Jabborov Xayitmurod Ishmo‘min o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Past energiyali uglerod va vodorod atomlarining erkin grafen sirti bilan o‘zaro ta’siri jarayonlarini kompyuterda modellashtirish”, 01.04.04 – Fizik elektronika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/FM742
Ilmiy rahbari: Djumanov Jamoljon Xudoykulovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, DSs.02/30.12.2019.FM.65.01
Rasmiy opponentlar: Maksimov Sergey Evlantievich, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Murzaev Ramil` Tuxfatovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi vodorod va uglerod atomlarining grafen bilan o‘zaro ta’sirining dinamik va vodorodlashmagan va vodorodlashgan uglerod atomlarining grafenga adsorbsiyasi jarayonlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nanografendagi uglerod atomlarining o‘rtacha kogeziya energiyasi nuqsonlar sonining ko‘payishi bilan monoton ravishda kamayishi aniqlandi;
nanografenda vakansiya ko‘rinishidagi nuqsonlarning mavjudligi, asosan, sochilgan atomlarning adsorbsiyasi va o‘tishi (nanografen orqali) jarayonlariga  sezilarli ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi;
grafenning tuzg‘ishi uchun kerak bo‘ladigan uglerod atomlarining minimal kinetik energiyasining (kreslo va zigzag yo‘nalishlari bo‘ylab)atomlar tushish burchagiga bog‘liqligi aniqlandi;
grafenda C, CN, CN2 va CN3 xemosorbsiyasining maksimal ehtimoli ularning cho‘kish energiyasi 2.3 eV teng bo‘lganida kuzatilishi aniqlandi;
vodorodlangan uglerod atomlarini (CN, CN2, CN3) nanografenga cho‘ktirish jarayonlarini tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, bunday ob’ektlarning xemsorbsiyasi uglerod atomlarining vodorodlanish darajasiga teskari bog‘liq ekan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Grafendan atom zarralarining sochilishi va adsorbsiyasi bo‘yicha o‘tkazilgan hisoblash eksperimentlari natijalari asosida:
C, CH, CH2 va CH3 larning grafen sirtida xemosorbsiyasining maksimal extimolligi va nanografendagi uglerod atomlari o‘rtacha bog‘lanish energiyasining nuqsonlar soni oshishi bilan kamayishini ko‘rsatish № F2-F2-F53 raqamli“A3V5 va A2V6  plyonkalarning yuzasi va yuza osti sohalarida hosil qilingan ikki qatlamli nanoo‘lchamli tizimlarning kvant o‘lchamli effektlari va elektron hossalari” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan. (Toshkent davlat texnika universitetining 2022-yil 28-iyuldagi № 01/9-14-2153 sonli ma’lumotnomasi); Ilmiy natijadan foydalanish nanoo‘lchamli tizimlar hossalarini o‘rganish va fizikaviy fundamental qonuniyatlarni o‘zlashtirish imkoniyatini yaratgan;
uglerod  atomlarining grafen sirtiga tushishi natijasida grafening changlanishi uchun tushayotgan atomlarining minimal kinetik energiyalari bilan tushish burchaklari orasidagi bog‘lanishni aniqlash № OT-F2-52 raqamli “Rux oksidi nanorodlari va nanozarralari sirtining turli materiallar va tashqi atmosfera bilan o‘zaro ta’sir mexanizmlarining optik va elektrofizik xossalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2022-yil 29-avgustdagi № 2/1255-2098 sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish nanotrukturali materiallarni sintez qilishda nuqsonlarning hosil bo‘lishi mexanizmlarini samarali tahlil qilish va baholash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish