Azizov Shohsuvor Yuldashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Dehqon xo‘jaliklarida qo‘shilgan qiymatni yaratish va oshirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish”, 08.00.04–Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2PhD/Iqt201.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Chariev Kurban Amirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandiclari inctituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.01.2020.I.10.03.
Rasmiy opponentlar: Nigmadjanov Uchqun Xolmetovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ergashev Erkin Iroqovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqcadi iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida dehqon xo‘jaliklarida qo‘shilgan qiymatni yaratish va oshirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dehqon xo‘jaliklarida etishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari turlari bo‘yicha qo‘shilgan qiymat zanjiri bo‘g‘inlarida yaratiladigan qo‘shilgan qiymatni koeffisientlar orqali hisoblash usuli va uni qo‘llash yo‘llari asoslangan; 
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini uy sharoitida saqlab va qayta ishlab sotish tizimini  rivojlantirish asosida dehqon xo‘jaliklarida qo‘shilgan qiymatni ko‘paytirish va mahsulotlar nobudgarchiligini kamaytirish hajmini hisoblash bo‘yicha uslubiy yondashuv ishlab chiqilgan;
dehqon xo‘jaliklari faoliyati bilan bog‘liq sub’ektlar hamkorligida ulushli pay mexanizmiga asoslangan, hamda o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalash va moddiy rag‘batlantirish huquqiga ega integral shakldagi kooperativlarni tashkil etish tartib-qoidalalari va tarkibiy-boshqaruv tuzilmasi tavsiya etilgan;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish va iste’molchilargacha etkazish jarayonlarida qo‘shilgan qiymat yaratish zanjiri sub’ektlari bilan dehqon xo‘jaliklari o‘rtasida tuziladigan shartnomalar tizimini joriy qilish asosida ular faoliyatida qo‘shilgan qiymat va daromadlarni oshirish  yo‘llari asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dehqon xo‘jaliklarida qo‘shilgan qiymatni yaratish va oshirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirishga oid ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
dehqon xo‘jaliklarida etishtiriladigan qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlari turlari bo‘yicha qo‘shilgan qiymat zanjiri bo‘g‘inlarida yaratiladigan qo‘shilgan qiymat koeffisientlarini qo‘llash va ularni hisoblash bo‘yicha uslubiy yondashuvga oid tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimi tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 18 apreldagi 07/35-04/2390-son ma’lumotnomasi). Bu tavsiyani joriy etish natijasida dehqon xo‘jaliklarida mahsulotlarni saqlab va qayta ishlab sotish orqali qo‘shilgan qiymatni ko‘paytirib, shuning hisobiga sof foydani 1,5-2,0 baravarga oshirish imkoni yaratiladi;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini uy sharoitida saqlab va qayta ishlab sotish tizimini  rivojlantirish asosida dehqon xo‘jaliklarida qo‘shilgan qiymatni ko‘paytirish va mahsulotlar nobudgarchiligini kamaytirish hajmini hisoblash bo‘yicha uslubiy yondashuvga oid tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimi tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 18 apreldagi 07/35-04/2390-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyaning joriy etilishi pirovard natijada tashish xarajatlarini 50-60 foizga, mahsulotlarni nobud bo‘lish darajasini 20-25 foizgacha kamaytirish hamda qo‘shilgan qiymat miqdorini 80-100 foizgacha ko‘paytirish imkoniyatini beradi; 
fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari ta’sischiligida qo‘shilgan qiymatni ko‘paytirish va undan o‘z faoliyatida foydalanishga ixtisoslashgan  integral shakldagi kooperativlarni tashkil etish mexanizmlari va tashkiliy-tarkibiy tuzilmasiga doir taklif O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimi tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 18 apreldagi 07/35-04/2390-son ma’lumotnomasi). Ushbu kooperativlarning tashkil etilishi mahsulotlar etishtirish hajmini ko‘paytirish va qo‘shilgan qiymatni 1,5-2 martagacha oshirish hamda mahsulotlar nobud bo‘lishini 20-25 foizga va tashish xarajatlarini 15-20 foizga kamaytirish imkoniyatlarini yaratadi;
dehqon xo‘jaliklarining qo‘shilgan qiymat zanjiridagi boshqa sub’ektlar bilan bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlarini shartnomalar asosida tashkil etish va ularning huquq va moddiy manfaatdorligini  ta’minlashga oid berilgan tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimi tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 18 apreldagi 07/35-04/2390-son ma’lumotnomasi). Natijada tashish xarajatlarini 50-60 foiz, mahsulotlar nobud bo‘lishini 25-30 foizgacha kamaytirish hamda qo‘shilgan qiymat miqdorini 100-150 foizgacha ko‘paytirish imkoniyatini beradi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish