Xodjaeva Saodat Odilbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Kauchuk sopolimerlarining sintezi, xossalari va poyabzalda qo‘llanilishi», 02.00.06 – Yuqori molekulyar birikmalar (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/K421.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Abdusattar Turgunovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.09.2020.K.82.02.
Rasmiy opponentlar: Bekchanov Davronbek Jumanazarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Kudishkin Valentin Olegovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sintetik kauchuklarni akril monomerlari bilan payvand sopolimerlarini sintezlash, fizik-kimyoviy xossalarini aniqlash va poyabzal qismlarini elimlashda adgezion mustahkamligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor hajmiy nisbatlari 3:2 olingan benzol–dimetilformamid erituvchilari aralashmasi muhitida, kaliy persul`fat ishtirokida xloropren kauchugining akril monomerlari bilan payvand sopolimerlari sintez qilingan;
payvand sopolimerlanish reaksiya tezligining akril kislotasi (2.0), metilmetakrilat (2.03) va kaliy persul`fat (1.05-1.2) bo‘yicha tartibi, umumiy aktivlanish energiyasi (22.6-24.4 kJ/mol`) aniqlangan, ularning qiymati aktiv markazlarning hosil bo‘lishi va inisiirlash vaqtlarida kauchuk makromolekulalari, dissotsiatsiyalanmagan kaliy persul`fat molekulalari qatnashganligini, jarayonning energetik muqubil sharoitda borganligi asoslangan;
payvandlanish darajasi monomer, inisiator konsentratsiya, temperatura va jarayon vaqtining ortishi bilan 135% gacha ortishi, payvandlanish samaradorligi sintez sharoitlari o‘zgarganda kam o‘zgarganligi va konsentratsiya, temperatura, vaqtning keng diapazonida yuqori qiymatga (70-95%) ega ekanligi aniqlangan;
radikal aktiv markazlar kaliy persul`fat bilan ta’sirlashgandan so‘ng polixlropren molekulasidagi dan protonni gomolitik ajralishi natijasida hosil bo‘lishligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Kauchukning payvand sopolimerlarini sintezlash, fizik-imyoviy xossalarini aniqlash, poyabzalda qo‘llanilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xloropren kauchugining akril kislotasi va metilmetakrilat bilan payvand sopolimeri “DARITAL” MChJ korxonasida yozgi poyabzalning taglik detallarini elimlashda qo‘llanilgan («O’ZCHARMSANOAT» uyushmasining 2022 yil 12 sentyabrdagi FB-7/3054-son ma’lumotnomasi). Natijada, payvand sopolimerning 20%-li eritmasini qo‘llanilishi poyabzal tagligini elimlash mustahkamligini oshirish imkonini bergan;
xloropren kauchugining akril kislotasi va metilmetakrilat bilan payvand sopolimeri “TUPROQQAL’A TEKSTIL” MChJ korxonasining yig‘uv sexi amaliyotida qo‘llanilgan («O’ZCHARMSANOAT» uyushmasining 2022 yil 12 sentyabrdagi FB-7/3054-son ma’lumotnomasi). Natijada, payvand sopolimerlarning qo‘llanilishi poyabzal ichki detallari elimlanish mustahkamligini oshirish imkonini bergan.