‘rganilmasidan oldin yo‘qolgani dalillangan;
O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston hududlaridan topilgan jami 13 ta bitikni qayta o‘qish natijasida bir qator kamyob so‘zlar, jumladan, Enisey bitiklarida 1 martadan uchraydigan Turan “kishi nomi” va alıč “baxt” so‘zlari hamda turk-run xati yodgorliklarida uchramaydigan kirpič “g‘isht” so‘zi aniqlangan;
O‘rta Osiyo turk-run bitiklarida 2 ta dialektga xos belgilar namoyon bo‘lishi aniqlanib, bu dialektlardan biri – A dialekt O‘rxun bitiktoshlari tiliga, ikkinchisi – B dialekt esa Enisey bitiktoshlari tiliga yaqinligi dalillandi, ular o‘rtasidagi fonetik, leksik va morfologik farqlar ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot yakunlariga ko‘ra olingan natijalar asosida:
O‘rta Osiyo turk-run bitiklarining geografik, madaniy va siyosiy omillarga asoslangan yangicha tasnifi haqidagi qarashlardan 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan OT-F1-029 raqamli “O‘zbek davlatchiligi tarixida so‘g‘d til va yozuvining tutgan o‘rni (mil.av. II – milodiy XII asrlar)” nomli fundamental grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021 yil 5 apreldagi 04/1-602-son ma’lumotnomasi). Natijada so‘g‘diy alifboning turk-run xatiga ta’siri bilan bog‘liq madaniy almashuv jarayoni O‘rta Osiyoning sharqiy, markaziy va shimoliy qismlarida VII-VIII asrlarda ro‘y berganiga oydinlik kiritilgan;
O‘rta Osiyo turk-run bitiklarini tasniflash asnosida ularning ro‘yxatlariga kirib qolgan jami 20 ta yodgorlik aslida boshqa alifbolarda yozilgani yoki yozuvga o‘xshash chiziqlardan iborat ekani, shuningdek, qalbakilashtirilgani yoki o‘rganilmasidan oldin yo‘qolgani haqidagi xulosalardan PZ-20170927147 raqamli “Qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi” (2017-2021) nomli innovatsion loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021 yil 5 apreldagi 04/1-603-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu loyiha doirasida o‘rganilgan yozma manbalar ro‘yxatidagi turkiy tilda yozilgani isbotlanmagan ayrim bitiklar ro‘yxatdan olib tashlanishiga erishilgan;
O‘rta Osiyo turk-run bitiklarini tasniflash asnosida ularning ro‘yxatlariga kirib qolgan jami 20 ta yodgorlik aslida boshqa alifbolarda yozilgani yoki yozuvga o‘xshash chiziqlardan iborat ekani, shuningdek, qalbakilashtirilgani yoki o‘rganilmasidan oldin yo‘qolgani to‘g‘risidagi xulosalar “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Etno” ko‘rsatuvida O‘rta Osiyo turk-run bitiklarida 2 ta dialektga xos belgilar namoyon bo‘lishi, bu dialektlardan biri O‘rxun bitiktoshlari tiliga, ikkinchisi esa Enisey bitiktoshlari tiliga yaqinligi borasidagi qarashlar va nazariyalar ilmiy asoslab berilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 6 apreldagi 02-40-506-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘rta Osiyoda ilk o‘rta asrlarda iste’molda bo‘lgan qadimgi turkiy til dialektlari borasidagi ma’lumotlar ilk bor keng ommaga taqdim etilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish