Xudaykulov Bekzod Bobomuratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aminoguruhga ega ba’zi molekulalarda kuchsiz vodorod bog‘lanishli komplekslarning shakllanish mexanizmlari va ularning kombinatsion sochilish spektrlarida namoyon bo‘lishi», 01.04.05 – Optika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/FM777.
Ilmiy rahbar: Jumabaev Abduvaxid, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.FM.02.04
Rasmiy opponentlar: Sabirov Leonard Muxamedjanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Eshchanov Baxodir Xudayberganovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Millliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Kombinatsion sochilish spektrlari va noempirik hisoblashlar yordamida aminoguruhga ega ba’zi moddalardagi kuchsiz vodorod bog‘lanishli komplekslarning hosil bo‘lish mexanizmi hamda spektral namoyon bo‘lishini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
formamid, anilin va terozindagi S-H·B bog‘lanishlar orqali tebranish C-H polosalarining yuqori chastota tomonga ko‘k-siljishlari, A-H·B bog‘lanishlar orqali A-H plosalarning past chastota tomonga qizil-siljishi aniqlangan hamda bu o‘zgarishlar suvli muhitlarda ham kuzatilgan;
formamid va DMSOdagi noklassik vodorod bog‘lanishlarda ishtirok etayotgan atomlar bog‘ uzunliklari o‘zgarishi hamda aromatik halqali moddalarda S-N·V va A–H·π ko‘rinishdagi no-klassik vodorod bog‘lanishlar mavjudligi aniqlangan;
tanlangan obe’ktlardagi vodorod bog‘lanish tufayli O-N valent tebranish polosasi C=O va N-H tebranish polosalariga nisbatan past chastota tomonga ko‘proq siljishi tasdiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Aminoguruhga ega molekulalarda kuchsiz vodorod bog‘lanishli komplekslarning shakllanish mexanizmlari va ularning kombinatsion sochilish spektrlarida namoyon bo‘lishi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
kuchsiz molekulalararo vodorod bog‘lanish jarayonlarini aniqlash natijalari «Osnovі biomexaniki» deb nomlangan maxsus laboratoriya kursini o‘tishda foydalanilgan hamda №20BF051-01 raqamli “Fraktal`naya razmernost` i svoystva jidkostnix sistem, aktual`nix dlya medisini i yadernix texnologiy” mavzusidagi tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Kiev Milliy universitetining 2022 yil 6 sentyabrdagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi tibbiyotda foydalaniladigan suyuqlikli tizimlarning fraktal o‘lchami va xususiyatlarini kuchsiz molekulalararo vodorod bog‘lanish orqali aniqlash imkonini bergan;
o‘rganilgan ob`ektlar uchun polosalarning yuqori chastota tomonga ko‘k-siljishlari va past chastota tomonga qizil-siljishlari aniqlash natijalari 0110RK153-raqamli “Issledovanie vzaimnogo vliyaniya mnogoatomnix sistem v kondensirovannix sredax opticheskimi metodami” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Tojikiston Milliy universitetining 2022 yil 2 sentyabrdagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi, formamid, anilin va terozin molekulalarining elektrooptik parametrlarini aniqlash imkonini bergan.