Toshova Sharifa Panoevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mirzo Abdulazim Somiyning “Tuhfayi shohiy” asari tarixiy manba sifatida”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi, 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021 PhD/Tar1011.
Ilmiy rahbar: Bobojonov Baxtiyor Miraimovich, tarix fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR FA Milliy arxeologiya markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.12.2021.Tar.26.03.
Rasmiy opponentlar: Egamberdieva Nigora Azadovna, tarix fanlari doktori; Rahimov Komiljon Rahmatovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Mirzo Abdulazim Somiyning “Tuhfayi shohiy” asarini manbashunoslik va tarixshunoslikning yangi metodologiyalari yordamida ochib berish orqali Buxoro amirligi tarixining mavhum jihatlariga oydinlik kiritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi
Buxoro mang‘itlari sulolasi tarixini yorituvchi “Tuhfayi shohiy” asarining “Daxmai shohon”, “Tarixi salotini mang‘itiya”, “Tuhfayi xoniy”, “Tarixcha” va “Tarixi Salimiy” asarlari bilan qiyosiy, germenevtik va tarixiy tahlili asosida uning rasmiy saroy ruhida yozilganiga qaramay, ayrim mang‘it amirlariga nisbatan tanqidiy baho bergani hamda Abdumalik to‘ra, Ollohyor devonbegi, Bobon boshchiligidagi xalq ozodlik harakatlarini xolis yoritgani aniqlangan;
“Tuhfayi shohiy”ni yozishda muallif asosan “Tuhfayi xoniy”, “Gulshan al-muluk”, “Tarixi manzum”, “Futuhoti amir Ma’sum va amir Haydar”, “Zafarnomayi xusraviy” kabi asarlardan, ayrim hollarda esa og‘zaki ma’lumotlardan ham foydalangani isbotlangan;
Mirzo Somiyning barcha asarlaridan kelib chiqib, uning vafoti, saroydan chetlashtirilishi, ismi, taxalluslari aniqlanib, “Tazkirat alfuzalo” asari uning qalamiga tegishli emasligi, “Masobih alfikr fi vujub assayr vannazar” asari esa u tomonidan yozilgani isbotlangan;
“Tuhfayi shohiy” ma’lumotlari asosida Chor Rossiyasi tomonidan Buxoro amirligining istilo etilishi arafasida mamlakatdagi murakkab ichki ahvol – Hisorda 1863 yilda amir Muzaffar tomonidan o‘tkazilgan qirg‘in, Samarqand shahar aholisining hokimdan noroziligi orqasida gubernator nomiga maktub yozishi, Tillakori madrasasida xalq bilan qo‘shin orasidagi qonli to‘qnashuvlar kabi omillar amirlikning Chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishini engillashtirgani isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Mirzo Abdulazim Somiyning “Tuhfayi shohiy” asari tarixiy manba sifatida” mavzusini o‘rganishda erishilgan natijalar:
Buxoro mang‘itlari sulolasi tarixini yorituvchi “Tuhfayi shohiy” asarining “Daxmai shohon”, “Tarixi salotini mang‘itiya”, “Tuhfayi xoniy”, “Tarixcha” va “Tarixi Salimiy” asarlari bilan qiyosiy, germenevtik va tarixiy tahlili asosida uning rasmiy saroy ruhida yozilganiga qaramay, ayrim mang‘it amirlariga nisbatan tanqidiy baho bergani hamda Abdumalik to‘ra, Ollohyor devonbegi, Bobon boshchiligidagi xalq ozodlik harakatlarini xolis yoritgani aniqlanganligi hamda “Tuhfayi shohiy”ni yozishda muallif asosan “Tuhfayi xoniy”, “Gulshan al-muluk”, “Tarixi manzum”, “Futuhoti amir Ma’sum va amir Haydar”, “Zafarnomayi xusraviy” kabi asarlardan, ayrim hollarda esa og‘zaki ma’lumotlardan ham foydalangani haqidagi ma’lumotlardan O‘zR FA Tarix institutida 2012-2013 yillarda bajarilgan IFA˗2012˗1˗13 raqamli “O‘zbekiston tarixi xrestomatiyasi (3- va 4- jildlar)” innovatsion loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2022 yil 15 iyundagi 3/1255-1381-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning “Mahalliy manbalar” qismida Mirzo Somiyning “Tuhfayi shohiy” asari hamda Sadriddin Ayniyning “Buxoro inqilobining tarixi” asarlari haqida keng ma’lumot berilishi bilan birga, har ikki asardan tarjimalar ham berilishiga, Mirzo Somiyning “Tuhfayi shohiy” va “Tarixi salotini mang‘itiya” nomli qo‘lyozma asarlarida keltirilgan ma’lumotlarni o‘sha davrda Buxoroda ijod qilgan boshqa tarixnavislar asarlari bilan germenevtik va tarixiy-qiyosiy tahlil qilish asosida o‘rganish 1860˗1920 yillarda Buxoro amirligidagi ijtimoiy˗siyosiy va madaniy hayot tarixini keng qamrovli va xolis yoritishga xizmat qilgan.
Mirzo Somiyning barcha asarlaridan kelib chiqib, uning vafoti, saroydan chetlashtirilishi, ismi, taxalluslari aniqlanib, “Tazkirat alfuzalo” asari uning qalamiga tegishli emasligi, “Masobih alfikr fi vujub assayr vannazar” asari esa u tomonidan yozilgani hamda “Tuhfayi shohiy” ma’lumotlari asosida Chor Rossiyasi tomonidan Buxoro amirligining istilo etilishi arafasida mamlakatdagi murakkab ichki ahvol – Hisorda 1863 yilda amir Muzaffar tomonidan o‘tkazilgan qirg‘in, Samarqand shahar aholisining hokimdan noroziligi orqasida gubernator nomiga maktub yozishi, Tillakori madrasasida xalq bilan qo‘shin orasidagi qonli to‘qnashuvlar kabi omillar amirlikning Chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishini engillashtirgani isbotlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi “O‘zbekiston tarixi” kanalidagi chiqishlarda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali davlat unitar korxonasining 2021 yil 12 dekabrdagi 02-40-1841-son ma’lumotnomasi). Bu ko‘rsatuvlar Buxoro amirligida ijtimoiy-siyosiy va madaniy jarayonlar, davlatchilik an’analari, ularning o‘zaro ta’siri to‘g‘risida tushunchalar hosil bo‘lishida yordam bergan.