Sayt test rejimida ishlamoqda

Rozakov Abdurasil Abdaraxmonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Uil`yam Jeferson Klinton ma’muriyatining ijtimoiy-iqtisodiy siyosati (1992-2000 y.y.)”, 07.00.03 – Jahon tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2017.1PhD/Tar45.
Ilmiy rahbar: G‘ulomov G‘ofurovich Xondamirmirzo, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2021.Tar.26.03
Rasmiy opponentlar: Nuriddinov Erkin Zuxriddinovich, tarix fanlari doktori, professor; Mirzoxid Akramovich Raximov, tarix fanlari doktori, professor. 
Etakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi AQShda ichki siyosatining rivojlanish tendensiyalari va U.J.Klinton prezidentlik davridagi ijtimoiy-iqtisodiyot sohasidagi davlat siyosatining mohiyatini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
U.J.Klinton saylov oldi dasturida “yoddan chiqqan o‘rta tabaqa”ni qayta uyg‘otish fikriga asoslanib, bu tabaqa uchun tibbiyot va soliq sohasidagi aytgan takliflari hamda iqtisodiyot sohasida tadbirkorlikni progressiv tomonga rivojlantirib, mudofaa sohasiga qaratilgan moliyalashtirishni qisqartirish yo‘lidagi strategik rejalari saylovda g‘olib chiqishiga zamin yaratganligi isbotlangan;
U.J.Klinton ma’muriyatining ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari sifatida taraqqiyotning muhim omili hisoblangan o‘rta qatlamga qaratilgan amerikacha ijtimoiy ta’minlash tizimi va kichik va o‘rta tadbirkorlik sohasini isloh qilishi oqibatida mamlakatda iqtisodiy yuksalish ta’minlanib, natijada XX asrning oxirida davlat tarixidagi eng uzoq iqtisodiy o‘sish bo‘lganligi dalillangan;
 mamlakatda respublikachilar bilan kelishuv yo‘lini izlash uchun “yangi demokratlar” davlat byudjetini o‘zgartirishda “uchinchi yo‘l” strategiyasi tomon borib, muxolifat talablarini qisman bajarishi natijasida mamlakatda byudjet muammosi davlat boshqaruvining ikki tarmog‘ining (Kongress va prezident) yaqinlashishiga imkon berganligi isbotlangan;
 U.Klintonning sog‘liqni saqlash tizimi islohoti, ishsizlik, har bir amerikalikni oliy ma’lumot olish imkoniyati bilan ta’minlash kabi dasturlari uning ijtimoiy sohadagi islohotlarining o‘zagi sifatida namoyon bo‘lib, federal hukumat qo‘shimcha moliyalashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishi barobarida federal shtatlar ma’muriyatlari  ijtimoy islohatlarni amalga oshirishga va ularni faollashuviga olib kelganligi asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Uil`yam Jeferson Klinton ma’muriyatining ijtimoiy-iqtisodiy siyosati tarixini o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida: 
U.J.Klinton saylov oldi dasturida “yoddan chiqqan o‘rta tabaqa”ning qayta uyg‘otish fikriga asoslanib, bu tabaqa uchun tibbiyot va soliq sohasidagi takliflari hamda iqtisodiyot sohasida tadbirkorlikni progressiv tomonga rivojlantirib, mudofaa sohasiga qaratilgan moliyalashtirishni qisqartirish yo‘lidagi strategik rejalari saylovda g‘olib chiqishiga zamin yaratganligiga oid natijalardan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan “Jahon tarixi” (1991-2018 yillar) darsligida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Kasb-hunar ta’limi markazining 2019 yil 20 martdagi MX-01/07-77-son ma’lumotnomasi). Natijada ijtimoiy-gumanitar fanlarni takomillashtirish va o‘qitish sifatini oshirishga xizmat qilgan;
U.J.Klinton ma’muriyatining ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari sifatida o‘rta qatlamga qaratilgan amerikacha ijtimoiy ta’minlash tizimini isloh qilishi oqibatida mamlakatda iqtisodiy yuksalish ta’minlanib, natijada XX asrning oxirida davlat tarixidagi eng uzoq iqtisodiy o‘sish bo‘lganligiga oid natijalardan 51200300 Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) yo‘nalishi talabalri uchun tayyorlangan Jahon tarixi (Eng yangi davr)” darsligining “Eng yangi davrda AQSh” mavzusini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 27 martdagi 89-03-1163-son ma’lumotnomasi). Natijada “Jahon tarixi (Eng yangi davr)” fanining tegishli mavzusining mazmunini takomillashtirish va o‘qitish sifatini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish