Qayumov Xafiz Asliddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tarkibida nikel`, kobal`t, temir bo‘lgan superparamagnit suyuqliklarning magnit xossasini o‘rganish», 01.04.09 – Magnit hodisalari fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/FM548
Ilmiy rahbar: Kuvandikov Oblokul Kuvandikovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.FM.02.04
Rasmiy opponentlar: Muqimov Komil Muqimovich, fizika-matematika fanlari doktori, akademik; Mavlonov G‘iyosiddin Haydarovich fizika-matematika fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: NixCo1-xFe2O4 (x=0; 0,3; 0,5; 0,7; 1) nanozarralar asosidagi magnit suyuqliklarning mikrotuzilishini shakllanish mexanizmi va magnitlanishini Ni2+ ion konsentratsiyasiga bog‘liqligini xona temperaturasida o‘rganish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marta kimyoviy kondensatsiya usulida birdomenli tuzilishga ega bo‘lgan NixCo1-xFe2O4 (x=0; 0,3; 0,5; 0,7; 1) nanozarralar asosidagi barqaror superparamagnit xossali magnit suyuqliklar muvaffaqqiyatli sintez qilingan;
ilk marta NixCo1-xFe2O4 (x=0; 0,3; 0,5; 0,7; 1) nanozarralar asosidagi magnit suyuqliklar solishtirma magnitlanishining tashqi magnit maydonda Ni2+ ionlarni konsentratsiyasiga bog‘liqligi o‘rganilgan. Ushbu namunalar kichik qoldiq magnitlanish va kichik koersitiv kuchga ega ekanligi aniqlangan;
o‘rganilgan namunalar solishtirma magnitlanishining tashqi magnit maydoniga tajribaviy bog‘lanishlari M=M(H) dan foydalanib, suyuqlik tarkibidagi zarralarning o‘lchami yarim-emperik aniqlangan va elektron mikroskop (TEM) da olingan tajriba natijalari bilan solishtirilgan;
o‘rganilgan magnit suyuqlik zarralarining diametri, ularning superparamagnit holatga o‘tishdagi kritik qiymatidan kichik (d<dkr=45 nm) ekanligi aniqlangan va namunalarda superparamagnit tabiatni shakllanishida, zarralarining o‘lchami asosiy rol` o‘ynashi ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tarkibida nikel`, kobal`t, temir bo‘lgan superparamagnit suyuqliklarning magnit xossasini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalari BV-F4-014 raqamli “Elektromagnit moslashuvlikni hisobga olgan holda elektron qurilmalar, mikro- va nano- tizimlar yupqa elementlari magnit maydonida magnitoelastik tebranishlari masalalarini echishning amaliy usullari va magnitoelastiklikning matematik asoslarini rivojlantirish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (TATU Samarqand fillialiining 2022 yil 4 oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi mikro va nano tizimlar tarkibidagi yupqa tok tashuvchi elementlar elektromagnit moslashuvchanligini va magnitoelastikligi masalalarini echishga va ularda sodir bo‘ladigan elektromagnit effektlarni tahlil qilish imkonini bergan;
dissertatsiyada kimyoviy kondensatsiya usulida FeFe2O4 va NixCo1-xFe2O4 (x=0; 0,3; 0,5; 0,7; 1) nanozarralar asosidagi kukunsimon namunalar sintez qilingan. Sintez qilingan kukunsimon namunalardan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ da rudalar tarkibidagi nomagnit moddalarni separatsiya qilishda foydalanish imkoniyatini bergan (2022 yil 14 oktyabrdagi № 24.01-01-11/2013 raqamli dalolatnomasi).