Marasulov Murad Babirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nanostrukturalarda quyosh elementlarining 3-avlodini yaratishda ko‘p eksitonli generatsiyaning ta’siri”, 02.00.12 – Nanokimyo, nanofizika va nanotexnologiya (fizika-matematika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/FM527
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Turaeva Nigora Nazarovna, fizika-matematika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi polimerlar kimyosi va fizikasi instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, DSs.02/30.12.2019.K/FM/T.36.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Yuldashev Shavkat Uzgenovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor
Matrasulov Davron Urunovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Ko‘p eksitonli generatsiya asosida 3-avlod quyosh elementlarining quyosh energiyasini elektr energiyasiga samarali aylantirishning molekulyar mexanizmlarini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
Ilk marta kichik o‘lchamli nanostrukturalarda yuqori energiyali foton yutilishida Fermi statistik yondashuvidagi nukleon -nukleon to‘qnashuvlarida nukleon va mezonlarni hosil bo‘lishi asosada KEGning fenomenologik nazariyasi qurildi ;
Ilk marta silkinishning kvant tushunchalariga asoslangan KEG mikroskopik nazariyasi qurildi;
Ilk marta yarimo‘tkazgichli KN fraktal yuzalarining imkoniyatlarini hisobga oladigan model` qurildi va samaradorlikni oshirish shartlari aniqlandi;
Ilk marta rezonansli holatlarning mavjudligini hisobga olgan holda KN orasidagi polimer qatlami bo‘lim chegarasi orqali generatsiyalangan zaryadlar oqimi, shuningdek fulleren-polimer interfeysida zaryadlarni tez ajratish modeli qurildi
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Quyosh energiyasini KEG asosida 3-avlod quyosh elementlarini elektr energiyasiga samarali o‘tkazishning molekulyar mexanizmlarini nazariy ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
kvant nuqtada valentlik zonasidan o‘tkazuvchanlik zonasiga elektron uzatishning ikkita interferensiya yuli hodisasi ko‘rib chiqiladi, bu ionlanish yo‘llarining izchil qo‘shilishida foton yutilish koeffisientining oshishiga olib keluvchi Fano rezonansi yuzaga kelishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Bu yorug‘lik konversiyasining ichki samaradorligini oshirishga olib keladi va bir nechta eksitonlarni yaratish hodisasi tufayli quyosh elementlari samaradorligini oshirish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
tadqiqot natijalaridan yuqori impakt faktorli (IF) 5 ta xorijiy ilmiy jurnallarda foydalanilgan va havolalar (Journal of Power Sources 355 (2017) 98-133; Renewable and Sustainable Energy Reviews 109 (2019) 160–186; Applied Solar Energy, 2016, Vol. 52, No. 2, pp. 122–127; Solar Energy 228 (2021) 405–412; AIP Advances 11, 025226 (2021)) berilgan bo‘lib, yorug‘lik konversiyasining ichki samaradorligini oshirish uchun va ko‘plab eksitonlarni yaratish hodisasi tufayli quyosh elementlarining samaradorligini oshirish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin
ishlab chiqilgan nazariy modellardan KEG effektini amalga oshirish uchun nanostrukturalarning tarkibi, o‘lchami va o‘lchamiyliligini aniqlash uchun foydalanish mumkin, bundan tashqari, ushbu nazariy yondashuvlar butunlay yangi nanozarralar arxitekturalarining variantlarini (masalan, Core Shell, genius)tahlil qilishga imkon beradi, shuningdek perovskit asosidagi quyosh elementlarining 3-avlodini rivojlantirishda turli xil yondashuvlarning kombinatsiyasi tajribalarda qo‘llanilgan. Xususan, yuqoridagi natijalar Sharja Amerika Universitetining yagona tadqiqot markazida FRAGS 1801 tadqiqot loyihasida ishlatilgan (Sharja Amerika universitetining xati. 30.09.2022).