Polvonov Satimboy Rajapovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Energiyaning 10-35 MeV sohasida (γ,n), (γ,2n), (γ,p) va (n,2n) reaksiyalarda izomer holatlar uyg‘onishining o‘ziga xos xususiyatlari”, 01.04.08 – Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/FM35.
Ilmiy maslahatchi: Inoyatov Anvar Xidoyatovich, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.33.01.
Rasmiy opponentlar: Artemov Sergey Viktorovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Olimov Xusniddin Kosimovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Nurmuhamedov Abdufattax Maxkamovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti,
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi massa soni 45 ≤ A ≤ 144 bo‘lgan yadrolarda fotoyadro va neytronlar ishtirokidagi reaksiyalar izomer chiqishlari va kesimlari nisbatlarining energiyaga hamda yadro sathi zichligining spinga bog‘liqligi qonuniyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
katta massali (50 g gacha) namunalarni nurlantirishda tormozli nurlanishlar oqim zichligini oshirishga imkon beruvchi kamera ichida nurlantirishga mo‘jallangan yangi konstruksiyali qurilma ishlab chiqilgan va qo‘llanilgan;
turli maksimal energiyalarda tormozli gamma-nurlanishning burchak taqsimotlarini aniqlash metodikasi ishlab chiqilgan va qo‘llanilgan bo‘lib, bu ichki va tashqi nurlanish uchun mo‘ljallangan nishonlarning tormozli nurlar dastasi o‘qi bo‘ylab aniq o‘rnini topish imkonini bergan;
20-35 MeV energiya diapazonida 45Sc, 76Ge, 85Rb, 87Rb yadrolardagi (,n) reaksiya izomer chiqishlar nisbatining energiyaga bog‘lanishi bo‘yicha olingan tajriba natijalari Bol`sman egri chiziqi yordamida qoniqarli approksimatsiya qilinishi ko‘rsatilgan;
45Sc, 76Ge, 85Rb, 87Rb yadrolaridagi (γ,n) tipidagi reaksiya izomer chiqishlar nisbatlarining qiymatlari reaksiya ostona energiyasidan gigant dipol rezonansining maksimum holati Em energiyasigacha oshishi va undan yuqori energiyalarda to‘yinishga chiqishi aniqlangan;
neytronlar energiyasining En=14,1 MeV qiymatida 45Sc(n,2n)44m,gSc, 59Co(n,2n)58m,gCo,76Ge(n,2n)75m,gGe, 74Se(n,2n)73m,gSe, 82Se(n,2n)81m,gSe 85Rb(n,2n)84m,gRb, 87Rb(n,2n)86m,gRb reaksiyalar kesimlari bo‘yicha yangi ma’lumotlar olingan va yadro sathi zichligining spinga bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor 20-25 MeV energiyalar oralig‘ida 45Sc, 59Co,76Ge, 85Rb, 87Rb yadrolardagi (,n) reaksiyada yadrolarning izomer holatlari uyg‘onish kesimi eksperimental qiymatlari olingan hamda uning uyg‘onish funksiyasi bitta cho‘qqili gigant dipol` rezonansi shaklida ekanligi aniqlangan;
ilk bor 20-35 MeV energiyalar oralig‘ida 89Y(,2n)87mY reaksiya uyg‘onish funksiyasi va izomer chiqishlar nisbatining energiyaga bog‘lanishi aniqlangan. Ittriy-87m,g izomer holatining nisbiy uyg‘onish ehtimolligi nafaqat uyg‘onish energiyalariga yoki zarra tomonidan yadroga berilayotgan momentga, balki yadrodan chiqadigan zarrachalarning turiga ham bog‘liqligi ko‘rsatilgan;
to‘yinganlik energiyalari diapazonida 110≤A≤144 yadrolardagi (,n) fotoneytron reaksiyalarida 11/2- izomer holatlar uyg‘onishining asosiy mexanizmi oraliq yadro hosil bo‘lishi ekanligi va yadroning statistik nazariyasi doirasida yaxshi ifodalanishi aniqlangan;
protonlar soni Z=58 dan Z=60 gacha o‘zgarganda massa soni 135≤A≤143 diapozonida va neytronlar soni N=82 bo‘lgan yadrolarda 11/2- izomer holatlarning hosil bo‘lishi keskin kamayib ketishi aniqlangan;
ilk bor 138Ce(,n)137mCe va 140Ce(,n)139mCe reaksiyalar izomer chiqishlar nisbati ostona energiyasidan 35 MeV gacha bo‘lgan energiya oralig‘ida o‘lchangan hamda ushbu reaksiyalar uyg‘onish funksiyalari ostona energiyasidan 25 MeV gacha bo‘lgan energiyalar oralig‘ida maksimum qiymatlarining holati mos ravishda 15,4 va 15,9 MeV ga teng bo‘lgan bitta cho‘qqidan iborat ekanligi eksperimental kuzatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Energiyaning 10-35 MeV oralig‘ida (γ,n), (γ,2n), (γ,p) va (n,2n) reaksiyalarda izomer holatlar uyg‘onishining o‘ziga hos xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
betatronda namunalarni kamera ichida nurlantirish uchun ishlab chiqilgan qurilma O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligida ro‘yxatga olingan (O‘zbekiston Respublikasining dastlabki patenti 05.01.1995 y. 2859-son). Qurilmadan foydalanish turli xil ko‘rinishdagi va katta massali (50 g gacha) namunalarni nurlantirishda betatronning imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirish imkonini bergan;
