Sayt test rejimida ishlamoqda

Jalilov Sherali Nekboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mochevina-formal`degid smolasini modifikatsiyasi va uni qurilish maqsadida yog‘och-plastik kompozision plita materiallarini ishlab chiqarishda qo‘llash», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi, 05.09.05 –  Qurilish materiallari va buyumlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3204.
Ilmiy rahbarlar: Negmatova Komila Sayibjanovna, texnika fanlari doktori, professor; Xolmurodova Dilafruz Kuvvatovna, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK huzuridagi DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qosimov Ibroxim Irkinovich, texnika fanlari doktori, professor; Amonov Muxtor Raxmatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mochevina-formal`degid smolasini modifikatsiyasi va uni qurilish maqsadida yog‘och-plastik kompozision plita materiallarini ishlab chiqarishda qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mochevina-formal`degid qatronining fizik-kimyoviy modifikatsiyasi paxta poyasi tarkibiy qismlarining mochevina-formal`degid qatronini modifikatsiyalovchi reagentlar bilan kimyoviy reaksiyalarni amalga oshirish orqali polimer bog‘lovchilarning tuzilishini o‘zgartirishi natijasida fizik-mexanik xususiyatlari yaxshilangan kompozision yog‘och-plastikli plitali materiallarning optimal tarkibi aniqlangan;
mochevina-formal`degid qatronining modifikatsiyalovchi reagentlar bilan o‘tkazilgan tajribalari natijasida hosil bo‘lgan kompozisiyaning jelatinlanish vaqti sezilarli darajada kamayib, tarkibidagi xlor ionlarining miqdori 0,8 % dan 11,2% gacha ortishi va qotish vaqti minimumdan o‘tuvchi ekstremal xarakterga ega ekanligi aniqlangan;
modifikatorlar - epixlorgidrin, benzil xlorid, polivinilxlorid va gossipol qatronlari ishtirokida mochevina-formal`degid qatronini qotish jarayonini o‘rganish orqali modifikatorlarning maqbul nisbati va ularni modifikatsiyalash sharoitlari aniqlangan;
yuqori fizik-mexanik xususiyatlarga ega bo‘lgan modifikatsiyalangan polimer bog‘lovchilari va paxta poyasidan yog‘och tolali to‘ldiruvchilar asosida kompozision yog‘och-plastik plitali materiallarni olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
kompozision yog‘och-plastik plitali materiallarning yuqori fizik-mexanik va ekspluatatsion xususiyatlarini ta’minlaydigan, paxta poyalaridan yog‘och tolali to‘ldiruvchilarning modifikatsiyalangan polimer bog‘lovchilar asosida kompozision yog‘och-plastik plitali materiallarni presslashning maqbul texnologik rejimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mochevina-formal`degid smolasini modifikatsiyasi va uni qurilish maqsadida yog‘och-plastik kompozision plita materiallarini ishlab chiqarishda qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kompozision yog‘och-plastik plitali materiallarni presslashning maqbul texnologik rejimi «PROSPER ALL» MChJ korxonasida joriy etilgan («O`zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi»ning 2022 yil 9 noyabrdagi 05/15-2777-son ma’lumotnomasi). Natijada, fizik-mexanik va texnologik xususiyatlari yaxshilanib, o‘rtacha uzunligi 20-30 mm bo‘lgan kompozision yog‘och-plastik materiallarining maksimal egilish chegarasi 24 MRa, o‘rtacha uzunligi 25-30 mm bo‘lgan kompozision yog‘och-plastik plita materiallarini olish imkonini bergan;
qurilish va texnik xususiyatlari yaxshilangan mahalliy va ikkilamchi xom ashyo asosida kompozision yog‘och-plastik plita materiallarini olishning o‘ziga xos texnologiyasi «AZIMUT-MIG» MChJ korxonasida joriy etilgan («O`zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi»ning 2022 yil 9 noyabrdagi 05/15-2777-son ma’lumotnomasi). Natijada, ananaviy usulda olingan yog‘och pilita materallariga qaraganda 2,2-3 baravar samaraliroq bo‘lgan yangi kompozision yog‘och-plastik pilitali materiallarni olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish