Xo‘jaqulov Toshtemir Abdixafizovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Tarmoqlangan tizimlarda oqar suv resurslari ekologik holati ma’lumotlarini baholash algoritmlari va dasturiy majmualari», 05.01.04 - Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3009
Ilmiy maslahatchi F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Oteniyazov Rashid Idrisovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kerimov Kamil Fikratovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Xushvaqtov Sa’dulla Xolbazarovich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot nomi: «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tarmoqlangan kompyuter tizimlarida oqar suv ekologik holati ma’lumotlarini baholash algoritmlari va dasturiy majmualari asosida oqar suvlarning mavsumiy ifloslanish darajasini bashoratlash va monitoring tizimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tarmoqlangan kompyuter tizimlarida oqar suv resurslari ekologik holatini aniqlashda oqar suv holatining o‘zgarish indeksi usullarini tadqiq etish asosida mavsumiy jarayonlarga muvofiq ifloslanish darajasini ifodalovchi faktorlarning klassifikatsiyasi ishlab chiqilgan va monitoring tizimi takomillashtirilgan;
tarmoqlangan kompyuter tizimlarida oqar suvlarning mavsumiy notekis hajmli-hududiy taqsimlanishida ifloslanish darajasini bashoratlash va ifloslanish jarayonining statik va dinamik modeli ishlab chiqilgan;
simsiz sensor tarmoqlari asosida qarorlarni qabul qilishning axborot integratsiyasi suv resursi ekologik holatini monitoring qilishning kompyuterlashtirilgan tizimi va algoritmi ishlab chiqilgan;
oqar suvning ifloslanish darajasini baholash uchun yaratilgan dasturiy majmualar asosida tarmoqlangan kompyuter tizimlarida oqar suv ekologik holatini monitoringini yuritishning ma’lumotlar bazasi yaratilgan va qaror qabul qilish tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tarmoqlangan kompyuter tizimlarida oqar suvning ekologik holatini aniqlashda ishlab chiqilgan bashoratlash modeli, matematik modeli, ma’lumotlarni baholash algoritmlari va dasturiy majmualaridan olingan natijalar asosida:
tarmoqlangan kompyuter tizimlarida oqar suvning ekologik holatini aniqlashda ma’lumotlar bazasini shakllantirish, ma’lumotlarga intellektual ishlov berish orqali qarorlar qabul qilish, bashoratlash va baholash usullarini O‘zbekiston Respublikasi Uzbekgidroenergo aksiyadorlik jamiyati huzuridagi «To‘palang gidroelektrostansiya» unitar korxonasiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 14 sentyabrdagi QG17134545 – son ma’lumotnomasi. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022 yil 12 oktyabrdagi 33-8/6760-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida oqar suvning mavsumiy ifloslanish darajasini aniqlash uchun amalda sarflanadigan vaqtni jarayonni avtomatlashtirish hisobiga, 8-10 barobarga qisqartirish va aniqlik samaradorligini 25% ga oshirishga erishilgan;
tarmoqlangan kompyuter tizimlarida oqar suvning mavsumiy notekis hajmli-hududiy taqsimlanishida ifloslanish darajasini bashoratlash va baholash yuzasidan ishlab chiqilgan ifloslanish jarayonini ifodalovchi statik va dinamik modellarni O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Surxondaryo viloyati «Suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi»ga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 14 sentyabrdagi QG17134545 – son ma’lumotnomasi. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022 yil 12 oktyabrdagi 33-8/6760-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida tarmoqlangan kompyuter tizimlari oqar suv ekologik holati o‘zgarishining asosiy ko‘rsatkichlarini bashorat qilish va tahlillash uchun dasturiy majmua ishlab chiqilgan hamda tarmoqlangan tizimlarda oqar suv ekologik holatini aniqlash samaradorligini 7-10 foizga oshirish imkonini bergan;
simsiz sensor tarmoqlari asosida real vaqt rejimida oqar suv ekologik holatini monitoring qilishning kompyuterlashtirilgan tizimi va suv ekologik tozaligini baholash va bashoratlash algoritmini Amu Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi «Surxon - Sherobod irrigatsiya tizimi boshqarmasi»ga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 14 sentyabrdagi QG17134545 – son ma’lumotnomasi. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022 yil 12 oktyabrdagi 33-8/6760-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida oqar suv ekologik holatini monitoring qilishning kompyuterlashtirilgan tizimi hisoblash natijalarida aniqlik darajasini 7-9 foizga oshirish imkonini bergan.