tormozli gamma nurlanishlarning burchak taqsimotini turli maksimal energiyalarida aniqlash metodikasi OT-F2-16 “Gamma-kvantalarning silliq amorf sirtdan aniqlangan ko‘zgu aks ettirilishining fizik tabiatini o‘rganish” fundamental loyihasi doirasida bajarilgan ishlarda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2021 yil 04 dekabrdagi 04/11-7 928-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish silliq amorf yuzadan gamma-kvantalarning ko‘zgusimon qaytishini o‘rganishda sochuvchi namunalarning aniq joylashishini, shuningdek MT-22C mikrotronidagi elektron dastasi hosil qilingan tormozli gamma-kvantlar spektrining energiyasini aniqlash imkonini bergan;
neytronlar energiyasining En=14,1 MeV qiymatida 45Sc(n,2n)44m,gSc, 59Co(n,2n)58m,gCo,76Ge(n,2n)75m,gGe, 74Se(n,2n)73m,gSe, 82Se(n,2n)81m,gSe 85Rb(n,2n)84m,gRb va 87Rb(n,2n)86m,gRb reaksiyalar kesimlari bo‘yicha olingan yangi ma’lumotlar, 45Sc, 59Co,76Ge, 85Rb, 87Rb yadrolardagi (,n) reaksiyada izomer holatlar uyg‘onish kesimini aniqlash bo‘yicha olingan eksperimental ma’lumotlar va ularni tahlil qilishning nazariy yondashuvlari FA-F2-F114 “Past energiyalardagi reaksiyalarda hosil bo‘ladigan ekzotik yadrolar xususiyatlari va engil elementlarning shakllanishini tadqiq qilish” (2012-2016) fundamental loyihasi doirasida past energiyalar sohasida yadro reaksiyalarini tadqiq qilishda yangi aktivatsion metodika ishlab chiqishda shu jumladan yadroviy astrofizik jarayonlarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlarda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining 2022 yil 30 martdagi 2/1255-720-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish turli uyg‘onish energiyalarida fotoyadro va neytron reaksiyalarining mexanizmini tavsiflash va tushuntirish imkonini bergan;
138Ce(,n)137m,gCe va 140Ce(,n)139m,gCe reaksiyalar izomer chiqishlar nisbati reaksiya ostona energiyasidan 35 MeV gacha energiya oralig‘ida va ostona energiyasidan 25 MeV gacha bo‘lgan oralig‘ida 138Ce(,n)137m,gCe va 140Ce(,n)139m,gCe reaksiyalar uyg‘onish funksiyalari haqida yangi ma’lumotlar olingan bo‘lib, bu ma’lumotlar Birlashgan yadro tadqiqotlari institutining LINAC-200 elektron tezlatgichida yangi tajribalarni rejalashtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan (Birlashgan yadro tadqiqotlar institutining 2022 yil 12 apreldagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish massa sonlari A=159–209 bo‘lgan nishonlarda fotoyadro reaksiyalarida neytronlar hosil bo‘lishining sonli hisoblarini amalga oshirish imkonini bergan;
energiyaning 20-25 MeV oralig‘ida 45Sc, 59Co,76Ge, 85Rb, 87Rb yadrolardagi (,n) fotoneytron reaksiyalar kesimlari bo‘yicha olingan ma’lumotlar, En=14,1 MeV energiyadagi 45Sc(n,2n)44m,gSc, 59Co(n,2n)58m,gCo,76Ge(n,2n)75m,gGe, 85Rb(n,2n)84m,gRb va 87Rb(n,2n)86m,gRb reaksiyalari kesimlari bo‘yicha yangi ma’lumotlar va ostona energiyasidan 35 MeV gacha bo‘lgan oraliqdagi 138Ce(,n)137m,gCe va 140Ce(,n)139m,gCe reaksiyalar izomer chiqishlar nisbatlari bo‘yicha olingan eksperimental ma’lumotlar xalqaro ma’lumotlar bazasiga EXFOR/CSISRS (http://www-nds.iaea.org; http://cdfe.sinp.msu.ru) kiritilgan. Ilmiy natijalardan foydalanish EXFOR xalqaro tizimining yadro reaksiyalari bo‘yicha ma’lumotlar bazalaridagi mavjud taxminiy ma’lumotlarni to‘ldirgan va aniqlashtirishga imkon bergan;
reaksiya ostona energiyasidan 35 MeV gacha bo‘lgan energiya oralig‘ida 89Y yadrodagi (,2n) turdagi reaksiya va 45Sc, 76Ge, 85Rb, 87Rb yadrolardagi (,n) turdagi reaksiya izomer chiqishlarning eksperimental natijalari bir qator xorijiy tadqiqotchilar tomonidan qo‘llanilgan (xalqaro jurnallarda havolalar: J. Radioanal. Nucl. Chem. 286(2010)161-167; Eur. Phys. J. A 50(2014)117; Nuclear Physics A, 948(2016)46-62; Nucl. Instr. Meth. B 479(2020)68-73; J. Radioanal. Nucl. Chem. 314(2017)1777-1784). Ilmiy natijalardan foydalanish uyg‘onish energiyalarining keng diapazonida izomer holatlarining uyg‘onish mexanizmini talqin qilish, shuningdek, oraliq yadro hosil bo‘lishida burchak momentining roli va muvozanatdan oldingi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri jarayonlarning hissasi haqida ma’lumot olish imkonini bergan.